6. bozor iqtisodiyotiga muxolif-sotsialistik yo‘nalish


A. Sen-Simonning tarixiy konsepsiyasi. Sh.Furyening iqtisodiy g’oyalari. R.Ouenning jamiyatni sotsialistik o'zgartirishlarrejalari


Download 69.39 Kb.
bet2/14
Sana28.10.2023
Hajmi69.39 Kb.
#1729486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-мавзу итт

6.2 A. Sen-Simonning tarixiy konsepsiyasi. Sh.Furyening iqtisodiy g’oyalari. R.Ouenning jamiyatni sotsialistik o'zgartirishlarrejalari

Anri Sen-Simon (1760— 1825) fransuz faylasufi, sotsiologi, mashhur ijtimoiy islohotchi, xayoliy sotsializm maktabining asoschisi. Sen-Simonning asosiy asarlari: «Jeneviyalikning zamondoshlariga maktublari» (1802), «Sanoatchilarning katexizmi» (1823), «Yangi xristianlik» (1825).
Sen-Simon "Jeneviyalikning zamondoshlariga maktublari" (1802) deb nomlangan asarida jamiyatni tashkil etishda san’at va fanning cheksiz hukmronligini talab qiladi.
O limning fikricha mehnat yangi jamiyatning qat’iy asosidir, har kim o‘z kuchini insoniyat uchun foydali bo‘lgan tarzda sarflashi kerak bo‘ladi, kambag‘allar boshi bilan ishlaydigan boylarni boqadi agar boylar bunga qodir bo‘lmasa, ular qo‘li bilan ishlashi kerak deb hisoblaydi. Yangi jamiyatda ma’naviy hokimiyat olimlarga, dunyoviy hokimiyat esa mulk egalariga, har ikki hokimiyat egalarini tanlash huquqi esa butun xalqqa tegishli bo‘lishi kerak deb ta’kidlaydi Sen-Simon. Mohiyatanolganda dunyoviy hokimiyatning mazmuni oydinlashtirilmagan, ya’ni dunyoviy hokimiyatning qiladigan ishi qolmagan, chunki jamiyatni tashkil qilish bo‘yicha barcha yo‘nalishlardagi ishlar ma’naviy kuch qo‘lida. Umuman olganda, Sen-Simon tomonidan bildirilgan dastlabki fikrlar noaniq va ba'zan hatto qarama-qarshidir.
Keyinchalik Sen-Simon ishlab chiqarishdagi inson faoliyati, mulkchilik shakllari kabi iqtisodiy omillarga katta baho berdi. U “Ilk davr”, “Qulchilik”, “O‘rta asrlar”, “Hozirgi davr” va “Oltin asr”larni alohida ajratib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarni ko‘rsatib o‘tdi.
K.Sen-Simonning fikricha bo‘lajak adolatli jamiyati industrial tizim deb nomlanib, o‘z navbatida industrial jamiyat yirik sanoat ishlab chiqarishi negizida reja asosda rivojlanadi va yagona industrial markaz orqali boshqarliladi.
XIX asrning ikkinchi yarmini olim inqilobiy larzalarsiz, tinch va osoyishta hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan hamma narsaga ega bo‘lgan “industrial tenglikga" asoslangan ijtimoiy adolatli jamiyatga o‘tish bosqichidir, ta’riflaydi va unda “olimlar, tadbirkorlar va ishchilardan iborat sanoatchilar shakllanadi, ular qirol hukumati bilan birgalikda odil jamiyatni barpo etishlari kerak, bu esa o‘z navbatida “Oltin asr”ga kirib kelishni ta’minlaydi.” deb hisoblaydi. U o‘z mulohazalarida mavjud tuzumdan adolatli industrial ijtimoiy tuzumiga yaqinlashib kelayotgan o‘tishni tarixan muqarrar jarayon deb e’lon qiladi va kelajakdagi o‘zgarishlarni tezlashtiradigan omillarning (fan, aql va ilg‘or g‘oyalar) o‘sib borayotgan salohiyatiga ishora qiladi. Sen-Simon o‘zining “industrial jamiyat”ida boshqa xayoliy sotsialistlar kabi qarama-qarshi sinflarning yo‘qolib ketishi va hokimiyat tomonidan siyosiy funksiyalarga nisbatan iqtisodiy funksiyalarga katta e’tibor beriliishini taxmin qiladi.
Ammo shuni ta’kidlash kerakki, utopik sotsializmning boshqa barcha vakillaridan farqli o‘laroq, Sen-Simon sotsializm davrida xususiy mulkni rad etmaydi. Xususiy mulk instituti yangi jamiyatning asosini tashkil qiladi va “mulkni tashkil etish va undan foydalanishni tartibga soluvchi qonun” zarurligini ta’kidlaydi. Shubhasiz, Sent-Simonning katta xizmati jamiyatning tarixiy jihatdan harbiy va sanoat turini farqlashi va tavsiflab berishi hisoblanadi. Feodal jamiyatlarning maqsadi bosqinchilik, sanoat jamiyatlari esa ijtimoiy farovonlikning asosi bo‘lgan mehnat edi. Sen-Simon mehnat taqsimoti sanoat jamiyatining sinfiy tuzilishini, uning siyosiy tashkil etilishi va boshqaruv shaklini belgilaydi, deb ta’kidlaydi. Sanoat jamiyatining asosiy tabaqalari, bir tomondan, olimlar va rassomlar, ikkinchi tomondan, yer egalari, sanoatchilar va savdogarlardir. Ushbu uchta guruh sanoat sinfini tashkil qiladi.
K. Sen -Simon ta’rifiga ko‘ra, "sanoatchi" degan tushunchaga dehqon va arava ishlab chiqaruvchi, chilangar va duradgor, fabrikant va savdogar, aravakash va dengizchi ya’ni barcha " uchta yirik sinfni tashkil etuvchi dehqonlar, ishlab chiqaruvchilar(fabrikant) va savdogarlar”kiradi. O‘z navbatida olim quyidagilarni “sanoatchilar”ning xususiyat va fazilatlari deb ko‘rsatadi:
• barcha boyliklarni ishlab chiqaradilar va shuning uchun pulga egalik qiladilar;
• soni bo‘yicha millatning 24/25 dan ko‘prog‘ini tashkil etadi;
• aqliy jihatdan boshqalardan ustundirlar.
Sen Simon ko‘p sonli kambag‘al sinfning ahvolini yaxshilashga qodir bo‘lgan jamiyatni qurishga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblardi. Uning fikriga ko‘ra, "sanoat tizimining asosiy tamoyili " "barcha parazitizm"ni yo‘q qilish va jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini dunyo miqyosida rivojlantirishdir, bu esa ishlab chiqarish tizimiga bevosita aloqador bo‘lganlarning barchasini (fermerlar, ishlab chiqaruvchilar, muhandislar, ishchilar, savdogarlar va boshqalar) o‘z ichiga olgan "sanoatchilar" sinfi manfaatlari yo‘lida boylikni ulkan o‘sishga erishishga imkon berdi.
Sen-Simon birinchi bo‘lib jamiyatning asosi sanoat ishlab chiqarishida ekanligini ko‘rgan va tushungan, iqtisodiy faoliyatda eng muhim rolni mulk shakllariga, shuningdek, ushbu shakllar bilan ma’lum munosabatda bo‘lgan sinflarga ajratgan. U dastlab «industriyalashtirish», «industrial (industrial) jamiyat» atamalarini ilmiy muomalaga kiritdi.
K Sen-Simon sanoat ishlab chiqarishining taraqqiyoti va mahsulotlarni taqsimlash olimlar tomonidan olib boriladi deb hisoblaydi. Bunda katta tajribaga ega bo‘lgan sanoat kapitalistlari boshqaruvni tashkil qilish bilan mashg‘ul bo‘ladilar, ishchilar esa ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun astoydil mehnat qilishlari zarur.
Sen-Simonning yangi industrial tizimi sotsialistik jamiyat emas edi, chunki unda xususiy mulkchilik, kapital jamg‘arish, bankirlar va tadbirkorlar sinflari hali mavjud edi. Bu esa o‘z navbatida, umumxalq mehnatiga asoslangan rejali ishlab chiqarishni inkor etadi. Sen-Simon asarlarining asosi kapitalizmni tanqid qilishdan iborat edi.
U ishlab chiqarish va taqsimotdagi anarxiyani, raqobat, xalq ommasining qashshoqlashuvi va ishchilarning ayanchli ahvolda ekanligini kapitalizmning illati, deb hisoblaydi.

Download 69.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling