6. bozor iqtisodiyotiga muxolif-sotsialistik yo‘nalish


R obert Ouen (1771 - 1858)


Download 69.39 Kb.
bet4/14
Sana28.10.2023
Hajmi69.39 Kb.
#1729486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-мавзу итт

R obert Ouen (1771 - 1858) - ingliz xayoliy sotsialisti, sotsialistik o‘zgarishlar loyihalarini o‘z ichiga olgan bir qator asarlar muallifi. Ular orasida: "Inson xarakterining vujudga kelishi to‘g‘risida" (1813-1814), “Nyu-Lanark grafligiga hisobot" (1820), "Yangi axloqiy dunyo kitobi" (1836-1844) va boshqalar.
Robert Ouenning iqtisodiy qarashlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, qiymat tushunchasini talqiniga oid nazariy qarashlari klassiklar, ayniqsa D.Rikardoning qarashlariga yaqin. Xususan, olim klassik olimlardan qiymatning mehnat nazariyasini so‘zsiz qabul qildi, garchi ulardan farqli o‘laroq, u tovar qiymatiga foyda ham kiradi, degan fikrga qo‘shilmagan bo‘lsa ham. Aynan foydaning vujudga kelishining adolatsizligi, uning fikricha, ishchilarning ayanchli ahvoli va iqtisodiy inqirozlarga sabab bo‘ladi.
Shuningdek R.Ouen Maltus aholi nazariyasiga qo‘shilmagan, chunki "jismoniy mehnatga to‘g‘ri rahbarlik qilish bilan ... mamlakatlar cheksiz o‘sib borayotgan aholi sonini tirikchilik vositalari bilan ta’minlashi mumkin...” deb hisoblagan.
Shu bilan birga, R.Ouen uzoq vaqt davomida yirik fabrikant ishlab chiqaruvchi bo‘lib, klassiklardan farqli o‘laroq, keyinchalik ijtimoiy ishlab chiqarishni fabrika- zavod asosida tashkil etish davrida odatiy holga aylangan ijtimoiy muammolarni hal qilish chora-tadbirlarini boshqalardan oldinroq payqagan. Xususan, XIX asr boshlarida Nyu-Lanarkdagi o‘zining zavod ishchilari uchun maxsus shinam turar-joylar, oshxona, savdo do‘koni, omonat kassasi, bolalar bog‘chasi va shu kabilarni qurdilar. U yerda o‘rnatilgan mehnat tartibiga ko‘ra, u tegishli zavod qonunchiligidan yarim asr ilgarilab ketdi:
1) kattalar uchun ish kunini 17 soatdan 10 soatgacha qisqartirish;
2) 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar mehnatidan foydalanishni rad etish va ular uchun birinchi marta butunlay dunyoviy bo‘lgan maktablar barpo etish;
3) o‘sha paytda juda keng tarqalgan jarimalarni bekor qilish.
Shuningdek R.Ouen ishchilar mehnatini yengillashtiradigan yoshlar va qariyalar mehnatidan tungi ish vaqtida foydalanishni man etgan, ishlab chiqarishda ishchilarni rag‘batlantirishni tashkil etgan. Binobarin biz, uni Angliyaning ilk fabrika qonunchiligining asoschilaridan biri bo‘lgan deyishimiz mumkin.
R.Ouenning Loyiha va ijtimoiy dasturlari fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, ancha aniq va amaliyligi bilan ajralib turadi. U yangi tuzum yangi yo‘l bilan yoki tinch yo‘l bilan quriladi va unga tinch yo‘l bilan o‘tiladi, deb ishondi.
Olim har qanday zo‘ravonlik bilan oshiriladigan inqilobning maqsadga muvofiq emasligiga astoydil ishongan. Uning fikricha, “adolatsiz ijtimoiy tuzum”ni almashtirish “asta-sekin, tinch va oqilona” yo‘l bilan amalga oshiriladi. Masalan, yerni “sotmoqchi bo‘lganlardan bozor narxida bosqichma-bosqich sotib olish va shu tariqa kelgusida davlat daromadlarining yagona manbai bo‘lib xizmat qilishi uchun uni davlat mulkiga aylantirish” va hokazolar taklif etilgan.
Davlat tomonidan sotib olingan yer uchastkalarida 500 dan 3000 kishigacha bo‘lgan uyushgan “mustaqil qishloqlar"ni loyihalash vazifalarini amalga oshirish haqida gapirganda, shuni ta’kidlash kerakki, buning uchun olim yana "oqil hukumat"ning tegishli "oqilona sharoitlar"ini ta’minlash harakatlariga umid bog‘laydi. Shu bilan birga, bunday shartlar qatoriga (ular R. Ouen tomonidan oqilona konstitutsiya deb ataladigan 26 ta qonunda tizimlashtirilgan) u, xususan, quyidagilarni kiritadi: uyushmalarda keng ko‘lamda turli sohalarda, shu jumladan uy xo‘jaligida,qo‘l mehnatini almashtirish uchun mashinalarning qo‘llanilishi;
mehnatni yagona qiymat o‘lchoviga aylantirish; insoniyat metall pullarni yo‘q qilib, ularning o‘rniga “milliy pul” – mehnat bonalari (kvitansiyalar) bilan almashtirgandan so‘ng boylikni mo‘l- ko‘lchiligini ta’minlash; aholini tarbiyalashning turli usullaridan foydalanish, ayniqsa, davriy matbuotdan; “foydasiz xususiy mulk”ga va shunga mos ravishda ishlab chiqaruvchilarning vositachilarsiz aloqalari tufayli foydaga barham berish.

Download 69.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling