6. bozor iqtisodiyotiga muxolif-sotsialistik yo‘nalish
Download 69.39 Kb.
|
6-мавзу итт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takror ishlab chiqarish nazariyasi
Renta nazariyasi. «Kapital»dagi renta nazariyasining mazmun mohiyati D.Rikardoning renta nazariyasiga deyarli o‘xshaydi. Undan farqi K.Marksning “differensial” renta bilan birga “absolyut” rentaning mavjudligi haqidagi qo‘shimchasidadir. Olim “absolyut” rentaning vujudga kelishini qishloq xo‘jaligida kapital organik tuzilishning pastligi (c/v) va yerga xususiy mulk borligi bilan bog‘laydi. Uning fikricha qishloq xo‘jaligida kapital organik tuzilishining pastligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qiymati har doim uning "ishlab chiqarish narxidan" yuqori bo‘lishiga olib keladi. Yerga xususiy mulk egaligi borligi tufayli qishloq xo‘jaligida foyda me’yorini o‘rtacha foyda ko‘rsatkichigacha keltiradigan "kapitalning oqib turishi" mexanizmi ishlay olmaydi.Natijada, yer egasi ijarachi fermerdan rentaning tabiiy darajasidan oshib ketadigan ijara haqini talab qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu yer uchaskalarining unumdorligidagi va ularni bozorga nisbatan joylashishidagi farqlariga qarab yer rentasini olishga imkon beradi.
Takror ishlab chiqarish nazariyasi. K.Marks "iqtisodiy inqirozlar" sifatida tavsiflangan hodisalarni tahlil qilib kapitalizm sharoitida iqtisodiy rivojlanishning davriyligi (siklikligi) nazariyasini ilgari suradi. Makroiqtisodiy muvozanat va izchil iqtisodiy o‘sishga erishishga kapitalistik jamiyatga xos bo‘lgan ziddiyatlar to‘sqinlik qiladi degan g‘oya erkin raqobat iqtisodiyotida takror ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan ushbu nazariyaning asosiy g‘oyasidir. K.Marksning bu nazariyasi takror ishlab chiqarish sxemalariga asoslanadi, ular o‘z mohiyatiga ko‘ra bir qancha soddalashtiruvchi asoslarga qurilgan mavhum nazariy modellardir. Xususan: - iste’molchilarning xohishlari va ishlab chiqarishning texnik darajasining doimiyligiga xos bo‘lgan uzoq muddatli bozor muvozanatini o‘rnatilishi; - doimiy kapitalning qiymati doimiy qiymatdagi mahsulotlar (masalan, asbob-uskunalar yoki xomashyo) narxida takror ishlab chiqariladi, o‘zgaruvchan kapital esa barcha yangi yaratilgan qiymatning manbai bo‘lgan jonli mehnatni ishlab chiqarishda foydalanish uchun avanslanadi, bu tegishli kapital xarajatlarni qoplashni ham, boshlang‘ich kapitalning ko‘payishini ham ta’minlaydi; - iqtisodiyot ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish va xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishdan iborat ikki sektorga bo‘linadi. Binobarin, ijtimoiy mahsulot qiymati iqtisodiyotning ikki tarmog‘i mahsulotlari qiymatining yig‘indisidan iborat; - Marks faqat o‘zi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan hollarda avanslangan kapital (ya’ni, zaxira ) va iste’mol qilingan kapitalni (ya’ni, kapital xarajatlar oqimi) ajratdi. Bu asosiy va o‘zgaruvchan kapitalning yillik xarajatlari va ularning tegishli davr boshidagi zaxiralarining mos kelishi bilan bog‘liq; - Marks dunyoning boshqa mamlakatlari bilan tashqi savdoni amalga oshirmaydigan, faqat ikkita sinfdan iborat (kapitalistlar va ishchilar),"sof kapitalizm" modeli bo‘yicha ishlaydigan yopiq iqtisodiyotni ko‘rib chiqishni nazarda tutadi. K.Marks klassiklarning ishchilar barcha daromadlarini iste’mol qilishlari uchun ishlatishi haqidagi fikriga qo‘shildi. Shu bilan birga, kapitalistlar o‘z daromadlaridan (ya’ni, qo‘shimcha qiymatdan) ikkita takror ishlab chiqarish sxemasiga muvofiq foydalanadilar: a) oddiy takror ishlab chiqarish sxemasi doimiy ko‘lamlarda va sof investitsiyalar bo‘lmagan, ya’ni kapitalistlar barcha qo‘shimcha qiymatdan o‘z iste’moli uchun foydalanadigan ijtimoiy mahsulotni davriy takrorlanib turadigan sikl modelidir; b) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasi birinchi sxemaga qarama-qarshidir, chunki u kapitalistlar qo‘shimcha qiymatning bir qismini saqlab qolishlarini va undan kapital jamg‘arish manbai sifatida foydalanishlarini nazarda tutadi. Kapitalning jamg‘arilishi K.Marks tadqiqotlarining asosiy mavzusi edi. Shuning uchun u oddiy takror ishlab chiqarishni abstraksiya deb hisobladi va uni yanada muhimroq maqsad - kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil qilish yo‘lidagi oraliq mantiqiy bosqich deb hisobladi. Shu bilan birga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasi, garchi u realizm belgilariga ega bo‘lsa ham, aniqlikda sustroq edi. Masalan, iqtisodiyot tarmoqlari va daromad turlari o‘rtasida aniq bog‘liqlik yo‘q edi. K.Marks kengaytirilgan takror ishlab chiqarish mexanizmini shartli sonli misollar yordamida bayon etgan. Bundan tashqari, u maqsadli ravishda bir qator qo‘shimcha taxminlarni ilgari surdi, xususan: har bir sektorga pul investitsiya qilinadi (ya’ni investitsiya amalga oshiriladi); qo‘shimcha kapital asosiy va o‘zgaruvchan kapitaldan iborat tuzilishga ega bo‘lib, mavjud nisbatlarni takror ishlab chiqaradi; ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish sektori qo‘shimcha qiymatining yarmi jamg‘armaga aylanadi va iste’mol tovarlari ishlab chiqarish sohasida jamg‘arish tezligi takror ishlab chiqarish sharoitlariga sust moslashadi. Shunday qilib, K. Marksning takror ishlab chiqarish nazariyasining butun iqtisodiyot fani miqyosidagi ahamiyati shundaki, u Sey qonuni (bozor qonuni, unga binoan bozordagi talab va taklif har doim muvozanatda bo‘ladi) atrofidagi bahslarda yuzaga kelgan bir qator nazariy qiyinchiliklarni hal qilishga yordam berdi. Bundan tashqari, ko‘p yillar davomida K.Marksning takror ishlab chiqarish nazariyasi iqtisodiy nazariyaning iqtisodiy o‘sishni modellashtirish munosabatlarini tahlil qilish kabi tarmog‘ining shakllanishiga zamin bo‘lib xizmat qildi. K.Marks o‘zining takror ishlab chiqarish nazariyasini ishlab chiqishda kapital va tovar massalari almashinuvini natural va qiymat jihatidan ko‘rib chiqishga harakat qildi. Biroq, bu uning sanoatda kapitalning takror ishlab chiqarilishi haqidagi tadqiqotini yetarlicha tugallangan deb atashga imkon bermaydi. Bundan tashqari, sanoatda kapital tannarxini takror ishlab chiqarish jarayonining shartlari K.Marks tomonidan tovar qiymati va narxining shakllanishi haqidagi qarashlarining noaniqligi tufayli aniq modellashtirilmagan. Download 69.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling