Bozorda barqaror vaziyatni saqlash strategiyasi. Bu strategiyani korxona faoliyatining
rentabelligi va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlari barqaror bo’lgan hollardagina qo’llash mumkin
bo’ladi. Ko’pchilik hollarda rentabellik (fondlarga nisbatan) 10-15 foizni tashkil etsa, bu korxona
qoniqarli faoliyat ko’rsatayotgan korxona deb hisoblanadi.
Foydani maksimallashtirish, rentabellik darajasini oshirish strategiyasi. Narx
belgilashning bu strategiyasidan maqsad daromadlarni oshirish va korxonaning takror ishlab
chiqarish, shuningdek, investitsion imkoniyatlarini ham kengaytirishdan iboratdir.
Yetakchi orqasidan yurish strategiyasi. Narxlarning bozor darajasi bozorda harakat
qilayotgan yirik korxonalarning soni va ularning narx strategiyasiga ham bog’liq bo’ladi.
Bunday sharoitda kichik korxonalar narx jihatidan etakchi bo’lgan korxonalarning ta'sirida
bo’ladi. Demak, bu erda korxona narxlashtirishning etakchi orqasidan yurish strategiyasini
qo’llashi foydadan holi emas. Albatta, etakchi vaziyatni egallab turgan korxona maqsadga
muvofiq narx belgilashga harakat qiladi.
"Qaymog’ini olish" strategiyasi. Agar korxona marketing imkoniyatlaridan samarali
foydalanib, yangi tovarining noyob, yagona xususiyatlarga ega ekanligini ajratib ko’rsata olsa,
shuningdek, tovar sotishning va ishlatishning yaxshirok seriyasini ta'minlasa, unda bu korxona
raqobatchilarga nisbatan narx belgilashda ma'lum erkinliklarga ega bo’ladi. Natijada, korxona
o’z tovarlariga yuqori darajadagi narxni belgilaydi. Bu strategiya, ko’pchilik holda, korxona
yangi tovar ishlab chiqarish va bu tovarni bozorga kiritish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarini iloji
boricha tezroq qoplash zarur bo’lgan hollarda qo’llaniladi.
"Yorib o’tish" strategiyasi. Bu strategiya ko’pincha ishlab chiqarish texnologiyasi juda
oddiy va ommabop iste'molga mo’ljallangan yangi mahsulotni bozorga kiritishda qo’llaniladi.
Bunda tovar bozorga juda past narxda chiqariladi, bozorni egallashi bilan normal darajaga
qaytadi. Ayniqsa, bu strategiyani korxona raqobatchilarga nisbatan katta hajmdagi mahsulotni
bozorga kiritishi mumkin bo’lgan hollarda qo’llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |