6 Laboratoriya ishi


- raqamli kurbel plombalandi, ShN Zaripov, Stansiya navbatchisi Botirov”


Download 58.69 Kb.
bet14/14
Sana08.05.2023
Hajmi58.69 Kb.
#1444045
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
6-lobaratoriya

1 - raqamli kurbel plombalandi, ShN Zaripov, Stansiya navbatchisi Botirov”

Agarda kurbel dastagi yordamida o‘tkaziladigan strelkada maxkamlagich mavjud bo‘lmasa yoki u nosoz bo‘lsa, u xolda zudlik bilan bu xaqida yo‘l xizmati ishchilariga xabar berish lozim.


Agar qandaydir bir nosozlik tufayli kurbel dastagi yordamida strelkani o‘tkazishni imkoni bo‘lmasa, stansiyada elektrmexanik yo‘q va uni chaqirtirishning imkoni bo‘lmasa, u xolda stansiya navbatchisi bu xaqida poyezd dispetcheriga xabar beradi va uning ko‘rsatmasiga binoan yo‘l ustasi yoki yo‘l brigadiriga ishchi va nazorat dastaklarni ostryakdan uzib qo‘yishga va ostryakni stansiya navbatchisi ko‘rsatgan xolatda maxkamlab qo‘yiladi. Barcha ushbu xarakatlar DU-46 jurnalida rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim:

PD Po‘latovga. 45 raqamli strelka kurbel dastagi yordlamida o‘tmayotganligi sababli elektr qo‘zg‘atgichning ishchi va nazorat dastaklari ostryakdan uzib qo‘yilsin. Stansiya navbatchisi Alimov.”


Bundan tashqari stansiya navbatchisi ostryakni qanday xolatda maxkamlab qo‘yilishi lozimligi xaqida ko‘rsatma beradi. Yo‘l ustasi esa ko‘rsatmani bajarib bu xaqida DU-46 jurnalida yozib qo‘yadi yoki telefonogramma bo‘yicha xabar jo‘natadi:


45 raqamli strelka o‘tkazgichidagi ishchi va nazorat dastaklari strelka ostryaklaridan uzib qo‘yildi. 45 raqamli strelka o‘tkazgichi ostryagi 18 yo‘l yo‘nalishi bo‘yicha biriktirildi. PD Po‘latov. Stansiya navbatchisi Alimov.”


Strelka o‘tkazgichi ostryaklari talab etilgan yo‘nalishga biriktirilganligiga stansiya navbatchisi o‘zi yoki boshqa aloqador xodimlar xabarlari orqali ishonch xosil qilmog‘i lozim.


Bunday strelka o‘tkazgichlar dastagiga qizil qalpoqchalar kiydirib qo‘yilishi lozim va poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish svetoforning ta’qiqlovchi belgisi bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar boshqaruv pultida strelkalar xolati nazorati saqlanib qolgan bo‘lsa, u bo‘yicha xarakat qilish mumkin emas.
Strelka o‘tkazgichlari stansiya navbatchisi buyrug‘i bilan ajratiladi.
Download 58.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling