5A110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yonalishi


Download 48.19 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi48.19 Kb.
#1558527
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

Morfologik jihatdan:

  • ba’zi o’zbek tili affikslari ruscha–baynalminal so’zlarga qo’shilib, yangi so’z yasash xususiyatiga ega bo’ldi. Masalan: “lik” (injenerlik, konuslik, perpendikulyarlik), “lash” (xromlash, proeksiyalash), “viy” (texnikaviy) va boshqalar;

  • o’zbek tiliga qo’shilgan yangi ruscha–baynalminal so’zlar o’z affikslari bilan qo’shilib o’zbekcha so’zlar hosil qiladi.

Masalan:

“мa”

-

prizmа, pаrmа, tеorеmа vа x.k.;

“izm”

-

mеxаnizm;

“oid”

-

gеlеkoid, аstroid, sinusoidа, sikloida, ovoid;

“loid”

-

episikloid, giperboloid, paraboloid;

“ik”

-

aksonometrik, metrik, ekssentrik, silindrik, geometrik;

“ka”

-

shpilka, gayka, ramka, bobishka, reyka, kalka, balka;

“iya”

-

geometriya, simmetriya, dimetriya, aksonometriya, va boshqalar.

Sinonim terminlar: Sinonim ma’nosi bir xil bo’lgan har xil so’zyoki til birikmalaridir.
Bu terminologiya tizimi uchun zararli hodisa sanalishi kerak. Sinonimlar ham, dubletlar ham muayan terminologiya tizimni ortiqcha leksik birliklar hisobiga murakkablashtirib, undan foydalanishni qiyinlashtiradi.
Chizmachilik va chizma geomatriya terminologiyasida: element–qism; analiz–tekshirish, tahlil; ortogonal proeksiya – to’g‘ri burchakli chizma; epyur – chizma va shu kabi sinomik qatorlarning bo’lishi shu soha terminologik tizimi mazmuniga asos bo’lgan tushunchalarni izchil va tartibli o’zlashtirishga halaqit bermay qolmaydi. Shuning uchun ulardan ko’pchilikga tushunarli bo’lganlarini ilmiy termindagi izchillikni ta’minlashga xizmat qila oladiganlarini tanlab olib, qolganlarini qo’llamagan ma’qul. Biroq bunda masalaning boshqa tomoni borligini ham unitmaslik kerak. Gap shundaki, sinonimlik qatoridagi terminlarning ba’zilari halqchil bo’lishi mumkin. Masalan; oktant – “nimchorak” (1/8) tekislik – sath kabilari ilmiy terminologiyada su’niy ravishda tushirib qoldirish mumkin emas.
Proeksiya” va “Tasvirda” sinonimik terminlar qatorida: tasvir keng ma’noda - rasm, rangtasvir, qalamtasvir, sxematik tasvir, chizma va boshqalar ifodalansa; proeksiyada faqat: ortogonal proeksiya, markaziy proeksiya, aksonometrik proeksiya kabi chizmachilikga oid yoki aniq tushuncha sifatida akslanadi.
Olaylik “epyur” va “chizma” sinonimlarini:
“Epyur” deganda–ortogonal proeksiya, ya’ni tasvirning tekislikdagi chizmasi tushunilsa, chizma keng ma’noda qo’llaniladi. U “topografik chizma”, “sxematik chizma”, “xomaki (eskiz) chizma”, “yig‘ma chizma”, “yig‘ish chizmasi”, “texnik rasm”, “ortogonal proeksiya”, “aksonometrik proeksiya”ni o’zida aks ettiradi.

Download 48.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling