51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


Yashash muhiti va hayot kechirishi


Download 1.6 Mb.
bet5/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Yashash muhiti va hayot kechirishi. Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvlarda yashaydigan qisqichbaqasimonlarning yirik turlaridan hisobla­nadi. Qisqichbaqa kimyoviy moddalar bilan ifloslanmagan daryo, ko‘llarda hayot kechiradi. U tungi hayvon bo‘lib, kunduzi suv ostidagi daraxt- larning ildizi yoki toshlar ostida yashirinib yotadi; tunda esa ovga chiqadi. Qisqichbaqa—hammaxo‘r hayvon: suv o‘tlari, chuvalchanglar, hasharotlarning lichinkalari bilan oziqlanadi; hidni yaxshi sezadi; ko‘proq kasallangan hayvonlar va ularning murdasini topib yeydi. Qisqichbaqa ovlovchilar to‘rga hidlangan baliq yoki baqa go‘shti solishadi. Shuning uchun qisqichbaqalar suv havzalarining sanitarlari hisoblanadi.
Tashqi tuzilishi. Daryo qisqichbaqasining tanasi ikki qism: bosh- ko‘krak va qorindan iborat.Boshida oziqni maydalaydigan jag‘lari va ikki juft mo‘ylovi bor, ulardan bir jufti uzun, ikkinchisi esa qisqaroq va ayri bo‘ladi. Boshining oldingi qismida bosh-ko‘krak qoplag‘ichi uzun o‘simta hosil qiladi. O‘simtaning ikki yonida harakatchan poyachada ik­kita murakkab ko‘zi bo‘lib, har bir ko‘zi mayda ko‘zchalardan iborat. Qisqichbaqaning ko‘krak qismi, odatda, 8 ta bo‘g‘imdan iborat; ularda bir juftdan oyoqlari bor. Ko‘krak qismining oldingi 3 ta bo‘g‘imidagi oyoqlari yordamchi jag‘ vazifasini ham bajaradi. Ko‘krakning keyingi 5 ta bo‘g‘imida bir juftdan haqiqiy yurish oyoqlari bor. Bu oyoqlarning birinchi jufti qisqichni hosil qiladi. Qisqichlari yordamida o‘ljasini ushlab, og‘ziga olib boradi; biron xavf tug‘ilganida o‘zini himoya qiladi.Qisqichbaqaning 6 bo‘g‘imli qorin bo‘limi dum suzgichlari bilan tugaydi. Qisqichbaqalar dum suzgichlarini oldingi tomonga tez-tez siltab, orqaga suzib ketadi. Qorin qismidagi ikki ayrili oyoqlari yordamida esa ular oldinga qarab sekin suzadi. Qisqichbaqalarning urg‘ochilari tuxumlarini qorin oyoqlariga ilashtirib olib yuradi. (31-rasm).
3 1-rasm. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi:1 – boshko‘krak; 2 – qor in; 3 – uzun mo‘ylov; 4 –kalta mo‘ylov; 5 – jag‘lar;6 – jag‘ oyoqlar; 7 – qisqich; 8– yurish oyoqlari; 9 – qorin oyoqlari;10 – dum suzgich
Harakatlanishi. Odatda, qisqichbaqa suv tubida ko‘krak bo‘limidagi to‘rt juft yurish oyoqlari yordamida o‘rmalab yuradi. Lekin u biror xavf sezib qolsa, dum suzgichlarini qorin tomonga tez-tez siltab, orqa tomoni bilan suzadi.
56-mavzu: Qisqichbaqasimonlar sinfi. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi, muskullari, hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, ayirish va nerv sistemasi, sezgi organlari.
Reja
1.Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi, muskullari, hazm qilish sistemasi. 2.Daryo qisqichbaqasining qon aylanish va nafas olish sistemasi.
3.Daryo qisqichbaqasining ayirish va nerv sistemasi, sezgi organlari.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling