6-mavzu. Marketing tizimida narx siyosati


Download 342 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana30.04.2023
Hajmi342 Kb.
#1407468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-мавзу

Narxsiz raqobatda esa narxning roli kamaytirilmaydi, balki birinchi o’rinda tovarning 
xususiyati, markasining obro’-e'tiboriga, servis darajasi va tovar bilan bog’liq boshqa omillarga 
e'tibor qaratiladi. 
Narxning katta-kichikligiga ichki va tashqi omillar ta'sir ko’rsatadi. 
Ichki omillarga korxonaning maqsadi, marketingi, marketing kompleksining ayrim 
elementlariga nisbatan qo’llaniladigan strategiya, xarajatlar va boshqalar kiradi. 
Korxona asosiy maqsadini o’zining rivojlanishida deb bilsa bir narx, mavjud faoliyatini 
uzoq muddat saqlab qolishga qaratsa boshqa narx belgilashi mumkin. Masalan, raqobat 
kuchaysa, iste'molchilarning ehtiyoji o’zgarsa, mamlakatdagi iqtisodiy ahvol yomonlashsa 
korxona ishlab chiqarish quvvatining ma'lum bir qismidangina foydalanishga harakat qiladi. 
Korxona o’zining faoliyatining to’xtab qolmasligi, tovarlariga bo’lgan talabni oshirish 
maqsadida ularni past narxlarda ham sotishga majbur bo’ladi. Aks holda, u o’z tovarlariga yuqori 
narx belgilaydi. 
Marketing faoliyati nuqtai nazaridan narxning shakllanishiga quyidagicha yondashuvlarni 
ko’rib chiqish mumkin: 
- foydani uzoq muddat davomida maksimal darajaga ko’tarish; 
- foydani qisqa muddat davomida maksimal darajaga ko’tarish; 
- tarmoqda narx lideri statusini saqlab qolish; 
- yangi raqobatchilar paydo bo’lishiga to’sqinlik qilish;
- savdo vositachilari tomonidan befarqlikni saqlab qolish; 
- korxonaning obro’sini saqlab qolish; 
- "kuchsiz mahsulotlar"ni sotishni yaxshilash; 
- "narx urushi"ning oldini olish. 


Narx marketing kompleksi elementlaridan biri hisoblanib, uning shakllanishi marketing 
kompleksining boshqa elementlari bilan chambarchas bog’liqdir. Masalan, narxning sifatga
tovar harakatini tashkil etishga, tovarning hayotiy davriga bog’liqligi shular jumlasidandir. 
Narx ishlab chiqarish, tovar harakatini tashkil etish va sotish xarajatlari va boshqa 
xarajatlarni qoplab, foyda keltirishi kerak. Ma'lumki, umumiy xarajatlarda eng muhim o’rinni 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi egallaydi. Shu sababli, mahsulot tannarxini 
pasaytirish muhim vazifa hisoblanadi. 

Download 342 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling