6 Laboratoriya ishi


Strelka o‘tkazgichi xolati nazoratining yo‘qolib qolishi va uning yorilishi


Download 58.69 Kb.
bet7/14
Sana08.05.2023
Hajmi58.69 Kb.
#1444045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
6-lobaratoriya

Strelka o‘tkazgichi xolati nazoratining yo‘qolib qolishi va uning yorilishi. Strelka o‘tkazgichi xolati nazoratining yo‘qolishi va strelkaning yorilishi nosozliklari bilan bog‘liq alomatlar bir xil bo‘lib, xar ikki xolatda xam stansiya navbatchisi boshqaruv pultida “Strelka yorilishi” degan yozuvli qizil chirog‘i yonib qolib uning xolati nazorati yo‘qoladi va strelka yorilishi qo‘ng‘irog‘i chalinadi va u tugmani bosib to‘xtatiladi.
Strelkaning yorilishi, xarakatdagi tarkibning xarakat marshrutini strelkasi xolatiga mos kelmasligida sodir bo‘ladi. Bunda poyezd yo‘nalishi bo‘yicha g‘ildirak juftliklari bandaj grebeni, rema relsiga yopishgan ostryak orasidan o‘tadi.
Bundan tashqari strelka yorilishi, ya’ni ostryakning rama relsiga yaxshi yopishmasligida, g‘ildirak juftliklari bandaj grebeni ostryakka kirayotganda rama relsi bilan ostryak orasiga tushib qoladi va strelka o‘tkazgichining yorilishi sodir bo‘ladi.
Elekto qo‘zg‘atgichli strelka o‘tkazgichida strelka yorilishida detallarning sinishi ro‘y beradi.
Elektrqo‘zg‘atgichli SPV da esa yopishgan ostryak xam xarkatga keladi, yorilish ulagichi ajraladi, saqlagichlar kuyib strelka nazorati yo‘qoladi.
Ostryak xamda birinchi ulash toruvi, o‘z shaklini yo‘qotadi, ostryak rama relsidan qolib ketadi. Agar yorilgan strelka o‘tkazgichi kirgan marshrut svetoforlari ochiq bo‘lsa, shu ular ta’qiqlovchi belgiga o‘zgaradi.
Strelka yorilishi SMB qurilmalaridagi nosozliklar oqibatida xam yuzaga kelishi mumkin. (avtomat yoqib o‘chirgich elektr zanjiri va boshqalar.) Xar ikki xolatda xam bunday strelkadan, ular tekshirib sozlanmaguncha poyezdlarni o‘tkazish man etiladi.
Strelka o‘tkazgichi xolati nazoratining yo‘qolishida xech qanday tashqi sabablarni topmagan stansiya navbatchisi DU-46 jurnalining 3- grafasiga quyidagicha belgi qo‘yadi:
19 raqamli strelka o‘tkazgichi musbat xolat nazoratini ko‘rsatayapdi. Stansiya navbatchisi Abdullayev”.
Bu xolatda elektromexanikning DU-46 jurnalining 12-grafasidagi belgisi quyidagicha:
19 strelka o‘tkazgichi avtomat ravishda yoqib o‘chirgichida kontaktning ishdan chiqishi oqibatida musbat xolat nazorati ko‘rsatilmayotgan edi. Strelka o‘tkazgichi tekshirildi. Kontakt tozalab tashlandi ShN Tojiyev. Stansiya navbatchisi Abdullayev”.

Agar boshqaruv pultidan nazorati yo‘qolgan strelka o‘tkazgichi u tekshirib ko‘rilgandan keyin u ishlab ketsa, uning ishchi ostryagi rama relsiga yaxshi yopishib turgan bo‘lsa, u xolda elektromexanik va yo‘l xodimi kelguncha undan poyezdni o‘tkazishga ruxsat beriladi.


Marshrutdagi strelkalarni o‘rnatilishi joyida tekshirib ko‘rilishi lozim, bundan tashqari strelka o‘tkazgichi osma qulf bilan maxkamlangan bo‘lishi lozim. elektro‘tkazgichda esa kontakt bloki yoqilib, kurbel tirgaki pastga tushirib qo‘yilishi lozim. xarakat marshrutiga kiruvchi bunday strelkalardan o‘tuvchi poyezdlar nosozlik bartaraf etilmaguncha kirish va chiqish svetoforning ta’qiqlovchi belgilariga xarakatlanishi mumkin.
Agar strelka o‘tkazgichi nazorati bir xolat uchun yo‘qolgan bo‘lsa, u xolda poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish, marshrutdagi signallarning ruxsat etuvchi belgisi bo‘yicha, ya’ni boshqaruv pultidagi nazorati saqlanib qolgan marshrut signallari bo‘yicha bajariladi.
Agar strelka o‘tkazgichi xaqiqatdan xam yorilgan bo‘lsa, u xolda stansiya navbatchisi dU-46 jurnalining 3-grafasida quyidagicha belgi qo‘yiladi:

36 raqamli strelka o‘tkazgichi manevr ishlari o‘tkazish vaqtida yorilgan. Stansiya navbatchisi Ortiqov”.


Elektromexanik va yo‘l xizmati xodimi kelib yorilgan strelka o‘tkazgichini tekshirib uni ta’mirlamaguncha, xarakatdagi tarkibni undan o‘tkazish man etiladi. Agar strelka o‘tkazgichida yorilish sodir bo‘lganda yo‘l xizmati xodimi yo‘q bo‘lsa, stansiya navbatchisi poyezdlarni yorilgan strelkada to‘xtatgandan so‘ng mashinist bilan birgalikda uni ko‘zdan kechirib, agar tarkibni izdan chiqib ketish extimoli bo‘lmasa, poyezdni yo‘nalish bo‘yicha xarakatlantirish va strelkani bo‘shatib qo‘yish mumkin bo‘ladi. Yorilgan strelkada yo‘nalishga qarshi xarakat ta’qiqlanadi. Strelkadan foydalanish, yo‘l ustasi, yo‘l xizmati brigadirining DU-46 jurnalining 12- grafasiga, strelka o‘tkazgichining ta’mirlanganligi va undan foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi yozuvi va elektromexanikning SMB qurilmalarining nosozligi bartaraf etilganligi xamda strelka o‘tkazgichlari markazlashtirilgan tizimga ulanganligi xaqidagi yozuvidan so‘ng yo‘lga qo‘yiladi.


Ayrim xolatlarda strelka o‘tkazgichi ostryaki maxkamlab qo‘yilganligi xaqida yo‘l xizmati ustasining DU-46 jurnalining 12 grafasida belgisi bo‘lsa, elektromexanik kelib markazlashtirilgan strelka o‘tkazgichlarini ko‘zdan kechirmaguncha bu strelkalardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

36 raqamli strelka o‘tkazgichi ostryaklari 38 raqamli strelka o‘tkazgichi yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘irlab qo‘yilgan. Xarakatni tashkil etishga ruxsat beraman. PDB Tojiyev. Stansiya navbatchisi Po‘latov”.


Poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish marshrutlarida ushbu strelka o‘tkazgichlari xolatini stansiya navbatchisi tekshirib turadi. Strelka o‘tkazgichi osma qulf bilan maxkamlab qo‘yilishi lozim. Ba’zi xolatlarda xarakatdagi tarkib tomonidan kesib ketilgan markazlashtirilgan strelka o‘tkazgichlari xolatini, boshqaruv pultidagi nazoratini saqlanish xolatlari xam bo‘lishi mumkin.


Bunday strelka o‘tkazgichlaridan poyezdlar va manevr tarkiblarni o‘tkazishda ogoxlantirish maqsadida quyidagicha tartib belgilangan bo‘lib, unda markazlashtirilgan strelkalardan vagonlarni o‘z o‘zidan ketib qolishi yoki svetoforlarning ta’qiqlovchi belgisiga poyezdlarni o‘tib ketishida, stansiya navbatchisi band bo‘lgan strelka o‘tkazgichlari bo‘shagandan so‘ng va boshqaruv pultida aloxida uchastkalarning bo‘shligini nazorati tiklangandan so‘ng , aloxida uchastka tarkibiga kiruvchi strelka yo‘nalishlari ishining to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishi lozim. Bunday tekshiruv boqaruv pultidan turib strelka o‘tkazgichlarini ikki uch martalab o‘tkazib ko‘rish va ishlashini ularni xolatini nazorat qiluvchi uskunalarni to‘g‘ri ishlayotganini kuzatish orqali amalga oshiriladi.
Poyezdlarni qabul qilish yoki jo‘natishdan oldin ushbu strelka o‘tkazgichlarida manevr xarakatlari bajarilgan bo‘lsa, u xolda strelka o‘tkazgichlarining xolati tekshirib ko‘rilishi lozim.

Download 58.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling