6 Laboratoriya ishi


Download 58.69 Kb.
bet3/14
Sana08.05.2023
Hajmi58.69 Kb.
#1444045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-lobaratoriya

Chorlov signali tugmasi. Bu tugma yordamida chorlov signali yoqiladi.bu signal stansiyaga kelayotgan, stansiyadan jo‘natilayotgan poyezdlarni kirishi yoki chiqishi xamda marshrut svetoforlarining ta’qiqlovchi belgisidan keyingi svetoforgacha xarakatlanishi uchun lokomotiv mashinistiga soatiga 20 kilometr tezlik bilan , yo‘lda uchraydigan to‘siqlarda darxol to‘xtashi mumkinligini xisobga olib o‘ta extiyotkorlik bilan xarakatlanishi uchun beriladi.
Yordamchi rejim tugmasi. Bu tugma ikki tomonlama avtoblokirovka tizimi bilan jixozlangan peregonlarda, avtoblokirovka yo‘nalishini o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi.avtoblokirovka yo‘nalishini o‘zgartirish shuni bildiradiki, bir yo‘nalishdagi o‘tish svetoforlarining ruxsat etuvchi belgisi yonib turgan bo‘lsa, u o‘chadi va qarama-qarshi yo‘nalishdagi svetoforning ruxsat etuvchi belgisi xolatiga o‘tadi. Bu ish stansiya navbatchisi tomonidan boshqaruv pultidagi tugmani bosish orqali amalga oshiriladi. Bu vaqtda peregon poyezdlardan xoli bo‘lishi va qo‘shni stansiyada bu peregonga poyezdlar jo‘natish marshruti belgilanmagan bo‘lishi lozim.
Agari peregon bo‘sh bo‘la turib, nazorat uskunalari peregonning bandligini ko‘rsatayotgan bo‘lsa va shu vaqtda xarakat yo‘nalishini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, bunday ishlarni yordamchi rejim tugmalari yordamida amalga oshirish mumkin bo‘lib, bunday jarayon peregonni chegaralab turgan stansiyalar navbatchilari tomonidan, dispetcherning buyrug‘i bo‘yicha bajarilishi mumkin. Bu xolatda poyezd dispetcheri xar ikki peregonni chegaralab turgan stansiya navbatchilari bilan peregonni bo‘shligi xaqida gaplashib oladi va uni poyezdlardan xoli ekanligiga ishonch xosil qiladi.
Yarimavtoblokirovka tizimida kirish blokirovka signalini berish tugmasi. Xar qanday yarimavtoblokirovka tizimida poyezdlarni kelishini nazorat qiluvchi qurilma mavjud.bu qurilma asosan stansiyaga keluvchi poyezdning svetoforning ruxsat etuvchi belgisidan o‘tgandan keyin avtomatik ravishda xarakatga keladi. Bunday avtomatik ravishda xarakatga kelish, biror bir sababga ko‘ra poyezdlarni qabul qilishda sodir bo‘lmasa, u xolda blokirovka signalining belgilangan tartibda uzatib bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday xollarda kelish signali yordamchi tugmasi orqali, elektromexanik blokirovkada esa pedal ajratkichini sun’iy ravishda ishlatilishi orqaliamalga oshiriladi. Kelish blokirovka signalini sun’iy ravishda berish faqatgina poyezd dispetcherining xar ikki stansiya navbatchilariga bergan ruxsati bo‘yicha bajariladi. Bu jarayonni uch xodim ishtirokida bajarilishi blokirovka signalini noto‘g‘ri berilishini oldini oladi.
Bu tugmadan foydalanish, faqatgina poyezdlarni stansiyaga kelishini nazorat qilish qurilmalari nosozligidagina emas, balki stansiyaga poyezdni svetoforning ta’qiqlovchi belgisiga qabul qilishda xam qo‘llaniladi. Chunki svetoforning ta’qiqlovchi signalida bu qurilmalar ishlamaydi va poyezd dispetcheridan yordamchi tugmadan foydalanish uchun ruxsat olish xam kerak.

Download 58.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling