6-ma’ruza. Buyruqlar tizimi arxitekturalarini tasniflash


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana14.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1458690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-ma\'ruza

Mantiqiy ma’lumotlar. Mantiqiy ma’lumotlar esa ikkita qiymatga ega 
bo‘lishi mumkin: rost yoki yolg‘on (true yoki falshe), ya’ni 1 yoki 0. 
6.3-jadval. ASCII simvollariga to‘g‘ri keladigan kodlarning jadvali. 
Pentium 4 protsessorida qo‘llaniladigan ma’lumotlarning xillari
Pentium 4 protsessori IEEE 754 standartiga asoslangan - ikkilik ishorali va 
ishorasiz butun sonlarni, ikkilik-o‘nlik sanoq sistemasidagi sonlarni va suriluvchi 
nuqtali sonlarni ifodalay oladi [16]. Bu protsessor asosida qurilgan kompyuter 8/16 
razryadli kompyuter hisoblanib, shunday uzunlikka ega bo‘lgan butun sonlar 
bilan ishlay oladi (6.4-jadval). Unda ko‘p sonli arifmetik buyruqlarni, bul 
amallarini va taqqoslash amallarini bajarish mumkin. Pentium 4 protsessori 8-
razryadli ASCII simvollari bilan ishlay oladi, unda simvollardan iborat bo‘lgan 
qatorlarni ko‘chirib yozish va qidirib topish kabi maxsus buyruqlar ham mavjud. 
6.4-jadval. Pentium 4 protsessori raqamli ma’lumotlarining xillari. 


3.Kompyuterning buyruqlar tizimi, buyruqlarning turlari va buyruqlar 
formati 
Buyruq - bu u bilan boshlangan operatsiya nomini va operatsiyani bajarishda 
ishtirok etadigan operandlarning manzillarini ifodalovchi tartiblangan bitlar 
to'plami. Buyruqning asosiy xarakteristikasi - bu buyruqdagi manzillar soni bilan 
belgilanadigan manzillilik. Manzilliligiga qarab buyruqlar 0-manzilli (nolmanzilli), 
1-manzil (birmanzilli) va boshqalarga bo'linadi. Bitlardagi buyruq uzunligi, buyruq 
elementlarini kodlash uchun ishlatiladigan maydonlar soni (operatsiyalar, 
manzillar va belgilar), va buyruqdagi maydonlarning joylashuvi buyruq formatini 
belgilaydi. 
Buyruqlarning turlari. Turli xil HM larning buyruq tizimlari turlicha 
bo’lishiga qaramay, ba'zi bir asosiy operatsiyalar turlarini ularning har qandayida 
topish mumkin. Ushbu turlarni tavsiflash uchun biz quyidagi klassifikatsiyani 
qabul qilamiz: 
„ ma'lumotlarni uzatish buyruqlari; 
„ arifmetik va mantiqiy ishlov berish buyruqlari; 
„ satrlar bilan ishlash buyruqlari
„ almashtirish buyruqlari; 
„ kiritish-chiqarish buyruqlari; 
„ buyruqlar oqimini boshqarish buyruqlari. 



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling