6 Laboratoriya ishi


Jo‘natish marshrutlaridagi aloxida strelka o‘tkazgichli uchastkalarning bo‘shligini nazorat qilishni bekor qilish yordamchi tugmasi


Download 58.69 Kb.
bet4/14
Sana08.05.2023
Hajmi58.69 Kb.
#1444045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-lobaratoriya

Jo‘natish marshrutlaridagi aloxida strelka o‘tkazgichli uchastkalarning bo‘shligini nazorat qilishni bekor qilish yordamchi tugmasi. Bu tugma to‘g‘ri belgilangan marshrutda va yo‘l blokirovka xarakati to‘g‘ri bo‘la turib, chiqish svetofori oldida joylashgan aloxida uchastka svetoforini ochishni imkoni bo‘lmaganda, yarimavtoblokirovka tizimidagi peregonga poyezd jo‘natish uchun chiqish svetoforini ochishda ishlatiladi. Stansiya navbatchisi dispetcherning ruxsati bilan ushbu aloxida uchastkaning band emasligini aniqlagandan keyingina bu tugmani bosadi. Poyezd jo‘natilgandan keyin chiqish svetofori yopiladi. Stansiya navbatchisi signal tugmasini o‘ziga tortadi va tugma oldingi xolatiga qaytariladi. Bundan tashqari tu tugma jo‘natilayotgan poyezdning boshi chiqish svetoforidan tashqarida bo‘lgan xollarda xam svetoforni ochish uchun ishlatiladi.
Yarimavtoblokirovka tizimidagi barcha stansiyalarda ushbu tugmalar chiqish svetoforini belgilangan tartibda ochishning imkoni bo‘lmaganda yarimavtoblokirovka tizimini o‘chirishni ta’minlaydi.


4. Stansiyalardagi SMB qurilmalarining ishlash sharoitlarini buzilishining asosiy turlari.


Yo‘lning aldamchi bandligi nazorati. Bu nosozlik shundan iboratki, yo‘l aslida xarakatdagi tarkibdan xoli bo‘la turib, stansiya navbatchisi boshqaruv pultida bu yo‘lning bandligi ko‘rsatiladi. Yo‘lning aldamchi bandligida, yo‘l xaqiqatda bandligidagi kabi kirish signalini shu yo‘l uchun ochishning imkoni bo‘lmaydi.
Ushbu nosozlikning kelib chiqish sabablariga kabellar, yo‘l relelari va rels janjirining nosozliklari, rels ulagichlarining yo‘qligi, ya’ni relsdan tok o‘tmasligi, ajratuvchi ulanmalarning nosozligi va SMB qurilmalaridagi boshqa nosozliklar kabi xolatlar kiradi. Bulardan tashqari yo‘llarning nosozligi, ya’ni ballast qatlami orqali elektr tokining oqib ketishi, elektrta’minot qurilmalarining to‘xtatilishi, qurilmalardagi va kontakt tarmog‘idagi yerga tutashtirgichlarning nosozligi xamda rels zanjirining begona tok manbai bilan to‘ydirilishi kabi xolatlar xam ushbu nosozlikni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi
Yo‘lning aldamchi bandligi temir yo‘l relsi zanjiriga biror bir begona metall bo‘lagining tushib qolishi oqibatida xam sodir bo‘lishi mumkin, ya’ni temir ikki qarama-qarshi relslarga tegib qolsa yoki ajratuvchi ulanmani berkitib qo‘ysa va boshqalar.
Stansiya navbatchisi yo‘l bo‘sh bo‘la turib tabloda uning bandligini aniqlasa, u xolda darxol DU-46 jurnalida bu xaqida belgilab qo‘yadi.Masalan:

3-yo‘l aldamchi bandlikni ko‘rsatayapdi. Stansiya navbatchisi Karimov”


Ushbu yozuvdan keyin poyezdni stansiyaga qabul qilishda oldin shu yo‘lning bo‘shligini stansiya dalolatnomasi bo‘yicha tekshirib ko‘rib ishonch xosil qilish lozim. Bu xolat aloxida uchastkaning tekis ishlayotgani va elektromexanik aldamchi bandlik ko‘rsatmasi sozlangani to‘g‘risidagi DU-46 jurnalining 12 grafasida tasiqlamaguncha davom etadi.
Masalan:
3- yo‘l drosseli ajratgichining uzilishi tufayli aldamchi bandlikni ko‘rsatayotgan ekan. Ajratgich almashtirildi. Uchastka tekshirildi va u tekis ishlayapdi. ShN Valiyev T. Stansiya navbatchisi Karimov B .”
Agar jurnalda aldamchi ko‘rsatgichlar to‘g‘risida yozib qo‘yilgandan so‘ng tabloda o‘z-o‘zidan yo‘lning band emasligi nomoyon bo‘lsa, u xolda stansiya navbatchisi bunga ishonib ish ko‘rishi mumkin emas. Elektromexanik kelib jurnalga kerakli yozuvlarni kiritmaguncha stansiya navbatchisi yo‘lning bo‘shligiga ishonch xosil qilib bu yo‘lga poyezdlarni svetoforning ta’qiqlovchi belgisiga qabul qilishi lozim.
Stansiya navbatchisi poyezdlarni doimiy sharoit bo‘yicha yangidan qabul qilishni, faqatgina elektromexanik kelguncha o‘zi yoki qo‘l ostidagi xodimlarning ko‘rsatmalari asosida, nosozlikda tashqi sabablar yo‘qligini, ya’ni rels zanjirining begona sim bilan tutashib qolishi oqibatida ekanligini bilib, uni bartaraf etgandan so‘nggina davom ettirishi mumkin. Bunday xollarda stansiya navbatchisi DU-46 jurnalida quyidagi mazmunda yozib qo‘yadi.

7-yo‘l aldamchi bandlikni ko‘rsatayotgan edi. Uning sababi rels zanjirining begona sim bilan qisqa tutashuvi. Sim olib tashlandi. 7-yo‘l uchastkasi tekis ishlayapdi Stansiya navbatchisi Mamurov”.


Poyezdlar xarakatini ushlanib qolishini oldini olish maqsadida aldamchi bandlikni ko‘rsatayotgan yo‘llarga qabul qilinishi lozim bo‘lgan poyezdlarni, stansiyaning boshqa bo‘sh yo‘llariga qabul qilib turish lozim.



Download 58.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling