6 Laboratoriya ishi


Strelka uchastkasi yoki yo‘lning bo‘shligini aldamchi nazorati


Download 58.69 Kb.
bet6/14
Sana08.05.2023
Hajmi58.69 Kb.
#1444045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-lobaratoriya

Strelka uchastkasi yoki yo‘lning bo‘shligini aldamchi nazorati. Agar stansiya navbatchisi yo‘l yoki strelka seksiyasining bandligida nazorat uskunalarida uning aksini, ya’ni bo‘shligini ko‘rsatsa, u xolda darxol DU-46 jurnalida bu xaqida yozib qo‘yishi va elektromexanik yoki yo‘l ustasini chaqirishi lozim. Masalan:
16-20 strelka uchastkasi aldamchi bandlikni ko‘rsatayapdi. Stansiya navbatchisi Karimov.”
Bunday xollarda stansiya navbatchisi nosozlik bartaraf etilmaguncha marshrutlarni belgilash va aldamchi bo‘shlik ko‘rsatayotgan uchastkalarga poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish uchun kerakli signallarni ochishdan oldin o‘zi yoki qo‘l ostidagi xodimlar orqali yo‘l yoki strelka seksiyalarini poyezdlardan xoli ekanligiga ishonch xosil qilishi lozim. agar mavjud bo‘lsa, qo‘shni gabaritsiz aloxida uchastkalarni xam bo‘shligini tekshirib ko‘rishi lozim.
Bunday uchastka va yo‘llarga poyezdlarni qabul qilish va jo‘natishni ogoxlantirish, ularni bo‘shligini tekshirib o‘tirmasdan, chegaralovchi strelkalarni qo‘riqlash xolatiga keltirib, strelka tugma va dastaklariga qizil qalpoqchalar kiydirib qo‘yilgandan so‘ng mumkin bo‘ladi.
Yo‘llarning va strelka o‘tkazgichlarning aldamchi ko‘rsatgichlariga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
SMB qurilmalarining nosozligi;
yo‘l va strelka uchastkalarining begona narsalarni tushib qolishi oqibatida ifloslanishi;
relslarning zang tortib qolishi;
yo‘l va strelka uchastkalarining qishki vaqtda qor va muz bilan to‘lib qolishi;
lomokomotiv yoki vagon g‘ildirak juftliklaridagi yopishib qolgan plyonka yoki bitumning xajmining oshib ketishi va boshqalar.
Bunday xolatlarni oldini olish uchun quyidagilarga rioya qilish lozim:
relslarning ifloslanishiga olib keladigan ishlar, stansiya navbatchisining DU-46 jurnalida oldindan qilingan yozuvlar va ularning roziligi olingandan so‘ngina bajarilishi lozim. bunday ishlar tugatilgandan so‘ng relslar tozalab tashlanishi va bu ishlarga raxbarlik qiluvchi xodimning jurnalda bu xaqida yozuvi yoziladi.
Sochiluvchan yuklarni ortish va tushirishda yo‘l va aloxida uchastkalar stansiya navbatchisi talabnomasi bilan markaziy signallardan foydalanishni saqlamay uzib qo‘yiladi.
Markazga esa uchastkalar relslar tozalanib, elektromexanik tomonidan shuntirlashning ishonchliligi tekshirib ko‘rilgandan so‘nggina ulanadi.
Stansiya navbatchisining talabnomasi bilan bir sutkadan ortiq turuvchi vagonlar bilan band bo‘lgan yo‘l va uchastkalar markazdan signallardan foydalanish saqlanmay o‘chirib qo‘yiladi.
Qalin qor yoqqan vaqtda va yo‘llarning muzlashida stansiya navbatchisi nazorat uskunalarining ko‘rsatkichlaridan qat’iy nazar yo‘llarni aloxida vagonlar, lokomotivlar va drezinalar bilan bandligi xisobini yuritishi tavsiya etiladi.
Ish xajmi ko‘p bo‘lmagan stansiyalarda relslardagi zangni yo‘qotish uchun undan tez tez poyezd o‘tkazib turilishi lozim. Shlak, bitum va mazut bilan ifloslangan rels boshlari o‘z vaqtida tozalab turilishi lozim.

Download 58.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling