Nafas olish va qon aylanish sistemasi.Boshoyoqlilarning patsimon jabralari mantiya bo‘shlig‘ida joylashgan. Yuragi bitta qorincha, 2 yoki 4 ta bo‘lmadan iborat. Qon aylanish sistemasida ko‘pchilik arteriya va vena kapillarlari tutash bo‘ladi. Faqat ayrim joylarda tana bo‘shlig‘i qoldig‘i saqlanib qoladi. Yurak qorinchasidan tananing oldingi va keyingi tomoniga bittadan aorta chiqadi. Aortalar organlarda arteriyalarga, ular esa kapillarlarga ajral- adi. Vena qon tomirlari jabralar yaqinida venoz «yuraklar»ni hosil qiladi. Venoz yuraklar qisqarganda qon yurakka haydaladi.Boshoyoqlilarning ayirish sistemasi 2 yoki 4 ta buyraklardan iborat. Buyraklarning kengaygan uchi yurak xaltasiga, keyingi uchi esa mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi.
Nerv sistemasi. Boshoyoqlilar nerv sistemasi juda murakkab tuzilgan. Nerv gangliylari birlashib, juda yirik halqum atrofi nerv tugunini hosil qiladi. Boshoyoqlilarning ko‘zi juda murakkab tuzilgan. Ko‘zi pufak shaklida bo‘lib, ko‘z chuqurchasi ichida joylashgan. Ko‘z chuqurchasining orqa qismida to‘rsimon parda; oldingi qismida qorachiq, uning qarama-qarshisida ko‘z gavhari bor. Boshoyoqlilarning ko‘z gavharini to‘r qavatiga yaqinlishtirilishi yoki undan uzoqlashuvi orqali akkomadatsiya qilinadi. Boshoyoqlilarning refleksi juda murakkab va xilma-xil bo‘ladi. Ular avlodi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Tajribada ular bankaning qopqog‘ini burab ochib, uning ichidagi qisqichbaqani olib yegan; o‘ziga ovqat beradigan g‘avvosni tanigan.
Jinsiy sistemasi. Boshoyoqlilar—ayrim jinsli. Ba’zi turlarida erkagi urg‘ochisiga nisbatan kichik bo‘ladi. Yetilgan jinsiy hujayralar selomda to‘planadi. Tuxum hujayra mantiya bo‘shlig‘ida urug‘lanadi. Urug‘ hujayralari spermatoforga to‘planadi. Odatda erkak molluskalar paypaslagichlaridan biri o‘zgarib, kopulativ organ vazifasini bajaradi. Erkagi paypaslagichlari yordamida spermatoforini urg‘ochisi mantiya bo‘shlig‘iga kiritadi. Tuxumdan chiqqan yosh molluska o‘zgarishsiz rivojlanadi.Boshoyoqlilar — eng yirik umurtqasiz hayvonlar. Ularning uzunligi bir necha sm dan bir necha metrgacha yetadi. Eng yirik vakili Yangi Zelandiya yaqinidan topilgan arxitevtis uzunligi 19 metrga yetadi. Bosh- oyoqlilarning bir qancha turlari ovqat uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |