Ayirish sistemasi. Ayirish sistemasi bosh tomonda joylashgan bir juft yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat. Ularning tuzilishi yomg‘ir chuvalchanginikiga o‘xshash. Bu bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana bo‘shlig‘ida joylashgan, naychalari esa kalta mo‘ylovlarning asosida tashqariga ochiladi. Yashil bezlar qonda erig an zararli almashinuv mahsulotlarini organizmdan chiqarib yuboradi. (33- rasm).
Nerv sistemasi va sezgi organlari. Qisqichbaqasimonlar nerv sistemasi halqali chuvalchanglar singari «bosh miya»ni tashkil qiluvchi halqumosti nerv tugunlaridan hamda qorin nerv zanjiridan iborat (32- rasm). Har bir nerv tuguni tananing alohida bo‘limlarini boshqaradi. Masalan, halqum usti nerv tugunidan ko‘zlarga va mo‘ylovlarga, halqum osti nerv tugunidan esa ichki organlar va oyoqlarga nervlar chiqadi.Qisqichbaqasimonlar bosh qismidagi uzun va kalta mo‘ylovlari sezgi va hid bilish organlari vazifasini bajaradi. Kalta mo‘ylovlari asosida muvozanat organi joylashgan. Boshining ikki yonida bir juft murakkab fasetkali ko‘zlari bor. Fasetkali ko‘zi juda mayda ko‘zchalardan iborat bo‘lib, har bir ko‘zcha buyumning faqat bir qismini ko‘radi. Ko‘zchalar bir-biriga nisbatan ma’lum burchak ostida joylashganligi sababli ular buyumning yaxlit tasvirini hosil qiladi.
58-mavzu Daryo qisqichbaqasining ko‘payishi va rivojlanishi.
Ko‘payishi va rivojlanishi. Daryo qisqichbaqasi ayrim jinsli. Urg‘ochi qisqichbaqaning boshko‘krak qismi kengroq bo‘lib, qorin qismidagi bi- rinchi juft oyoqlari rivojlanmagan.Erkaklarida esa birinchi va ikkinchi juft qorin oyoqlari qo‘shilish organiga aylangan. Urg‘ochi qisqichbaqaning tuxumdonida 150—200 ta tuxum, ya’ni uvildiriq yetiladi. U uvildiriqlarini qorin oyoqlariga yopishtirib qo‘yadi; tuxumlar shu yerda urug‘lanadi. Bu tashqi urug‘lanish (ona qornidan tashqarida) deyiladi. Urug‘langan tuxumdan yosh qisqichbaqalar chiqadi; ular ona qisqichbaqaning qorin oyoqlariga yopishib oladi. Yosh qisqichbaqalar juda tez o‘sadi, shuning uchun ham ular yiliga bir necha marta po‘st tashlaydi. Voyaga yetgan qisqichbaqalar yilda bir marta po‘st tashlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |