5A110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yonalishi


Download 48.19 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi48.19 Kb.
#1558527
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

“Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti A.Ashirboevning



5A110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yonalishi

Muhandislik grafikasi terminologiyasi” fanidan

Terminlarning tuzilishini tahlil qilish”
mavzusida o‘tkaziladigan

Ochiq dars ishlanmasi

Sana: 16.12.2019 yil 1-juftlik



Toshkent – 2019



22-amaliy mashg’ulot


Terminlarning tuzilishini tahlil qilish.

1. Chizmachilik terminlarning leksik-grammatik, morfologik va semantik xususiyatlari.


2. Chizmachilikda o’z va o’zlashgan terminlar.
3. Murakkab komponentli chizmachilik terminlarining tuzilish xususiyatlari.
4. Qisqartma so’zlar, belgilar va simvolikalar.


Bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javoblar:
1. So’z bilan terminning, termin bilan so’zning qanday farqi bor?
2. O’qituvchi nutqi va til madaniyati deganda nimani tushunasiz?
3. O’qituvchi nutqi va til madaniyatining muhandislik grafikasi fanlarini o’qitishga ta’siri deganda nimani tushunasiz?
4. Fanlararo bog’liqlikdagi terminlar deganda nimani tushunasiz?





1. Chizmachilik terminlarning leksik-grammatik, morfologik va semantik xususiyatlari.
Hozirgi davrda izchillik bilan o‘sib borayotgan ilmiy texnika rivojlanishi keng miqyosda yangi tushuncha va iboralarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Bugungi kunda chizmachilik fanlariga oid o’quv adabiyotlarida va ayrim lug‘atlarda hamda ta’lim jarayonida qo’llanilib kelinayotgan ayrim terminlar, masalan: konusaviy sirt, vintaviy sirt, sharikaviy podshipnik kabi terminlar ona tili qoidalariga zid tarzda yasalgan.
Malumki, konus, vint, sharik –chetdan o’zlashgan so’z bo’lib, ularning o’zi ham chizmachilik fanida alohida bir ma’noni anglatuvchi, ifoda qiluvchi termin. Demak, u o’zlashtirilgan chet tilida ham, o’zlashgan o’zbek tili bag’rida ham alohida aniq bir tushunchani ifoda qiluvchi termin sifatida qo’llaniladi. Biroq ular yordamida affiksastiy usulida yasalgan boshqa ko’plab terminlar ham mavjud bo’lib, u o‘zak sifatida qo’shma yoki birikma so’z komponentlari bilan ishtirok etadi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘z yasalishining asosiy usuli affiksatsiya usuli ekanligini hisobga olsak, chizmachilikda yangi-yangi so‘zlar yasalishi ham, asosan, affiksatsiya usuli bilan so‘z yasalishida ko‘rinadi. U birinchi navbatda morfologiya bilan yaqinligi ko‘zga tashlanib turadi. Holbuki, so‘z yasashning bunday yo‘llari uning leksika bilan ham, fonetika bilan ham, sintaksis bilan ham bog‘lik ekanini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, o‘zbek tilida -iy/-viy affikslari unli bilan bitgan so‘zga -viy, undosh bilan bitgan so‘zga -iy qo‘shiladi. bu affiks aslida o‘zbek tiliga arabcha o‘zlashma so‘zlar tarkibidagina o‘tgan. Lekin hozirgi o‘zbek tilidagi -iy/-viy affiksli so‘zlarning hammasi arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar deb bo‘lmaydi. Bunday so‘zlarniig anchagina kismi o‘zbek tilining o‘zida yasalgan. Masalan, fazoviy, lug’aviy, ijodiy, kitobiy, tarbiyaviy kabi so‘zlar, garchi ularning yasovchi asosi asli o‘zbekcha leksema bo‘lmasa ham, o‘zbek tilining o‘zida hosil qilingan so‘zlardir. Hatto bu affiks yordamida keyingi vaqtlarda rus tilidan o‘zlashgan leksemalarda ham ko‘rish mumkin: texnikaviy va boshqalar. Demak, aslida faqat arabcha o‘zlashmalar tarkibidagina bo‘lgan iy /-viy affiksi keyinchalik o‘zbek tilining o‘zida ham yangi so‘zlar yasash uchun xizmat qila boshlagan va bu funksiyasini hozir ham yo‘qotgan emas. Binobarin, -iy / -viy affiksini hozirgi o‘zbek tilidagi so‘z yasovchilar katoriga qo‘shish mumkin. SHuni alohida qayd etish kerakki, -iy / -viy affiksi juda ham faol so‘z yasovchilardan emas. Uning yordamida rus tilidan o‘zlashgan leksemalardan yasalgan sifatlar ham sanoqli miqdorda.
Chizmachilik sohasida -iy / -viy affiksi bilan termin yasash, «sun’iy so‘zlar» hosil qilish o‘rinlari mavjud. Bunday o‘rinlarni o‘quv yurtlariga mo‘ljallangan darslik va ko‘llanmalarda, chizmachilik va u bilan aloqadorlikka ega sohalarga oid lug‘atlarda, ilmiy ishlarda juda ko‘plab uchratish mumkin. Bunday «yasama so‘z»larning ma’nosini ko‘pchilik umuman tushunmaydi. Masalan, A.P.Shvets va I.M.Sharifboevlarning «Aviatsiya texnikasidan qisqacha ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati»dan keltirilgan: egri- chizig‘iy harakat, tumshug‘iy g‘ildirak, vintaviy ariqcha, gazaviy payvand, chizmachilikka oid adabiyotlardan keltirilgan: konusaviy sirt, vintaviy sirt, sharikaviy podshipnik «termin» larning o‘ziyoq bunga dalil bo‘la oladi.

Xullas, so‘z yasovchi -iy/-viy affiksining so‘z yasash imkon doirasi juda ham keng emas, hatto ayrim affikslarga, masalan, -li affiksiga nisbatan so‘z yasash imkoni ancha chegaralangandir. SHunday ekan, bu affiks yordamida so‘z yasashda uning ma’no va boshqa jihatdan bo‘lgan xususiyati hisobga olinishi kerak. Ya’ni: ko’nisaviy sirt o‘rniga konus sirt, vintaviy sirt o‘rniga vint/li/ sirt, sharikaviy podshipnik o‘rniga sharik/li/ podshipnik deb qo‘llanilishi lozim. Ma’lumki, ayrim o‘rinlarda keladigan -viy affiksi oldidagi “a” hech qanday vazifani bajarmaydi.


“Chmzmachilikdan terminalogik lug‘at – spravochnik”da “strelkaga” “teng yonli uchburchakli shakldagi uchlik” deb noaniq izoh berilgan. Birinchidan u teng tomonli bo‘lishi ham mumkin, ikkinchidan, uchburchaklik shakli “uchlik” deyilishi mutlaqo noto‘g‘ri.
Umuman “strelka” o‘zbek adabiy tilda “ko‘rsatgich” deb atalishi lozim.
O‘qish va o‘qitish jarayonida terminlsrni noto‘g‘ri talaffuz qilish ham noaniq tushunchalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan, rus tili orqali boshqa tillardan o‘zbek tiliga o’zlashgan aksonometriya, diametriya, izometriya, trimetriya, geometriya, giperbola, gradus, prizma kabi terminlarda “urg‘u”ning o’zbek tili qoidalariga ko’ra so‘z oxiridagi unliga, ya’ni “i”ga berilishi bilan o’zlashgan bu terminlarning mvjud bo‘lgan ma’no ottenoklarini buzib ta’svirlaydi. Bu borada “urg‘u” faqat joyida, ya’ni “e”ga berilishi lozim.
Eski adabiyotlarda, shu jumladan, hozirgi ayrim adabiyotlarda leksik va praktik mashg‘ulotlarda ham “shtrixli chiziq” – “shtrix chiziq”, “yig‘ilgan chizma” – “yig‘ish chizma” yoki “yig‘ma chizma” ko‘rinishida ishlatilib kelinadi. Bizningcha ikkinchi variant termi sifatida tushunchani to‘la va aniq ifoda qiladi.
Ayrim gaplarning sintaktik va semantik xususiyatlaridagi o’rinsizliklar natijasida ham ifodaning tushuncha hosil qilish darajasi kamayadi yoki umuman o‘z ma’nolarini yo‘qotadi. Masalan: “A nuqtaning gorizontal proeksiyasini toping”, “Sirkulning uchini A nuqtaga qo‘ying” kabi jumlalar: “Gorizontal proeksiyalar teksligida A nuqtani toping” va “Sirkulni A nuqta ustiga qo‘ying” jumlalari o’rnida qo’llanilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bular o‘z navbatida quyidagi tushunchalarga, birinchi misolda: fazodagi A niqtaning gorizontal proeksiasi, ikkinchisi misolda: – sirkulni nuqta ustiga qo‘yish ma’nolarini anglatadi.
Shu bilan bir qatorda “buyumni chizish” o’rniga “buyum chizmasini chizish” terminlarining qo’llanilishi kerak.



Download 48.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling