6-ma’ruza. Buyruqlar tizimi arxitekturalarini tasniflash


Buyruqlar tizimi arxitekturasi kassifikatsiyasi


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana14.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1458690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-ma\'ruza

Buyruqlar tizimi arxitekturasi kassifikatsiyasi. Kompyuter texnikasining 
rivojlanish tarixi xuddi ko'zgudagidek, ishlab chiquvchilarning u yoki bu buruqlar 
tizimi arxitekturasi istiqbollari haqidagi qarashlarida sodir bo'lgan o'zgarishlarni 
aks ettiradi. BTA sohasidagi hozirgi holat 6.3-rasmda ko'rsatilgan. 
Ko'pincha BTAning yangi turiga o'tishni oldindan belgilab beradigan 
sabablar orasida ikkita eng muhimiga to'xtalib o'tamiz. Birinchisi, kompyuter 
tomonidan bajariladigan operatsiyalarning tarkibi va ularning murakkabligi. 
Ikkinchisi, ma'lumotlarni qayta ishlash buyrqularining manzil qismida ko'rsatilgan 
manzillar soni va uzunligiga ta'sir qiluvchi operandlarni saqlash joyi. Aynan shu 
xususiyatlar buyruqlar tizimi arxitekturasini klassifikatsiyalash ko'rsatkichlari 
sifatida qabul qilinadi. 
6.3-rasm. Buyruqlar tizimi arxitekturasini ishlab chiqish xronologiyasi 
Buyruqlarning tarkibi va murakkabligiga ko'ra klassifikatsiyalash
Zamonaviy dasturlash texnologiyasi yuqori darajadagi tillarga (YuDT) qaratilgan 
bo'lib, uning asosiy maqsadi dasturlash jarayonini osonlashtirishdir. Ammo YuDT 
ga o'tish jiddiy muammoni keltirib chiqardi: YuDT uchun xarakterli murakkab 
operatorlar ko'pchilik kompyuterlarda amalga oshiriladigan oddiy mashina 
operatsiyalaridan sezilarli darajada farq qiladi. Ushbu nomuvofiqlikning natijasi 
HMda dasturlarning yetarli darajada samarali bajarilmasligidir. Muammo semantik 
bo'shliq deb ataladi va uni hal qilish uchun kompyuter ishlab chiqaruvchilari 
hozirda uchta yondashuvdan birini va shunga mos ravishda BTAning uchta turidan 
birini tanlaydilar: 


„ to'liq buyruqlar to'plamiga ega arxitektura: CISC (Complex Instruction Set 
Computer); 
„ qisqartirilgan buyruqlar to'plamiga ega arxitektura: RISC (Reduced 
Instruction Set Computer); 
„ juda uzun so’zli buyruqlarga ega arxitektura: VLIW (Very Long 
Instruction Word). 
Yuqorida keltirilgan arxitekturalar haqida keyingi ma’ruzalarda batafsil 
yoritiladi. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling