O‘nlik sonlar. Bunda o‘nlik sistemasida yozilgan har bir raqam,
ikkilik
sistemasidagi
to‘rtta raqam bilan almashtiriladi. Ikkita o‘nlik raqam, bitta baytga
joylashtiriladi (6.12-rasm). Bu ikkilik-o‘nlik formati deb ataladi. (rus tilida –
двоично-десятичный формат).
Misollar: 25 --- 0010 0101
367 --- 0011 0110 0111
1987 --- 0001 1001 1000 0111
6.12-rasm. O‘nlik sonlarga misollar.
Raqamli bo‘lmagan ma’lumotlar va ularning xillari.
Simvolli ma’lumotlar.
Matnlarni ishlashda, ma’lumotlar bazalarini
boshqarishda va boshqa shularga o‘xshash xollarda simvolli ma’lumotlar
bilan
ishlashga to‘g‘ri keladi. Simvolli ma’lumotlarga misol qilib ASCII (American
Standard Code for Information Interchange) va UNICODE kodlarini keltirish
mumkin. Ularning uzunliklari mos xolda 7 (8) va 16 razryadli bo‘lishi
mumkin
(6.3-jadval).
Qatorlar ko‘rinishidagi ma’lumotlar yoki qatorlar ko‘rinishidagi
o‘zgaruvchilar. Bu xildagi ma’lumotlarning oxirida maxsus belgi yoki qatorning
uzunligini ko‘rsatuvchi qismi mavjud bo‘ladi. Kompyuterda ushbu qatorlar ustida
– ko‘chirib yozish, qidirib topish va ularni tahrirlash
amallarini bajaruvchi
buyruqlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: