"Batamom foydalanish" strategiyasi. Bu strategiyaning asl mohiyati,
yangi tovarlarni
bozorga
kiritish bosqichida, sotiladigan tovarlarning hajmi kam bo’lganda
ularga juda yuqori
narx belgilashdan iboratdir. So’ngra bu narx bozorning va raqobatchilarning o’sishi
bilan
kamayib boradi.
"Korxonaning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga yo’naltirilgan narx"
strategiyasi. Korxona narxlashtirishda bu strategiyani qo’llash
uchun mamlakatning ichki va
tashqi bozorida narxlashtirishning xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Shularni o’rganib aniq
bozor sharoitlariga bog’liq holda o’ziga xos narx siyosatini tanlashi mumkin bo’ladi.
Umuman olganda, korxona o’z imkoniyatlaridan va maqsadlaridan kelib chiqib yuqorida
keltirilgan narx strategiyalaridan foydalanadi.