51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


Download 1.6 Mb.
bet4/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Molluskalarning kelib chiqishi. Eng sodda tuzilgan molluskalarning chig‘anog‘i va tanasi 6-7 bo‘g‘imdan iborat. Bu esa molluskalarning qadimgi ajdodlarining tanasi bo‘g‘imlarga bo‘linganligini ko‘rsatadi. Tu­ban molluskalarning troxofora lichinkasihalqali chuvalchanglar troxoforasiga o‘xshaydi. Ana shu dalillarga asoslanib molluskalar halqali chuval­changlar bilan birga bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan, deyish mumkin. Boshoyoqli mollyuskalar okean va ochiq dengizlarda tarqalgan;
Molluskalarning ahamiyati tropik dengizlarda, ayniqsa, ko‘p uchraydi. 650 ga yaqin turi ma’lum. Kalmar, karakatitsa, sakkizoyoqning asosiy ozig‘i krablar, baliqlar, mollyuskalar hisoblanadi. Ular go‘shti uchun ko‘plab ovlanadi.


55-mavzu Bo‘g‘imoyoqlilar tipi (Arthropoda). Qisqichbaqasimonlar sinfi (Crustacea). Bo‘g‘imoyoqlilar umumiy xarakteristikasi. Qisqichbaqasimonlar sinfi. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi yashash muhiti, hayotiy jarayonlari, tana qoplami, tana bo‘limlari, mo‘ylovlari, jag‘lari, oyoqlari.

Bo‘g‘imoyoqlilar juda xilma-xil hayvonlar tipi bo‘lib, ikki millionga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Hamma bo‘g‘imoyoqlilar ikki yonlama simmetriyali, tanasi va oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Gavdasi pishiq xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ichki organlarni himoya qilish va tashqi tayanch-skelet vazifasini bajaradi. Tana bo‘shlig‘i embrional rivojlanish davrida birlamchi va ikkilamchi tana bo‘shliqlarining qo‘shilib ketishidan hosil bo‘lgan aralash tana bo‘shlig‘i deyiladi. Markaziy nervsistemasi halqali chuvalchanglarnikiga o‘xshash tuzilgan. Suvda yashov­chi bo‘g‘imoyoqlilar jabra, quruqlikda yashovchilari esa traxeya yoki o‘pka yordamida nafas oladi. Bo‘g‘imoyoqlilarning qon aylanish sistemasi ochiq, yurakdan chiqqan qon tomirlari tana bo‘shlig‘iga ochiladi.Bo‘g‘imoyoqlilar tipi to‘rtta kenja tip: jabra bilan nafas oluvchilar, xelitseralilar, traxeyalilar va trilobitasimonlarga bo‘linadi. Birinchi kenja tipga qisqichbaqasimonlar sinfi, ikkinchisiga qilichdumlilar, qisqichbaqa chayonlar, o‘rgimchaksimonlar kenja sinflari, uchinchisiga esa ko‘poyoqlilar va hasharotlar sinfi kiradi. Trilobitasimonlar—qirilib ket­gan eng qadimgi bo‘g‘imoyoqlilar hisoblanadi.
Qisqichbaqasimonlarga suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar kiradi. Ular orasida zaxkashlar quruqlikda yashashga moslashgan. Ko‘pchilik qisqichbaqasi- monlar erkin hayot kechiradi. Faqat ayrim turlari baliq va boshqa suv hayvon- lari terisida parazitlik qiladi. Qisqichbaqasimonlar bosh qismida ikki juft mo‘ylovlari rivojlangan, jabralar yordamida nafas oladi. Ko‘pchilik turlari baliqlar, kitlar va boshqa suv hayvonlari uchun oziq hisoblanadi; ayrim yirik turlari ovlanadi; tipik vakili daryo qisqichbaqasi hisoblanadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling