Qo‘tir kanalar hayvonlar va odamlarda qo‘tir kasalligini qo‘zg‘atadi. Ular mayda (bo‘yi 0,2—0,5 mm) bo‘lib, urg‘ochilari terini yemirib oziqlanadi, teri ostiga 10—15 mm kirib, kana yo‘lini hosil qiladi. Bu ko‘proq terming yupqa joylari: barmoqlar, bilak bilan tirsak orasi, qo‘ltiq ostida bo‘ladi. Urg‘ochi kana shu joylarga tuxum qo‘yadi. Tuxumdanchiqqan yosh kanalar teri ustiga chiqib, o‘ziga yangi yo‘l ochadi. Kana yuqqan joyning terisi qattiq qichib, qashlayverish natijasida qo‘tir bo‘lib qoladi. Qo‘tir kanalari it, qo‘y, echki, ot, cho‘chqalardan odamga yuqishi mumkin. Kana sog‘lom odamga zararlangan odamning qo‘li orqali ham yuqadi. Buning oldini olish uchun qo‘lni toza saqlash, shaxsiy gigiyena choralariga rioya qilish zarur. Qo‘tir kanalarga qarshi kurashda terining qo‘tir bo‘lgan joyiga turli malham dorilar suriladi.
O‘rgimchakkana. O‘zbekistonda g‘o‘za, bodring va boshqa ekinlarga o‘rgimchakkana katta ziyon yetkazadi. U ekinlar bargining orqa tomonida to‘da bo‘lib yashab, uning shirasini so‘rib oziqlanadi. Natijada barglar quriy boshlaydi. Zararlangan g‘o‘za barglari uzoqdan qizarib ko‘rinadi.O‘rgimchakkananing urg‘ochisi 2—3 hafta ichida barglarga 100 dan ortiq tuxum qo‘yadi; undan chiqqan lichinkalar ham 2—3 haftada voyaga yetadi. Bir mavsum davomida kanalarning bir necha avlodi rivojlanadi. Urug‘langan urg‘ochilari tuproqda o‘simliklar qoldig‘i orasida to‘da bo‘lib qishlaydi. O‘rgimchakkana respublikamizda g‘o‘za hosilini 30—50 % ga kamaytirishi mumkin.
66-mavzu Hasharotlar sinfi (Insecta). Yashil bronza qo‘ng‘izining tuzilishi. Hasharotlar sinfining umumiy xarakteristikasi. Yashil bronza qo‘ng‘izining yashash muhiti, tashqi tuzilishi.
Hasharotlar—tabiatda keng tarqalgan juda xilma-xil umurtqasiz hayvonlar guruhi. Yer yuzida hasharotlarning 1,1 mln ga yaqin turi ma’lum. Ular barcha hayvonlar turlarining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi.Bosh bo‘limi. Hasharotlar gavdasi bosh, ko‘krak va qorindan iborat uch bo‘limga bo‘linadi. Boshi beshta bo‘g‘imdan hosil bo‘lgan va umumiy xitin bilan qoplangan. Hasharotlarning bosh bo‘limida bir juft mo‘ylovlari, bir juft yirik fasetkali murakkab ko‘zlari va bir nechta mayda oddiy ko‘zchalari joylashgan. Mo‘ylovlari ipsimon, to‘g‘nog‘ichsimon, arrasi- mon, taroqsimon, yelpig‘ichsimon, tizzasimon, plastinkasimon va boshqacha shakllarda bo‘lishi mumkin.Mo‘ylovlarining tuzilishiga qarab hasharotlarning turkum, oila va turlari aniqlanadi. Boshining ostki tomonida, og‘iz teshigi atrofida og‘iz organlari bor. Uning tuzilishi hasharotlarning oziqlanish xususiyati bilan bog‘liq. Qat- tiq oziq bilan oziqlanadigan hasharotlar (suvaraklar, termitlar, chigirt- kalar, qo‘ng‘izlar va boshqalar)ning og‘iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan. Bunday og‘iz organlari birlamchi bo‘lib, undan boshqa og‘iz organlari kelib chiqqan.(42-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |