6 Laboratoriya ishi


Kirish, chiqish va marshrut svetoforlarini ochishning imkoniyatini yo‘qolishi


Download 58.69 Kb.
bet10/14
Sana08.05.2023
Hajmi58.69 Kb.
#1444045
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
6-lobaratoriya

Kirish, chiqish va marshrut svetoforlarini ochishning imkoniyatini yo‘qolishi. Xar qanday svetoforlarning ochilmay qolishida poyezdlarni svetoforlarning ta’qiqlovchi belgisiga qabul qilish yoki jo‘natishdan oldin, stansiya navbatchisi quyidagilarga ishonch xosil qilishi lozim:
qabul qilish yo‘li va aloxida uchastkalar, poyezdning yurish marshruti bo‘yicha xarakatdagi tarkibdan xoli ekanligiga;
marshrutga kiruvchi barcha strelka o‘tkazgichlari shu jumladan qo‘riqlanuvchi strelka o‘tkazgichlari xolatini nazorati mavjudligiga va ularni to‘g‘ri o‘rnatilganligiga;
bir biriga xalaqit beruvchi poyezd xamda manevr marshrutlari belgilanmaganligiga va oldin ishlatilgan marshrutlar ajratilganligiga;
boshqaruv pultidan jezl kaliti olinmaganligiga va agar u olingan bo‘lsa xam o‘z joyiga to‘g‘ri joylashtirilganligiga;
stansiya oralig‘ida joylashgan pereyezdda chegaralovchi svetofor yoki tarkibni markazlashtirilgan chegaralash signali yoqilmaganligiga;
Agar chiqish svetofori ochilmayotgan bo‘lsa, stansiya navbatchisi avtoblokirovka tizimida jo‘natilayotgan poyezdning yo‘nalishiga blokirovka signali mos tushishi va birinchi blok uchastka bo‘shligiga, yarim avtoblokirovka tizimida esa kelish blokirovka signali olinganligiga xamda bir yo‘lli peregonlarda esa rozilik blok signali olinganligiga ishonch xosil qilishi lozim. agar signal dastagi buralganda svetoforning qizil rangidagi nazorat chirog‘i o‘chsayu yashil chiroq yonmasa u xolda signal ochilganu, lekin boshqaruv pultidagi yashil chiroqning nazorat lampochkasi kuygan bo‘lishi mumkin. Lokomotiv mashinisti yoki boshqa xodimlarning xabarlari orqali svetoforning ochilganligiga ishonch xosil qilgan stansiya navbatchisi poyezdlarni belgilangan tartib bo‘yicha qabul qilib jo‘natishni davom ettiradi va kuygan lampochkani almashtirib berishi uchun elektromexanikni chaqirtiradi.
Agar poyezdni to‘xtatmasdan o‘tkazib yuborish uchun kirish svetoforining ruxsat etuvchi chirog‘i yonmayotgan bo‘lsa, u xolda bu svetofordagi yashil lampochkaning kuyib qolganligi oqibatida emasligini tekshirib ko‘rish tavsiya etiladi. Buning uchun kirish svetofori o‘chiriladi va sariq chiroqni yoqib ko‘riladi. Agar svetoforning sariq chirog‘i yonsa, demak yashil lampochka kuygan bo‘ladi va uni almashtirilguncha poyezdlarni stansiyaga sariq chiroq bo‘yicha qabul qilib turiladi. Bunday xolatlarda chiqish svetofori kirib kelgan poyezd kirish svetoforidan o‘tishi bilan ochilishi lozim.qizil chiroqning kuyib qolishini nazorati boshqaruv pultida mavjud. Agar svetoforning qizil chirog‘i kuyib qolgan bo‘lsa, usvetoforning boshqa ruxsat etuvchi ko‘rsatgichlarini ochilishiga xalaqit bermaydi.
Agar oldingi marshrutni tayyorlashda oxirgi tugma vaqtidan ziyod ushlab qolingan bo‘lsa, u xolda marshrut releli markazlashtiruv tizimidagi svetofor ochilmaydi. Marshrutni bekor qilish tugmasi bosilgandan so‘ng bu lampochka o‘chadi va marshrutni boshqatdan berish mumkin bo‘ladi. agar marshrutga kiruvchi strelka o‘tkazgichlarining birontasining dastagidagi xolat, marshrutdagi strelka o‘tkazgichlari xolatiga mos tushmasa strelka o‘tkazgichlarini marshrutlash yo‘li bilan ochishning iloji bo‘lmaydi.
Markazlashtirilgan marshrutlash bo‘yicha signal ochilmasa, u xolda aloxida strelka dastaklari yordamida marshrut tayyorlab ko‘rish lozim. Marshrutdagi strelka o‘tkazgichlarini to‘g‘ri belgilanganligini chiroqli ko‘rsatgich tugmasini bosib tekshirib ko‘rish lozim va shundan so‘ng mazkur signalning yordamchi tugmasini bosish kerak. MRS tizimida bu tugmalar aloxida doskada plombalangan xolda saqlanadi va shuning uchun plombalarni olinganligi xaqida DU-46 jurnalida belgi qo‘yilishi lozim.
Nazorat qurilmalari bo‘yicha svetoforlarni ochilishiga xalaqit beradigan to‘siqlar yo‘qligiga va marshrut to‘g‘ri tayyorlanganligiga ishonch xosil qilgan stansiya navbatchisi DU-46 jurnalining 3 grafasida quyidagicha belgi qo‘yadi:

N-1 svetofori marshrut to‘g‘ri belgilangan bo‘la turib ochilmay qoldi. Stansiya navbatchisi Abdullayev”


Elektromexanik kelganidan so‘ng u bilan birgalikda nazorat qurilmalari orqali marshrutni to‘g‘ri belgilanganligini qaytadan tekshirib ko‘rish lozim.


Svetoforning nosozligida yoki uni SMB qurilmalari elementlarining nosozligi oqibatida ochilmasligida, nosozlik bartaraf etilmaguncha va bu xaqida DU 46 jurnalining 12 grafasida belgi qo‘yilmaguncha poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish ushbu svetoforning ta’qiqlovchi belgisiga amalga oshiriladi. Nosozlik bartaraf etilganligi to‘g‘risida quyidagicha belgi qo‘yiladi:

N-1 svetofori kabelni shikastlanishi oqibatida ruxsat etuvchi belgiga o‘zgarmayotgan edi. Kabel ta’mirlandi. Svetofor faoliyati tekshirib ko‘rildi va u yaxshi ishlayapdi. ShN Zokirov, Stansiya navbatchisi Abdullayev”.


Avtoblokirovka tizimidagi peregonlarni chegaralovchi stansiyalarda, stansiya SMB qurilmalarining nosozligi oqibatidapoyezdlarni jo‘natish uchun chiqish svetofori ochilmay qolsa, blokirovka signalini yopilib qolishi va telefon aloqa vositalari tizimiga o‘tishni oldini olish maqsadida, chiqish svetoforlarini ochish uchun “Jo‘natish marshrutidagi aloxida uchastkalarning strelka o‘tkazgichlarini bo‘shligini nazoratini o‘chirish ” yordamchi tugmasidan foydalaniladi.


Stansiya navbatchisi boshqaruv pultida va strelka o‘tkazgichi postida qo‘shimcha yordamchi tugmalar mavjud. Ushbu qurilmalar yordamida stansiya navbatchisi poyezdni jo‘natish marshrutiga kiruvchi, aloxida strelkali uchastkaning aldamchi ko‘rsatmasi paydo bo‘lganda, strelka posti navbatchisi orqali uni aslida bo‘shligiga ishonch xosil qilgach, chiqish svetoforini ochishi mumkin bo‘ladi.
Barcha yordamchi tugmalar plombalangan bo‘ladi va ulardan plombalarni yechish xaqida DU-46 jurnalida belgi qo‘yilishi lozim.

Download 58.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling