6. bozor iqtisodiyotiga muxolif-sotsialistik yo‘nalish


K.Marksning “Kapital” va F. Engelsning “Anti-Dyuring” asarlari


Download 69.39 Kb.
bet7/14
Sana28.10.2023
Hajmi69.39 Kb.
#1729486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
6-мавзу итт

6.4 K.Marksning “Kapital” va F. Engelsning “Anti-Dyuring” asarlari

Karl Marks «Kapital»ga yozgan so‘z boshida: «Asarimning tub maqsadi hozirgi zamon jamiyati, ya’ni kapitalistik jamiyati harakatining iqtisodiy qonunini ochib berishdir», — deydi. Tarixiy jihatdan kapitalistik jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlarning vujudga kelishi, taraqqiyoti va tanazzulga yuz tutishini ko‘rsatib berish K.Marks iqtisodiy ta’limotining mazmunini tashkil etadi.


Metodologiya xususiyatlari va manbalari. Metodologik jihatdan Marks bir vaqtning o‘zida uchta ilmiy manbalarga: Smit-Rikardoning ingliz klassik siyosiy iqtisodiga, nemis klassik Gegelya—Feyerbax falsafasiga va fransuz xayoliy sotsializmiga asoslangan.
Ingliz klassik maktabidan boshqalar qatori, qiymatning mehnat nazariyasini, foyda me’yorining pasayish tendensiyasi qonuni qoidalarini, unumli mehnat va boshqalarni, nemis falsafasidan - dialektika va materializm g‘oyalarini , fransuz xayoliy sotsializmdan - sinfiy kurash tushunchasi, jamiyatning ijtimoiy tuzulishining elementlarini o‘zlashtirdi.
Biroq, Karl Marksning tadqiqot metodologiyasida markaziy o‘rinni uning 1859 yilda "Siyosiy iqtisod tanqidi to‘g‘risida" asarida e’lon qilgan bazis va ustqurtma tuzilmasi konsepsiyasi egallaydi. Bu asardagi asosiy g‘oya quyidagicha ta’riflanadi: “Odamlar o‘z hayotida ijtimoiy ishlab chiqarishida o‘z irodasiga bog‘liq bo‘lmagan muayyan, zaruriy munosabatlarga – ularning o‘z moddiy ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining ma’lum bir bosqichiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi.
Bu ishlab chiqarish munosabatlarining jami, jamiya iqtisodiy tuzilishining real bazisini tashkil etadi, uning ustida huquqiy va siyosiy ustqurma joylashgan bo‘ladi va unga ijtimoiy ongning ma’lum shakllari mos keladi. Moddiy hayotning ishlab chiqarish usuli umuman hayotning ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy jarayonlarini belgilaydi. Odamlarning ongi emas, balki, aksincha, ijtimoiy borlig‘i ularning ongini belgilaydi”.
Umuman olganda, bazis va ustqurtma konsepsiyasida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari dialektikasini hisobga olgan holda tarixni iqtisodiy talqin qilishga harakat qilindi. Bu esa K. Marksning rejasiga muvofiq: kapitalizmdan sotsializmga o‘tish jarayonidir. Marksning fikricha, dialektik bo‘lmagan yondashuv va kapitalistik iqtisodiyot qonuniyatlarini universal deb asossiz tan olish bu qonuniyatlarni haqiqatda kashf etgan klassik siyosiy iqtisod vakillariga ularning o‘ziga xos va o‘tkinchi xususiyatga ega ekanligini tushunishga imkon bermadi.

Download 69.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling