5A110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yonalishi


Chizmachilikda o’z va o’zlashgan terminlar tuzilishini tahlil qilish


Download 48.19 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi48.19 Kb.
#1558527
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

2. Chizmachilikda o’z va o’zlashgan terminlar tuzilishini tahlil qilish.
Lеksik jihatdan:O‘zbekistonning oldingi va keyingi davrlarida iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu ilm-fan, texnika sohalarida o’zbek tilining o’z ichki imkoniyatlaridan tashqari ko‘plab yangi so‘z va terminlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bunda ayniqsa, rus tilining ta’siri sezilarli bo‘ldi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasidan mustahkam o‘rin olgan paralell, perpendikulyar, bolt, shayba, gayka, rezba va boshqalar shu manba orqali o‘zlashtirilgan.
Rus tilidagi ba’zi so‘z va terminlarni tarjima yo‘li bilan o‘zlashtirish natijasida ham yangi so‘zlar paydo bo‘ldi; tekis paralell ko‘chirish usuli – способ плоско параллельного перемещение, tekisliklarni almashtirish usuli – способ замены плоскостей va boshqalar;
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida leksik birliklar, qisqartma so‘zlar (abreviaturalar) paydo bo‘ldi. Masalan: ГЧ, ПЧ, МЧ, ГОСТ, ЕСКД va bos’hqalar.
Boshqa tillardan so’z o’zlashtirish hisobiga hozirgi o’zbek adabiy tilida sinonimlar qatori ham kengaydi. Masalan: epyur – chizma, analiz – tahlil, tekshirish, element – qism, bo’lak, proeksiya – to’g‘ri burchakli va xokazo.
Fonеtik jihatdan:

  • hozirgi o’zbek adabiy tilida rus tili ta’sirida Ц”undoshi paydo bo’ldi: циркуль, центрик, цилиндр, циклоида, циклик, пропорция, проекция, процент va boshqalar. Bu tovushlarning o’zbek tiliga kirib kelishida ular S undoshi bilan almashtirilib qo’llanar edi, yani; sirkul, silindr, prosent kabi;

Ц”ҳарфи ўзбек тили имлосидаги долзарб мавзулардан бири ҳисобланади. Дарҳақиқат, ‘ц’ ундоши билан боғлиқ сўзларнинг зарур ўринларда нотўғри қўлланилаётгани ўқувчиларни чалғитмоқда.
- o’zbek adabiy tilida so’z yoki bo’g‘in boshida undosh tovushlar qatorlashib kelmas edi: shrift, stend, sterjen, strelka, prujina kabi ruscha so’zlar shirip, isten, isterjen, istrelka, purjina kabi bo’g‘in boshida yoki undoshlar orasida bir unli orttirib talaffuz qilinmoqda. Hozirgi o’zbek adabiy tilida bunday so’zlar yoki bo’g‘inlar boshida undoshlarning qatorlashib kelishi shu holicha talaffuz qilinishi norma holiga kelib qoldi.

Download 48.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling