Marshrut nazorat qurilmasi tizimiga ulangan, markazlashtirilgan strelka o‘tkazgichlaridagi nazorat qulflari nosozligi. Ushbu xolat, qulfni ochish yoki yopishning imkoni bo‘lmaganda yuzaga keladi. Stansiya navbatchisi strelka posti navbatchisi orqali poyezdni qabul qilish yoki jo‘natish marshrutini tayyorlashda xech qanday xatoliklar bo‘lmaganiga va strelka o‘tkazgichini ochish yoki yopish uchun olingan nazorat qulf kaliti strelka o‘tkazgichi xolatiga mosligiga ishonch xosil qilgach DU-46 jurnalining 3 grafasida belgi qo‘yadi va elektromexanikni chaqirtiradi. Elektromexanik kelguncha stansiya navbatchisi yo‘l xizmati xodimiga nazorat qulfni yechishga ko‘rsatma berishi mumkin.nazorat qulfini yechishga talabnoma va bu jarayonni bajarish DU-46 jurnalining 3 grafasida rasmiylashtiiladi:
“PD Po‘latovga. 8 raqamli strelka o‘tkazgichidagi nosozlik sababli undan qulfni yechib oling. Kalitni 4 raqamli strelka posti katta navbatchisiga topshiring. Stansiya navbatchisi Fozilov”.
“8 raqamli strelka o‘tkazgichi nazorat qulflari yechib olindi va 4 raqamli strelka posti katta navbatchisiga topshirildi. PD Po‘latov”.
Bu kabi jarayon bajarilganda ushbu strelka o‘tkazgichi qurilmasi iniga “O‘chirilgan” deb yozilgan qizil taxtacha tiqib qo‘yiladi va nazorat qulfi kaliti strelka posti katta navbatchisiga topshiriladi.
Poyezdlarni jo‘natish va qabul qilish marshrutiga kiruvchi bunday strelka o‘tkazgichlari osma qulf bilan berkitiladi va poyezdlarni bunday xolatlarda kirish yoki chiqish svetoforining ta’qiqlovchi belgisiga qabul qilinadi yoki jo‘natiladi. Marshrutni yoqish va signalni ochishni ta’minlash uchun strelka posti katta navbatchisi stansiya navbatchisiga marshrutni tayyorligi va nazorat qulflari yechilgan strelka o‘tkazgichlari osma qulf bilan berkitilganligi to‘g‘risidagi xabaridan so‘ngstansiya navbatchisining ko‘rsatmasi bilan ushbu nazorat qulfidan yechilgan kalitni apparatga joylaydi. “O‘chirilgan”deb yozilgan qizil taxtacha esa kalitga osib qo‘yiladi. Ushbu xolat SMB qurilmalari elektromexanigi kelib nosozlikni bartaraf etib bu xaqida DU-46 jurnalida belgi qo‘ymaguncha davom etadi.
Agar ushbu strelka o‘tkazgichi kiruvchi nazorat qulfi yo‘qolgan yoki singan bo‘lsa, u xolda nosozlik bartaraf etilmaguncha marshrutni tayyorlash va signallarni ochishning imkoni bo‘lmaydi. Stansiya navbatchisining ko‘rsatmasi bo‘yicha yo‘l xizmati xodimi tomonidan nazorat qulfi yechilib, strelka o‘tkazgichini osma qulf bilan yopib, strelka posti katta navbatchisining stansiya navbatchisiga marshrutlarni tayyorligi xaqidagi xabari uzatilgandan so‘ng stansiya navbatchisi poyezdlarni svetoforning ta’qiqlovchi belgisiga qabul qilishi yoki jo‘natishi mumkin bo‘ladi. Kaliti yo‘qolgan strelka o‘tkazgichi apparatiga “O‘chirilgan”deb yozilgan qizil taxtacha solib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |