51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi
Download 1.6 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 41-rasm. O‘rgimchaksimonlar
Chayonlar. Chayonning tanasi 10 sm ga yaqin rangi kul rang-sarg‘ish. Ustyurt cho‘llarida va Orol dengizi atrofida qora chayon ham uchraydi. Bo‘g‘imli oyoqlardan iborat gavdasi yaxlit boshko‘krak va qoringa bo‘linadi (38-rasm). Qorni ancha keng oldingi va ingichkaroq keyingi qorin qism- lariga ajraladi. Keyingi qorinning oxirgi bo‘g‘imida zahar ishlab chiqara- digan bir juft zahar bezlari va nashtari joylashgan Chayonlar hasharotlar va o‘rgimchaklarni tutib yeydi. Kechalari ovga chiqadi; kunduzi esa toshlar ostida, devorlar kovagida yashirinib yotadi. O‘ljasini ushlash uchun oyoq paypaslagichlarining uchidagi qisqichlaridan foydalanadi. Qisqichlari yordamida tutgan o‘ljasini tepaga ko‘taradi va unga nashtarini sanchib zahar yuboradi. So‘ngra o‘ldirgan o‘ljasining tanasini so‘rib oziqlanadi. Chayonlar o‘z nashtaridan faqat o‘zini himoya qilish va oziqlanish uchun foydalanadi.Ular bezovta qilinganda chaqadi. Chayonlar zahari odamga kuchli ta’sir qilib, nerv sistemasi faoliyatini buzadi; nafas olish og‘irlashadi; ko‘ngil aynishi, qayt qilish va badandan sovuq ter chiqishi kabi holatlar kuzatiladi. Urg‘ochi chayonlar tirik tug‘adi, bo‘lalarini yelkasida olib yuradi. Keyinchalik ular o‘sib, ulg‘aygandan so‘ng onasi yelkasini tark etadi.Kanalar. Kanalar asosan quruqlikda yashaydi. Ular orasida odam va hayvonlar tanasida parazitlik qilib hayot kechiradigan turlari ham ko‘p. Kanalarning tanasi yaxlit, bo‘g‘imlarga bo‘linmagan. Yurish oyoqlari 4 juft, og‘iz organlari sanchib-so‘rishga moslashgan. Kanalar to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadi. Ularning lichinkasida 3 juft oyoqlari bo‘lib, bir marta po‘st tashlagandan keyin oraliq bosqich—nimfaga, nimfa tullagach voyaga yetgan kanaga aylanadi.
41-rasm. O‘rgimchaksimonlar: 1 – falanga; 2 – chayon; 3 – qoraqurt; 4 – qoraqurt ini Qon so‘ruvchi kanalar. Odamlar va turli hayvonlarda yaylov kanasi, mol kanasi va qo‘tir kanalar parazitlik qiladi. Yaylov kanasi nisbatan yirik; qon so‘rishdan oldin 2—3 mm, qon so‘rganidan so‘ng bir necha sm ga yetadi. Og‘iz organlari yordamida kanalar xo‘jayin terisini teshib, unga mahkam yopishib oladi. Kanalar qoramollarga kana terlamasi, ense- falit va piroplazmoz kasalliklarini tarqatadi. Kasallangan mollar juda ozib ketadi, siydigi qizaradi. Kanalardan saqlash uchun mollarning o‘tlash joylarini tez-tez almashtirib turish, agar mollar tanasida kanalar juda ko‘p bo‘lsa, ularni margimush eritmasida cho‘miltirish kerak. Ensefalit kasalligi odamga kanalar orqali yovvoyi hayvonlardan yu- qishini parazitolog Ye. N. Pavlovskiy va mikrobiolog L.A.Zilber aniqlagan (1930). Kanalar va boshqa bo‘g‘imoyoqlilar orqali tarqaladigan bunday kasalliklar transmissiv kasalliklar deyiladi. Ye.N.Pavlovskiy transmissiv kasalliklarning tabiiy manbalari to‘g‘risidagi ta’limotga asos solgan. Ensefalit kasalligini yuqtirmaslik uchun kasallik tarqalgan joyga boradigan odamlar emlanadi. Kanalar uchraydigan joylarda ishlaydiganlarga esa tanani yaxshi yopib turadigan maxsus kiyim beriladi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling