51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


Download 1.6 Mb.
bet6/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Muskullari va tana bo‘shlig‘i. Daryo qisqichbaqasining muskullari alohida muskul boylamlaridan iborat. Muskullar organlar atrofida to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Xitin qoplag‘ichi keng tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Ichki organlar ana shu bo‘shliqda joylashgan.
Hazm qilish sistemasi. Qisqichbaqa og‘iz organlari 3 juft jag‘lardan iborat. Ular yordamida oziq maydalanadi. Ichagining oldingi qismi kengayib, ikki bo‘lmali oshqozonni hosil qiladi. Oldingi chaynovchi oshqozon devorining ichki yuzasida xitin tishchali bo‘rtma bor. Oshqozon devori muskullari qisqarganda bo‘rtmalar oziqni tegirmon toshi singari maydalaydi.(32-rasm)
32-rasm. Daryo qisqichbaqasining hazm qilish, jinsiy va nerv sistemasi: 1 – og‘iz; 2 – katta oshqozon; 3 – kichik oshqozon; 4 – ichak; 5 – halqum usti nerv tuguni; 6 – halqum osti nerv tuguni; 7 – qorin nerv zanjiri; 8 – jinsiy bez
Oziq keyingi oshqozonda elanib, o‘rta ichakka o‘tadi. O‘rta ichak­ka jigar bezlari hazm qilish shirasi ishlab chiqaradi. Bezlar shira ajratish bilan birga hazm bo‘layotgan oziqni so‘rib olib, qonga o‘tkazadi. Orqa ichak tananing anal teshigi orqali tashqariga ochiladi.
Qon aylanish sistemasi. Daryo qisqichbaqasining qon aylanish siste­masi ochiq bo‘ladi. Yuragi besh qirrali, bosh ko‘krak bo‘limi orqasida joylashgan. Yurakdan chiqqan arteriya qon tomirlari tana bo‘shlig‘iga ochiladi. Qon organlarga kislorod, oziq moddalar yetkazib beradi; organlardan karbonat angidrid va suyuq ayirish mahsulotlarini yig‘ib ola­di; so‘ngra ko‘krak oyoqlari asosida joylashgan jabralarga boradi. Suvda erigan kislorod jabralar orqali qonga, karbonat angidrid esa tashqi muhitga chiqariladi. Kislorodga to‘yingan qon yurak teshiklari orqali yurakoldi bo‘shlig‘idan yurakka o‘tadi.(33-rasm)

33-rasm. Daryo qisqichbaqasining ayirish, qon aylanish va nafas olish sistemasi: 1 – ayirish bezi; 2 – jabralar; 3 – yurak; 4 – orqa qon tomiri; 5 – qorin qon tomiri
Nafas olish sistemasi. Qisqichbaqasimonlar jabralar yordamida nafas oladi. Bu jabralar daryo qisqichbaqasining jag‘ oyoqlari va ko‘krak oyoqlari asosida joylash-
gan. Ular bir necha qavat bo‘lib joylashgan oq rangli juda yupqa patsimon o‘simta-
lardan iborat. Jabralarda juda ko‘p mayda qon tomirlari bo‘ladi. Ana shu tomirlar devori orqali kislorod qonga o‘tadi; karbonat angidrid suvga chiqadi.(33-rasm)

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling