6 Laboratoriya ishi


SMB qurilmasidagi yordamchi uskunalar


Download 58.69 Kb.
bet2/14
Sana08.05.2023
Hajmi58.69 Kb.
#1444045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-lobaratoriya

3. SMB qurilmasidagi yordamchi uskunalar.
SMB qurilmalarining ishlash sharoiti buzilganda, stansiya navbatchisi SMB qurilmasida mavjud bo‘lgan yordamchi qurilmalardan, poyezdlar va stansiya ichidagi xarakatdagi tarkiblar xarakati xavfsizligini ta’minlovchi va bunday xolatlar uchun belgilangan talablarni saqlagan xolda foydalanish mumkin.
Markazlashtirilgan strelka o‘tkazgichlarini yordamchi tugmalari stansiya navbatchisiga stansiya strelka o‘tkazgichlarining noto‘g‘ri ko‘rsatmalarida, ya’ni strelka o‘tkazgichining boshqa bir xarakatdagi tarkib tomonidan band bo‘la turib, uni bo‘shligini ko‘rsatganda boshqaruv pultidan strelka o‘tkazgichlarini boshqarishda xizmat qiladi.
Markazlashtirilgan strelka o‘tkazgichlarini o‘tkazish uchun yordamchi tugmalarni bosish bilan bir vaqtda strelka o‘tkazgichi tugmasini xam ulash lozim. yordamchi tugma bosilganda, markazlashtirilgan elektr qurilmalari band bo‘lgan yo‘lga strelka o‘tkazilishini oldini oladi va bu xolatda stansiya navbatchisi xar gal yordamchi tugma yordamida strelkalarni o‘tkazganda, stansiya navbatchisi o‘zi yoki boshqa xodimlar yordamida mazkur strelkaning bo‘shligiga ishonch xosil qilishi zarur.
Agar aloxida uchastkaning boshqa strelka o‘tkazgichlarida xarakatdagi tarkiblar bor bo‘lsa, stansiya navbatchisi yordamchi tugmalarni bosishda xarakatdagi tarkibni o‘tkazilayotgan strelkaga chiqib ketmasligi oldini olishi lozim. Buning uchun stansiya navbatchisi o‘tkazilayotgan strelka zonasidagi manevr lokomotivi mashinistiga xamda manevr ishlari raxbariga bu strelka yo‘nalishi bo‘yicha xarakatni ta’qiqlaydi va uning buyrug‘ini to‘g‘ri qabul qilinganligini tekshiradi.
Marshrutlarni bekor qilish va sun’iy ajratish yordamchi tugmalari. SMB qurilmalarining bir maromda ishlashida va uchastkalarni ajratishda marshrutlarda mazkur uchastkalarni qabul qilinayotgan yoki jo‘natilayotgan poyezdlar bilan band qilish yoki bo‘shatish ketma-ketligiga qarab avtomat ravishda ro‘y beradi. Agar qandaydir sabab bilan bu ketma-ketlik buzilsa, ya’ni poyezd o‘tib ketgandan so‘ng tabloda aloxida uchastka bandligi saqlanib qolsa yoki strelka o‘tkazgichlari xolatini nazorati yo‘qolsa, u xolda marshrutning nosozlik aniqlangan joyidan marshrut oxirigacha bo‘lgan qismi ajratib qo‘yiladi va tabloda oq chiziq qoladi.
Stansiya navbatchisi marshrutni sun’iy ajratish uchun, yordamchi tugmalar taxtasidagi plombani buzib, marshrutning barcha uchastkalarida yoqilib qolgan sun’iy ajratish tugmasini bosib tushiradi.
Tugma bosilgan vaqtdan boshlab oq rangda yonib turgan chiziqlar yonib o‘chishni boshlaydi va u bilan bir vaqtda boshqaruv pultida qizil chiroq yonib o‘cha boshlaydi. Bunday chiroqlarda “sun’iy ajratish”degan yozuv bo‘ladi.tablodagi yonib o‘chuvchi oq chiziqlarni ko‘rsatgichi bo‘yicha uchastkalar sun’iy ajratish tugmasi bosilganiga ishonch xosil qilgan stansiya navbatchisisun’iy ajratish tugmasini bosib qo‘yib yuboradi va bunda barcha tugmasi bosilgan uchastkalar ajraladi.
Katta stansiyalarda marshrutni ajratishni ikki xodim amalga oshiradi: stansiya navbatchisi boshqaruv pultidan turib poyezdlarning yo‘nalishi bo‘yicha, uchastkalar ketma-ketligi bo‘yicha. Qaysi tugmalarni bosish kerakligini aytib turadi, operator yoki stansiyadagi ikkinchi navbatchi tomonidan plombalar ochilib tugmalar bosiladi. Shunga e’tibor berish kerakki, agar qaysidir marshrut uchastkasi tugmasi bosilmagan bo‘lsa, u xolda uni birinchi marshrut ajratish tugagandan so‘ng aloxida ajratish lozim. Agar marshrut tayyorlash vaqtida kaysidir boshqa marshrutga kiruvchi seksiya tugmasi bexosdan bosilib ketsa, u xolda bu marshrut svetofori agar ochiq bo‘lsa darxol yopilib qoladi.
Marshrut uchastkalari ajratilgandan so‘ng “sun’iy ajratish” chirog‘i xam o‘chadi. Agarda qaysidir ajratilgan uchastkada nosozlik bo‘lsa unda tabloda qizil chiroqlar yonib qoladi. Ushbu uchastka tugmasi bosilgandan so‘ng oq chiroqlar yonib o‘cha boshlaydi va ajralgandan so‘ng o‘chadi, qizil chiroq esa yonib turaveradi.
Poyezd marshruti, sun’iy ajratishning saqlanish muddati 3-4 daqiqa, manevr marshrutiniki esa 1 daqiqa. Bu vaqt orasida shu marshrutga kiruvchi strelkalar o‘zining birinchi xolatini saqlab turadi va ularni xolatini o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Marshrutni saqlash vaqti shuning uchun kerakki, agar biror sababga ko‘ra birinchi belgilangan marshrut ishlatilmasa va uni bekor qilishkerak bo‘lsa, marshrutni bekor qilish tugmasini va marshrutni boshlanish tugmasini bosish kerak bo‘ladi. Bunday xolatlar uchun vaqtning uch bosqichi mavjud.
Bo‘sh uchastkada poyezd yoki manevr marshruti 5-6 soat ichida bekor qilinishi mumkin.
Band bo‘lgan uchastkada poyezd marshrutini bekor qilish 3 daqiqa.
Manevr marshrutini bekor qilish 1 daqiqa.

Download 58.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling