6. bozor iqtisodiyotiga muxolif-sotsialistik yo‘nalish


Download 69.39 Kb.
bet9/14
Sana28.10.2023
Hajmi69.39 Kb.
#1729486
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
6-мавзу итт

Qiymat nazariyasi.K.Marks «Kapital» asaridagi o‘zining qiymatning mehnat nazariyasini yaratgan. Keyinchalik olim unga asoslanib qo‘shimcha qiymat nazariyasini ishlab chiqqan va undan kelib chiqadigan kapitalizmning ziddiyatlik va ekspluatatsiyaviy mohiyati haqidagi xulosalarini chiqaradi.
K.Marksni qiymatning mehnat nazariyasini talqin qilishda tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mehnat miqdoriga mutanosib uning qiymatga muvofiq ayirboshlash tamoili xususidagi tezisni ilgari suradi. Mehnatdagi sifat farqlarini ya’ni teng bo‘lmagan mehnatning jadalligi va ishchilarni malakasini hisobga olgan holda, keyin o‘rtacha ijtimoiy mehnat, aniqrog‘i, "ijtimoiy zarur ish vaqti" yoki ma’lum bir vaqtda “o‘rtacha malaka darajasi va mehnat intensivligi sharoitida " sarflangan vaqt qoidasi joriy etiladi. Qiymat o‘zida ijtimoiy mehnatni mujassamlashtirganligi sababli uning miqdori individual mehnat sarflari bilan emas, balki ijtimoiy zarur mehnat bilan o‘lchanadi, ijtimoiy zarur ish vaqti bilan belgilanadi. Ijtimoiy zarur ish vaqti muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va intensivligining darajasi o‘rtacha bo‘lgan sharoitda biron-bir tovar tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtdir.
Marksning fikricha, mehnat sarflarini o‘lchashga asoslangan qiymat talqini, talab va taklifga qarab, tovar narxi uning qiymatiga nisbatan ko‘tarilishi yoki pasayishi mumkinligiga qaramasdan, yagona to‘g‘ri talqindir. Undan so‘ng olim kauzal yondashuvining qo‘llash asosida birlamchi "qiymat" kategoriyasiga nisbatan «ishlab chiqarish narxi» konsepsiyasini ikkinchi darajali kategoriya sifatida asoslashga o‘tadi. Bu yerda ishlab chiqarish narxi har doim "xarid narxi" bilan bog‘liq deb e’lon qilinadi. Uning asosiy dalili sifatida faqat “oddiy tovar ishlab chiqarishda”, ya’ni bozorgacha bo‘lgan iqtisodiyotda, shuningdek, "o‘rtacha organik tarkibli kapital" darajasidagi kapitalizm sharoitida "narxlar aslida faqat qiymat qonuni bilan tartibga solinadi" degan tezis ilgari suriladi. Har qanday jamiyatda qiymat qonuniga amal qilmagan ayirboshlashning bo‘lishi mumkin emas. Qiymat ayni jamiyatda o‘rtacha mehnat sarflari bilan o‘lchanadi. Demak, K.Marks qiymatning mehnat nazariyasidan aslo voz kechmaydi. Oddiy qilib aytganda, u rivojlangan iqtisodiyotda qiymatning ishlab chiqarish narxiga aylanishida "to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishdan yashirilgan" uning asosi – mehnatdir. Shuning uchun "ishlab chiqarish narxi "ni Adam Smit tabiiy narx deb ataydi, Rikardo - ishlab chiqarish narxi yoki ishlab chiqarish qiymati, fiziokratlar esa zaruriy narx, chunki uzoq muddatli istiqbolda mahsulot narxi taklifning zaruriy sharti hisoblanadi.
Fanga va bozor iqtisodiyoti qonunlariga murojaat qilgan K.Marks hech bir jamiyatda qiymat qonuniga rioya qilmasdan ayirboshlashni amalga oshirish mumkin emasligiga ishonch hosil qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pulning mohiyati va qiymatiga nisbatan K.Marks Rikardo- Mill qoidalariga deyarli to‘liq qo‘shiladi.Faqat bitta pulning miqdoriy nazariyasi masaladan tashqari. Bu holatda uning asosiy dalili ma’lum vaqt oralig‘ida tovar aylanmalari va pul massasining aylanmalari sonining o‘zgarmas tabiatiga ishora qiladi.

Download 69.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling