6. bozor iqtisodiyotiga muxolif-sotsialistik yo‘nalish
Download 69.39 Kb.
|
6-мавзу итт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shimcha qiymat nazariyasi.
Ish xaqi nazariyasi. K.Marks yollanma ishchilarning ish haqi olishini klassik siyosiy iqtisod asoschilari o‘ylaganlaridek, kapitalist bilan mehnatning o‘ziga ayirboshlash emas, balki sotilgan "ish kuchi"ga ayirboshlash natijasi sifatida talqin qiladi. Binobarin K.Marks ish haqini, klassik siyosiy iqtisod asoschilariga o‘xshab mehnat uchun to‘lanadigan haq, deb emas, balki ishchi kuchi uchun to‘lanadigan haq deb talqin qiladi.
Olimning nazariyasiga ko‘ra, ish haqi ishchi va uning oilasining hayotini ta’minlaydigan tovarlar miqdoriga tengdir. Ish haqining darajasi esa mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘lib, u o‘z navbatida ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va texnologik jihozlash darajasi bilan belgilanadi, bu esa oxir-oqibat ish haqinin goshishiga to‘sqinlik qiladi, chunki texnik va iqtisodiy taraqqiyot doimiy ravishda ortiqcha ishchi kuchi hosil qiladi va kapitalistlar hamda ishchilar o‘rtasidagi ayirboshlash munosabatlarining natijasini ishchilar zarariga oldindan belgilab beradi. Shunday qilib, K.Marks bo‘yicha ishchi mehnatini emas, balki ishchi kuchini sotdi, bunda «haq to‘lanmagan mehnat»ning (aniqlash va o‘lchash mumkin bo‘lgan) ish haqiga aloqasi bo‘lmaydi, «haq to‘lanmagan ishchi kuchi»ni esa aniqlash mumkin emas, negaki bitim (kelishuv) bir butun ishchi kuchi qimmatini ayirboshlash yuzasidan tuziladi. K.Marksning fikricha, real ish haqi «hech qachon mehnat kuchi unumdorligi oshishiga mutanosib ravishda o‘smaydi», hatto erkin raqobat iqtisodiyoti sharoitida ishchilar tayanishi mumkin bo‘lgan kasaba uyushmalari ham bu vaziyatni jiddiy o‘zgartira olmaydi. Bundan tashqari mehnat unumdorligining o‘sishi tufayli tovar va xizmatlar qiymatining pul ko‘rinishida kamayishi har safar mos holda ishchilar tomonidan sotib olingan tovarlar narxining va real ish haqini pasayishiga olib keladi. Qo‘shimcha qiymat nazariyasi. Qo‘shimcha qiymat nazariyasi shuni isbotlaydiki, garchi tovar ishchi kuchi sifatida qiymat bo‘yicha sotilsa-da, aynan shu tovar yagona va o‘ziga xos tovar bo‘lib, uning qiymatini kapitalizm sharoitida qiymatning mehnat nazariyasi tamoyiliga muvofiq aniq belgilash mumkin emas. O‘z navbatida qo‘shimcha qiymat olish uchun «pul egasi bozordan shunday bir tovar topish baxtiga erishmog‘i kerakki, bu tovar iste’mol qiymatining o‘zi qiymat manbai bo‘lishdek o‘ziga xos bir xususiyatga ega bo‘lsin». Bunday tovar - ishchi kuchidir. Ishchi kuchining iste’mol qilinishi mehnatdir, o‘z navbatida mehnat esa qiymatni yaratadi. Ishchi kuchini pul egasi uning o‘z qiymati bo‘yicha sotib oladi. Ishchi kuchi tovarining qiymati ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo‘lgan tirikchilik vositalari qiymati bilan belgilanadi. Ishchi o‘z ishchi uchi qiymatidan ortiqcha qiymat yaratish xususiyatiga ega. Binobarin, Marksning xulosasi aniq - qo‘shimcha qiymat manbai faqat o‘z mehnat kuchini sotuvchi unumli ishchilarning «to‘lanmagan mehnati»dir. Bundan tashqari, K. Marks tushunchasida qo‘shimcha qiymatni olish mexanizmi berilgan bo‘lib, u ham oddiy va ravshan: har doim amalda ishlagan vaqtdan kamroq bo‘lgan "zaruriy ish vaqti" davomida ish haqi shaklida olish uchun ishchi o‘z qiymatini yaratadi,”qo‘shimcha ish vaqtda” esa “qo‘shimcha mehnat” sarflaydi va bu jarayonda kapitalistlar xohlagan "qo‘shimcha qiymat" ni yaratadi. Faraz qilaylik, ishchi kun bo‘yi 10 soat ishlaydi. Holbuki, ishchi 5 soat mobaynida (Marks atamasi bo‘yicha «zarur ish vaqtida») o‘z qiymatiga teng qiymat yaratadi, keyingi 5 soat mobaynida («qo‘shimcha ish vaqtida») esa “qo‘shimcha mehnat” sarflanishi natijasida qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymat yaratiladi. Kapitalist bu qo‘shimcha qiymatni haq to‘lamasdan o‘zlashtirib oladi (kapitalizmning asosiy iqtisodiy qonuni). Shuning uchun ekspluatatsiya mavjud bo‘lganligi sababli olim ekspluatatsiya darajasini ( Marksga ko‘ra, "me’yor") o‘lchashni taklif etadi Uning fikricha " “ekspluatatsiya me’yori" - bu qo‘shimcha qiymat miqdori va ishchi kuchi to‘loviga mos keladigan o‘zgaruvchan kapital miqdori o‘rtasidagi munosabat natijasidir”. Mashinalar va xomashyolarda ifodalangan doimiy kapital uchun uning qiymatini faqat mahsulotga o‘tkazishi mumkin, lekin ular qo‘shimcha qiymat yaratmaydi. Shunday qilib, qo‘shimcha qiymat nazariyasining "mantiqi"ga ko‘ra, ish kuni qancha uzoq bo‘lsa, qo‘shimcha qiymat massasi va ekspluatatsiya me’yori shunchalik yuqori bo‘lishi mumkin. K.Marksning fikricha, ish kunini mutlaq uzaytirish yo‘li bilan olinadigan qo‘shimcha qiymat «absolyut qo‘shimcha qiymat» , zarur ish vaqtini qisqartirish va shunga muvofiq qo‘shimcha ish vaqtini uzaytirish yo‘li bilan olinadigan qo‘shimcha qiymat "nisbiy qo‘shimcha qiymat”dir. Olimning fikricha, mehnat unumdorligining oshishi hisobiga zaruriy ish vaqt (zaruriy mehnat) davomiyligining qisqarishi "nisbiy qo‘shimcha qiymat" berish bilan birga, qo‘shimcha qiymat me’yori pasayishining tendensiyasini kuchaytiradi. Shunga qaramasdan kapitalist foyda me’yorini maksimal darajaga oshirishga intiladi, chunki shiddatli raqobat kurashida muvaffaqiyatning kaliti qo‘shimcha qiymatning o‘zida emas, balki foydadadir. Ayrim kapitalistlar tomonidan fan-texnika taraqqiyoti natijalarini amaliyotda qo‘llash o‘rtacha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi, bu esa unga foydani ko‘paytirish imkonini beradi. Bu yerda «ustama qo‘shimcha qiymat» vujudga keladi. Ammo raqobat qonuni asosida boshqa kapitalistlar tomonidan ham yangiliklarning ishlab chiqarishda qo‘llanilishi natijasida bozor narxi pasayadi va ustama qo‘shimcha qiymat yo‘q bo‘lib ketadi. Demak, qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarish tadbirkorlarni yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llashga undaydi. Download 69.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling