6. bozor iqtisodiyotiga muxolif-sotsialistik yo‘nalish


Download 69.39 Kb.
bet11/14
Sana28.10.2023
Hajmi69.39 Kb.
#1729486
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
6-мавзу итт

Unumli mehnat nazariyasi. Qo‘shimcha qiymat nazariyasi K. Marksning fiziokratlar tomonidan kiritilgan “unumli mehnat” tushunchasini aniqlashning boshlang‘ich nuqtasidir. Bu yerda, K. Marks J.S.Millning “unumli mehnat”ning talqiniga mohiyatan qo‘shiladi. Olim mehnat birinchidan, "nisbiy qo‘shimcha qiymat" ("mutlaq" emas) shaklida oshib boradigan qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarsa (bu tirikchilik vositalarining qiymatini arzonlashtirish), ikkinchidan, unumli mehnat qo‘shimcha qiymatni muomala sohasida emas, balki faqat ishlab chiqarish sohasidagina yaratishi mumkinligini tan olsak, unumli bo‘ladi deb hisoblaydi.
Foyda nazariyasi. K.Marksning foyda nazariyasining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, daromadning bu turi tadbirkorlarning har qanday daromadi singari ishchi kuchini ekspluatatsiya qilish natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha qiymatning tashqi, ya’ni o‘zgargan shakli hisoblanadi. Bu yerda D.Rikardodan farqli o‘laroq, gap nafaqat foyda me’yori to‘g‘risida, balki uning qo‘shimcha qiymat me’yoridan farqi, o‘ziga xosligi to‘g‘risida boradi. «Avanslangan butun kapitalning mahsuli bo‘lib ko‘ringan qo‘shimcha qiymat foydaning o‘zgargan shakliga kiradi».
K.Marks «qo‘shimcha qiymat me’yori» va «foyda me’yori» tushunchalarining farqini bilishni tavsiya etadi. Agar birinchisi uning tomonidan qo‘shimcha qiymatning o‘zgaruvchi kapitalga bo‘lgan nisbati sifatida ko‘rilsa, ikkinchisi esa (gap qo‘shimcha qiymatning «o‘zgargan shakli» to‘g‘risida borar ekan) qo‘shimcha qiymatning jami kapitalga, ya’ni o‘zgaruvchi va doimiy kapitalga bo‘lgan nisbati sifatida qaraladi.
Marksning fikricha, raqobat tufayli kapitalning bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa oqib borishi mexanizmi ham tabiiydir, bu esa foyda me’yorining pasayish tendensiyasiga va o‘rtacha foyda me’yorining shakllanishiga yordam beradi. Bunda K.Marks qo‘shimcha qiymatning umumiy massasini iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida taqsimlashni ko‘rib chiqadi va undan foyda me’yorini pasayish tendensiyasi qonunini keltirib chiqaradi.
Marksning talqinida foyda me’yorining pasayish tendensiyasi kapitalizmning muqarrar ravishda barqaror “foyda me’yori” ketidan quvish, kapitalning organik tuzulishini kapitalning umumiy hajmidagi doimiy kapitalni oshirish va mos holda o‘zgaruvchan kapitalni kamaytirish hisobiga o‘zini o‘zi yo‘q qilish mexanizmining tarixiy hodisasidir.

Download 69.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling