6– mavzu. Deviant xulq atvor va sotsial nazorat. Reja
Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati
Download 56.56 Kb.
|
6-mavzu
1.3.Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati.
Jamiyatda inson va shaxs faoliyati, xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy meyorlar boshqaradi. Ijtimoiy meyor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan sotsial muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy meyorning bir necha turlari mavjud: 1) huquqiy; 2)axloqiy; 3)diniy; 4) urf-odatlarga oid. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari o‘rnatilgan meyorlar ham eskirib boradi va yangi meyorlar o‘rnatiladi. Yangi meyorlarni o‘rnatish jarayoni mavjud meyorlar doirasini kengaytirish va o‘zgartirishdan iboratdir. Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy meyorlardan chetga chiqqan holatlari va muammolarini o‘rganuvchi soha deviant xulq-atvor sotsiologiyasi hisoblanadi. Deviant xulq-atvorning turli ko‘rinishlarini mamlakatimiz olimlari o‘z tadqiqot obyektlari doirasida o‘rganganlar. Respublika faylasuflari X. Shayxova, Q. Nazarov, M. Xolmatova, N. Komilov (shaxs tarbiyasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ta’siri masalalari), sotsiolog M.B. Bekmurodov (ijtimoiy meyorlarga jamoatchilik fikrining ta’siri jarayonlari), huquqshunoslar A.Qulahmetov, Y.Karaketov, M.Usmonaliyev (jinoyatchilikning umumiy jihatlari va o‘smirlar jinoyatchiligi masalalari), psixolog olimlar G‘.B.Shoumarov, N.A.Sog‘inov, S.A.Axunjanova, Z.R.Qodirova, E.Sh.Usmonov, B.M.Umarov (o‘z joniga qasd qilish va jinoyatchilik muammolarining ruhiy-psixologik asoslari), pedagog-olimlar O.Musurmonova, D.J.Sharipovalarning (oilada barkamol shaxsni tarbiyalash hamda giyohvandlik, ichkilikbozlik, chekish kabi illatlarning oldini olish muammolari) ilmiy tadqiqotlarini shunday ishlar jumlasiga kiritish mumkin Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy meyorlardan chetga chiqish va og‘ish holatlari «deviantlik holatlari», undan tug‘iluvchi xulq-atvorni «deviant xulq-atvor» deb atashadi. Deviant xulq-atvor jamiyatda o‘rnatilgan axloq meyorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘rilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish, mayda bezorilik, byurokratlik, laganbardorlik va boshqa ko‘plab shu kabi salbiy holatlar ushbu xulq- atvor xususiyatlari hisoblanadi. Quyidagilar deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko‘rinishlaridan hisoblanadi: a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va meyorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi. b) ichkilikbozlik. Ichkilik iste’mol qilish; v) giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam ruju qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish. g) fohishabozlik — pul uchun o‘z tanasini sotish. d) byurokratiya. «Byurokratiya» termini aslida «hokimiyatga ega bo‘lgan xodim» degan ma’noni anglatadi. Biroq davrlar o‘tishi bilan «byurokratiya» mahalliychilik, qog‘ozbozlik, to‘rachilik, mansabni suiste’mol qilish kabi salbiy ma’nolarda qo‘llanila boshlandi. Hozirgi kunda ko‘plab davlatlarda «byurokratiya» termini asl ma’nosini yo‘qotib, boshqaruvdagi o‘ziga xos idoraviy uslub tarzida tushuniladi. Deviant xulq-atvor muammosini sotsiologiya fani doirasida dastlab E.Dyurkgeym maxsus o‘rgangan bo‘lsa-da, jamiyatning eng qadimiy muammolaridan biri sifatida deviant holatlarga munosabatlar qadim davrlardan shakllanib kelgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan, Misr, Hindiston va Xitoy diniy qonun-qoidalaridagi axloqiy meyorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. Qadimgi yunon va Rim faylasuflari ham o‘z asarlarida mazkur muammolarni tahlil kilib berganlar. Bundan 100 yil avval odamlar inson xulqini biologik instinkt sifatida tushunishgan. 1876 yilda italyan vrachi Chezare Lombrozo (1838-1909) turmada ishlagan. Uning fikricha, jinoyatchilarni jismoniy belgilariga qarab aniqlash mumkin. Hozirgi davrda olimlar bu fikrni rad qilishadi, ya’ni qonunga bo‘ysunuvchi fuqarolar bilan jinoyatchilar orasida hech qanday jismoniy farq yo‘q1. Deviant xulqning kelib chiqishida biologik va irsiy omillarning ta’siri va rolini Uilyam Sheldon va Eleanor Glyueklar tadqiq etganlar. Psixologik omillarning rolini U.Rekless va S.Dinitse o‘rganganlar. Unda shaxs o‘zining “Men” qiyofasini qanchalik anglab yetganlik jihatlariga e’tibor berishgan. Ular o‘smirlar orasidagi psixologik tadqiqotlarida, ularni “yaxshi bolalar” va “yomon bolalar” guruhiga ajratib tadqiq qilganlar. Deviantlikning ijtimoiy asoslari: 1) deviantlik madaniy meyorlarga bog‘liq ravishda farqlanadi. Masalan: Yevropada marixuana chekishga ruxsat bor. Albaniyada omma orasida diniy e’tiqodning targ‘ib qilinishi man’ etiladi. Kuba va Vyetnamda fuqarolarning “chet el fuqarolari bilan muloqot” qilishi nazorat qilinadi. Singapurda saqich sotish ta’qiqlanadi; 2) odamlar shunday vaqtlarda deviant bo‘ladilarki, qachonki, ular boshqalar ko‘z oldida shunday ko‘rinsalar. Masalan, yo‘lda ketayotib o‘z-o‘ziga gapirib ketsa, boshqalar ko‘zi oldida u deviant xulqdagi odam bo‘lib ko‘rinadi. 3) qoidalarning o‘rnatilishi, shuningdek buzilishi ham ijtimoiy hokimiyatni anglatadi1 asr mutafakkirlari ijtimoiy meyor va undan chekinish muammosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. SH.L.Monteskye, J.J.Russo, Ch.Bekkaria, Gelvetsiy, D.Didro, P.Golbax, Morelli va Sh.Furyelar o‘z ilmiy izlanishlarida ijtimoiy meyorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlarni topishga intilganlar. asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, sotsiologiyada ijtimoiy meyordan og‘ish holatlarini tushuntiruvchi dastlabki ta’limot — E.Dyurkgeymning «anomiya» g‘oyasi yaratiddi. Ma’lumki, sotsiologiyaning fan bo‘lib shakllanishida ijtimoiy patologiya omiliga e’tibor qaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada E.Dyurkgeymning to‘rtta asari chop etilgan bo‘lib, shulardan biri «O‘z joniga qasd qilish» (1897 yil) kitobi deviantlik muammosiga bag‘ishlangan edi. E.Dyurkgeym deviant xulq-atvorni struktur-funksionalizm tahlili asosida o‘rgangan. Uning fikricha, deviantlik - ijtimoiy tashkilotning zaruriy tarkibiy qismidir. Bu fikrni 100 yil oldin ta’kidlab o‘tgan. E.Dyurkgeym nuqtai nazaricha, deviantlik o‘z mohiyatiga ko‘ra, 4 muhim vazifani bajaradi: 1) madaniy meyor va qadriyatlarni tasdiqlaydi; 2) deviant xulqqa reaksiya ko‘rsatish axloqiy-ruhiy chegarani aniqlashtiradi; 3)deviant xulqga reaksiya ko‘rsatish ijtimoiy birlashishga imkon beradi yoki yordamlashadi. Masalan, terroristik harakatlarga qarshi kurashishida faqat jabrlanuvchilar emas, balki butun dunyodagi millatlar birlashadilar; 4) ijtimoiy o‘zgarishlarning amalga oshishiga majbur etadi yoki undaydi. Amerika sotsiologiyasida muhim o‘rin tutuvchi ta’limotlardan biri E.Saterlendning “differensial aloqalar” ta’limoti edi. Bunga ko‘ra har qanday xulq- atvor, shu jumladan, deviant xulq-atvor ham o‘rganiladi, ya’ni mavjud jamiyat a’zolari tomonidan mazkur xulq-atvor boshqalarga o‘rgatiladi. Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda amerikalik sotsiolog R.Merton ishlab chiqqan ta’limot sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiya g‘oyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi: «Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarining bir- biriga mos kelmay qolishi natijasidir». Richard Klouord va Lloyd Oulinlar R.Merton nazariyasini rivojlantirishdi. Alber Koen fikricha, delinkvent xulq ko‘proq quyi qatlamga mansub bo‘lgan yoshlar orasida keng tarqalgan. Uolter Miller esa delinkvent subkultura (sub madaniyat)ning biri-biridan farqlanish jihatlarini tadqiq etgan. Elaydj Anderson jinoiy xatti-harakatlarni sotsiologik nazariyalar asosida tahlil qilgan. Rasmiy meyorlarni buzish delinkvent (jinoiy) xulq-atvor deb, norasmiy meyorlarni buzish esa Download 56.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling