8. Proeksiyalar tekisliklarini belgilash:
V yoki P2 – frontal proeksiyalar tekisligi,
H yoki P1 – gorizontal proeksiyalar tekisligi,
W yoki P3 – profil proeksiyalar tekisligi.
Almashtirilgan proeksiyalar tekisligi – P4, P5, P6,. . . yoki V1,H1,W1, V2,H2, W2 bilan belgilanadi.
9. Proeksiyalar o‘qi x, y, z bilan belgilanadi; x – abssissa o‘qi, y – ordinata o‘qi, z – applikata o‘qi.
10. Nuqta, chiziq, tekislik, sirt va boshqa geometrik figuralarning proeksiyalari harf va raqamlarga qo‘yiladigan - quyi /1, 2, 3/ yoki yuqori /I, II, III/ indekslarni quyilishi bilan belgilanadi.
Masalan:
a) AI yoki A1 – A nuqtaning gorizontal proeksiyasi,
b) AII yoki A2 – A nuqtaning frontal proeksiyasi,
v) AIII yoki A3 – A nuqtaning profil proeksiyasi,
g) a,bI yoki a1,b1 - chiziqning gorizontal proeksiyasi,
d) a II, bII yoki a2, b2 - chiziqning frontal proeksiyasi,
e) a III, bIII yoki a3, b3 - chiziqning profil proeksiyasi,
j) αI, βI, γI yoki α1, β1, γ1 – sirtlarning gorizontal proeksiyasi,
z) αII, βII, γII yoki α2, β2, γ2 – sirtlarning frontal proeksiyasi,
i) αIII, βIII, γIII yoki α3 ,β3 ,γ3– sirtlarning profil proeksiyasi.
Almashtirilgan (o‘zgartirilgan) proeksiyalar tekisliklaridagi preksiya belgilari quyi indekslar bilan yoki quyi indeks bilan birga yuqori indekslar qo‘shilgan holda birgalikdagi shaklda ham qo‘yiladi.
Masalan:
A4, A5, A6, . . . ; A1I, A1II, A1III; A2I, A2II, A2III, . . . .
11. Chiziqning izlarini belgilash:
a) aH, bH, cH – to‘g‘ri chiziqning gorizontal izi,
b) aV, bV, cV – to‘g‘ri chiziqning frontal izi,
v) aW, bW, cW– to‘g‘ri chiziqning profil izi,
g) a I H, bI H, cI H – to‘g‘ri chiziq gorizontal izining gorizontal proeksiyasi,
d) a I V, bI V, cI V – to‘g‘ri chiziqning frontal izining frontal proeksiyasi,
e) a I W, bI W, cI W – to‘g‘ri chiziqning profil izining profil proeksiyasi va boshqalar.
12. Tekislikning izlarini belgilash:
a) PH, TH, RH – tekislikning gorizontal izi,
b) PV, TV, RV – tekislikning frontal izi,
v) PW, TW, RW – tekislikning profil izi.
13. Yordamchi nuqtalar:
AO, BO, CO, DO. . . . .
Do'stlaringiz bilan baham: |