6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja
O’quvchilarning ekologik tarbiyasi
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T
O’quvchilarning ekologik tarbiyasi «Ekologiya» - yunoncha so’z bo’lib, tirik mavjudotlarning yashashSharoiti va tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro munosabatlari hamda Shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o’rganadigan fandir. O’zbekiston Respublukasi Konstitusiyasining 18-moddasida yer va yer osti boyliklarini, suv manbalarini, o’simlik va hayvonot dunyosini qo’riqlash, bu boyliklardan ilmiy asosda, oqilona foydalanish, havo va suvni toza saqlash, tabiiy boyliklarni uzluksiz ko’paytirib borishni ta’minlash, insonning atrof-muhitni yaxshilash uchun chora va tadbirlar ko’rishi zarurligi ta’kidlangan. O’zbekiston Respubilikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilgan «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonuni, «Sog’lom avlod uchun» ordenining ta’sis etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta’lim tarbiya konsepsiyasi»ning ishlab chiqilishi, «Ekosan» jamg’armasining tuzilishi mamlakatda ekologik muammolarni bartaraf etishga kirishilganidan dalolatdir. Ayniqsa, umumta’lim maktablarida ham ekologik yo’nalishdagi sinflarning tashkil etilishi, bu asosda litsey maktablarining shakllanishi yosh avlodga maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishilganini ko’rsatadi. Maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam qo’ygan har bir yosh, qanday ixtisos egasi bo’lishidan qat’i nazar, ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga oid nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishi kerak. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning tabiatga ta’sir etish darajasi ham shunchalik ko’p bo’lar ekan. Aholi sonining tez o’sib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko’payib bormoqda. Ayniqsa, yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta’minlash haqidagi muamolar butun dunyo (global) muammolariga aylanib bormoqda. Yer bag’ridan har yili 120 mlrd. Tonnadan ortiq turli xildagi xom ashyo, qurilish materiallari, yoqilg’ining qazib olinishi va sarf qilinishi tabiiy boyliklar miqdorining kamayib borishiga sabab bo’lmoqda. Ko’pgina zararli korxonalar, zavodlarning ham oqar suvga yaqin joylashganigi sababli suv havzalarini toza saqlash muammo bo’lib borayotir. Markaziy Osiyoda yashayotgan fuqarolarning salomatligi yomonlashib, kasalliklar ko’paymoqda. Yer kurrasida insonning yashab qolish-qolmasligi masalasi endi ekologik muammolarni yechishga bog’liq bo’lib qoldi. Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigiyenik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo’nalishlari mavjud. Bu yo’nalishlar ichidan pedagogik yo’nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi. Pedagogik yo’nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko’zda tutiladi. Ekologik ta’lim deganda o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi. Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo’lib, maktabda barcha fanlarni o’qitishda amalga oshirilishi ko’zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o’rgata boriladi. Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar «Alifbe» ni ochib, birinchi so’zini xijjalab o’qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob–tabiatkitobini mutolaa etishlarini istardim» deb ta’kidlaganidek, bu boradagi barcha ishlarni bolaning kichiklagidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir. Ekologik tarbiyada o’quvchilarni o’z maktabini; yashaydigan muhiti-Shahar va qishloq ko’chalarini ko’kalamzorlashtirish, mevalli va manzarali daraxt ko’chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega. Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. Ekologik duyonqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog’liqdir. Agar bu masala oilada to’g’ri yo’lga qo’yilmagan bo’lsa, uni maktablarda, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo’ladi. Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e’tibor bilan qaraganlar va bu borada ibratli an’analarni vujudga keltirganlar. Bolalar go’daklik chog’laridanoq ahloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga muhabbat, atrof-muhitga hurmat, obodonchilik va ko’kalamzorlashtirish xissi sabot bilan singdirilgan. Masalan, atrofni ifloslantirmaslik uchun axlatlarni alohida chuqurchalarga tashlash; xojatxonalarni ariiq, soy, buloq suvlaridan uzoqroq joyda kovlash; yong’in chiqmasligi chorasini ko’rish; turli ehtiyojlar uchun yashnab turgan daraxtda emas, balki ko’rib qolganlaridan foydalanish; nihollarni sindirib, payxon qilmaslik; qushlarni uyasini buzmaslik kabi xatti- harakatlar Shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga «Suvga tuflama, uini iflos qilma, Chunki barcha jonivorlar uniichib baxra oladi", "Gullab turgan mevali daraxtning Shoxini sindirma, u meva beradi, unio’zing iste’mol qilasan", "pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsa ng katta gunohish bo’ladi, Chunki unda ahli mo’ minning nasibasi bor" deb pandu-nasixatlar qilganlar. Ekologik ta’lim va tarbiyalash tizimi bolalar bog’chalarida, umumiy ta’lim maktablarida, keyingi ta’lim bosqichlarlda hamda mehnat jamoalarida davom ettiriladi. Bu o’rinda hayotiy misollar orqali hozirgi paytda oilalarda ekologik savodxonlikning pastliligi uqtiriladi. Masalan, hozir ko’plab odamlar mollarini ekinzorlarda, bog’larda xatto mevali va manzarali daraxtlarga bog’lab boqadigan bo’lib qolishmoqda. Axir o’tmishda xalqimiz qaramog’idagi hayvonlariga maxsus podachi saqlagan-ku. Buning ustiga hozirgidek hayvonlarni duch kelgan yerda emas , alohida ajratib qo’yilgan yaylovlarda o’tlatgan yoki oilaviy dam olishga chiqilganda o’t-o’lanlar payxon qilinmagan, qir-adirlarda shisha siniqlari, ovqat qoldiqlari tashlab ketilmagan. Daraxtlarga, o’simliklar olamiga, hayvonlarga zarar keltirilmagan. O’lkamizming tabiiy o’simliklar dunyosi, ularning foydasi, bu boyliklarni muhofaza qilish kerakligi haqidagi masalalar bila n yoshlarni maktab Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling