6 Laboratoriya ishi


Svetoforni o‘z o‘zidan yopilib qolishi


Download 58.69 Kb.
bet11/14
Sana08.05.2023
Hajmi58.69 Kb.
#1444045
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
6-lobaratoriya

Svetoforni o‘z o‘zidan yopilib qolishi. Bunday xollarda stansiya navbatchisiboshqaruv qurilmasidagi uskunalarning ko‘rsatmasi bo‘yicha, qo‘shimcha tarzda strelka o‘tkazgichlarini to‘g‘ri o‘rnatilganligiga ishonch xosil qilishi va shundan so‘ng kirish svetoforini yangidan ochishi lozim.agar svetofor ochilsa undan kelgusida foydalanish ruxsat etiladi.agar o‘z o‘zidan yopilib qolgan svetofor qaytadan signal tugmasi bosilib marshrut to‘g‘ri o‘rnatilganligi tekshirib ko‘rilgandan keyin xam ochilmasa, u xolda nosozlik sabablari o‘rganilib u bartaraf etilmaguncha ushbu svetoforning ta’qiqlovchi belgisiga belgilangan tartib bo‘yicha poyezdlar stansiyaga qabul qilinishi lozim. Shu jumladan poyezdlarni svetoforning ta’qiqlovchi belgisiga kirish signalining qaytadan o‘z o‘zidan yopilib qolish xolatlarida xam qabul qilish mumkin (boshqaruv pultidagi nazorat uskunalarining ko‘rsatmasidan qat’iy nazar). Xuddi shu tamoil chiqish svetoforining o‘z o‘zidan yopilib qolish xolatlarida xam saqlanib qoladi. Bunda poyezdni avtoblokirovka tizimi bilan jixozlangan peregonga jo‘natish uchun svetofor qaytadan ochilganda marshrutni yopish va tekshirishdan tashqari, birinchi blok uchastkaning band emasligi xam tekshirib ko‘rilishi, bir yo‘lli peregonlarda xamda ikki tomonlama avtoblokirovka tizimi bilan jixozlangan ikki yo‘lli peregonlarda bundan tashqari peregonni qarama qarshi poyezdlardan xoli ekanligi xam tekshirib ko‘rilishi lozim. Chiqish svetoforini ikkinchi marta ochishni yoki chiqish svetoforini qaytadan yopib ochishni imkoni bo‘lmaganda, stansiya navbatchisi nosozlik bartaraf etilmaguncha va bu xaqida elektromexanik DU-46 jurnalida belgi qo‘ymaguncha poyezdlarni peregonga, chiqish svetoforining ta’qiqlovchi belgisiga belgilangan tartib bilan jo‘natishi lozim.
Kirish svetoforining o‘z o‘zidan yopilib qolish xolatlarida stansiya navbatchisi DU-46 jurnalining 3 grafasida quyidagicha yozib qo‘yishi lozim:
2106 raqamli poyezdni qabul qilishdan oldin “Ch”kirish svetofori o‘z o‘zidan yopilib qoldi. Signal tugmasi qaytadan bosilganda svetofor yaxshi ishlab ketdi. Stansiya navbatchisi Sobirov” yoki “2106 raqamli poyezdni qabul qilishdan oldin”Ch” svetofori o‘z o‘zidan yopilib qoldi. Signal tugmasi qaytadan bosilganda xam u ochilmadi. Stansiya navbatchisi Sobirov ” yoki “2106 raqamli poyezdni qabul qilishdan oldin “Ch”kirish svetofori o‘z o‘zidan yopilib qoldi. Signal tugmasi qaytadan bosilganda svetofor ochilib yana yopilib qoldi. Stansiya navbatchisi Sobirov”

Agar svetoforni o‘z o‘zidan yopilib qolish xolati poyezd ushbu svetoforga yaqinlashib qolgan paytda sodir bo‘lsayu, poyezd mashinisti buni kechroq sezib, lokomotivni kirish svetoforidan o‘tib to‘xtatishga ulgurgan bo‘lsa, u xolda poyezd stansiya yo‘liga stansiya navbatchisining radioaolqa bo‘yicha bergan buyrug‘i yoki yozma ruxsatnoma bilan kuzatuvchi nazorati ostida qabul qilinadi.


Yopilib qolgan kirish svetoforidan o‘tib ketgan poyezd mashinistiga undan kyingi xarakatlanishi uchun, avtoblokirovka tizimida radioaloqa yoki yashil rangdagi blankadagi yozma ruxsatnomaning 1 punkti to‘ldirilib qabul qilinsa, yarim avtoblokirovka tizimi bilan jixozlangan peregonga poyezd jo‘natishda yashil rangli blankadagi yozma ruxsatnomaning 1 punkti to‘ldirilib topshiriladi.



Download 58.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling