5A110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yonalishi


Murakkab komponentli terminlarining tuzilish xususiyatlari


Download 48.19 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi48.19 Kb.
#1558527
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

3. Murakkab komponentli terminlarining tuzilish xususiyatlari.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, o‘zbek tilidagi chizmachilik terminlarining shakllanishida asosan rus tilida yaratilgan chizmachilik fani darsliklari va o‘quv adabiyotlarini tarjima qilish bilan bog‘liq. Bunday tarjimalar chizmachilik fanining talablarini bir qator qoniqtirib kelayotgan bo‘lsada, o‘zbek tilining hozirgi talablariga to‘la javob bera olmaydi. Bu ayniqsa, murakkab komponentli (ko‘p komponentli) terminlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ma’lumki, terminning murakkab bo‘lishi o‘sha tushunchani ifoda qilishda ancha noqulaydir. Shunga qaramasdan chizmachilikda extiyoj tufayli murakkab komponentli terminlardan foydalanib kelinmoqda. Murakkab komponentli terminlar deganda uch va undan ortiq komponentga ega bo‘lgan atamalar tushiniladi. Quyida ularning faqat uch komponentli turi haqida fikr yuritiladi. Har qanday terminlarda ko‘ringanidek, chizmachilik terminlarida ham hokim komponent sifatida so‘z shakli yoki birikma qatnashishi mumkin. Ular tarkibidagi so‘z shakllari turli grammatik munosabatlarda bo‘ladi:
a) bir so‘z shaklli hokim komponent:ko‘rish burchagining bissektrissasi, nuqtalar to‘plamining modeli, proeksiyalar tekisligini almashtirish, nurlar asosi perspektivasi, geometrik obrazning vaziyati, uch yoqli burchak, qirqimda materialni tasvirlash; ayqash to‘g‘ri chiziq,
b) so‘z birikmasi hokim komponent:kesishuvchi to‘g‘ri chiziqlar, kartinaning bosh nuqtasi, nuqtaning markaziy proeksiyasi, chiziqning parallel proeksiyasi, modelning profil proeksiyasi, proeksiyalovchi nurlar to‘plami, profil proeksiyalar tekisligi, ingichka tutash chiziq.
Bunday tartibdagi terminlarlarning o‘zaro aloqasi hozirgi o‘zbek tili qonuniyatlari asosidadir. Ulardagi tobe va hokim komponentlar sifatlovchi – sifatlanmish, qaratqich – qaralmish hamda ularning aralash holda qo‘llanishi mumkin. Tobe komponent hokim komponentga sifatlovchi bo‘lib keladi: -konstruktiv masalalar gruppasi, tobe komponent hokim komponentga qaratqich bo‘lib keladi; nuqtalarning geometrik o‘rni va x.k. bunday munosabatlar hokim komponent doirasida (u so‘z birikmasi bilan ifodalangan bo‘lsa) ham, tobe komponent doirasida ham bo‘lishi mumkin.
Uch komponentli terminlarlarning lug‘aviy tarkibi, ya’ni bunday terminlardagi so‘zlarning tub va o‘zlashma ekanligi masalasi ham diqqatni jalb qiladi. Har uchchala komponenti turkiy so‘zlar – terminlar: ayqash to‘g‘ri chiziqlar, to‘g‘ri chiziqning izi, yordamchi kesuvchi sirtlar, ikki yoqli burchak, uch yoqli burchak, to‘g‘ri chiziq kesmasi, tekis egri chiziq, to‘g‘ri chiziqli sirtlar, to‘g‘ri chiziqlar to‘plami, tekislikdagi to‘g‘ri chiziqlar, tashqariga chiqarilgan kesim, urinma to‘g‘ri chiziq, chiziq ustidan yurgizish, sirtlarning kesishish chizig‘i va x.k.
O‘zga tillardan so‘z o‘zlashtirmagan birorta sof til bo‘lmaganidek, o‘zbek tili ham o‘z taraqqiyotida bu jarayonni boshdan kechirgan, ya’ni ko‘plab chet so‘zlar o‘zbek tiliga ham kirib kelgan: ruscha – baynalminal, turkiy va arabcha-forscha va x.k. Masalan:
nuqtalarning geometrik o‘rni /ar. + r-gr + turk/;
tekis geometrik modellar /turk + r-gr + r-fr./;
to‘g‘ri chizig‘iy giperboloid /turk + turk + r-gr./;
modelning fazoviy ko‘rinishi /r-fr + ar. + turk/;
proeksiyalovchi nur yo‘nalishi /r-lot + ar. + turk/;
yordamchi proeksiyalash usuli /turk + r-lot + ar./;
perspektivani yasash usuli /r-fr + turk + ar./;
kartina teksligining asosi /r + turk + ar./;
Har uchala komponenti o‘zlashma so‘zlar - terminlar:
konstruktiv masalalar gruppasi /r-lot + ar.+ nem./
natural kordinatalar sistemasi /r-lot + r-lot+ r-gr./;
nuqtaning gorizontal proeksiyasi / ar.+ r-gr + r-lot./;
silindrning ortogonal preksiyasi /r-gr + r-gr + r-lot./;
boltning aksonometrik preksiyasi /r + r-gr + r-lot./;
markaziy proeksiyalash apparati /ar. + r-lot. + r-lot./;
figuralarning fazoviy vaziyati /r-lot + ar.+ ar./;
rezbaning nominal diametri /r-lot + r-lot + r-gr./;
bolt rezbasining faskasi /r-nem + r + r-fr/;
bolt kallagining balandligi / r-nem + for-toj + for-toj/;
ortogonal proeksiyalash usuli /r-gr + r-lot + ar./.


Download 48.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling