Narxning o’zgarish foizi
Agar bozor bir xil ehtiyojlarni qondirish qobiliyatiga ega bo’lgan ko’p sonli tovar va
xizmatlar bilan to’yingan bo’lsa, talabning narx elastikligi birdan katta bo’ladi. Talab
elastikligini aniqlash asosida sotish hajmini oshirish uchun narxlarga qanday yo’nalishda ta'sir
etishni, raqobatchi sotayotgan tovar markalaridan qaysi biri ko’proq bozor kuchiga ega
ekanligini bilib olish mumkin bo’ladi.
6.2.
Narx shakllanishi uslublarini tanlash
Korxona tovarga bo’lgan talabni, tovar ishlab chiqarish uchun sarf bo’lgan yalpi
xarajatlarni hisoblab chiqib va raqobatchilar narxini o’rganib, o’zining tovariga narx shakllanish
uslublarini belgilaydi. Odatda, tovarning narxi juda past va juda yuqori ham bo’lmasdan, balki
shu ikki ko’rsatkich oralig’ida bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Buning sababi shundaki, past narx
foydani taьminlamaydi, yuqori narx esa talabni shakllantirmaydi.
Quyidagi 34-chizmada korxona rahbarining uch mulohaza asosida o’z tovariga narx
belgilashi keltirilgan.
Juda past narx
Mumkin bo’lgan narx
Juda yuqori narx
Bu narxda foyda olish
mumkin emas
Mahsulot Raqobatchi
tannarxi lar narxi
Tovarning tengi yo’q xususiyatlari
Bu
narxda
talab
shakllanmaydi
34-chizma. Narx belgilashdagi asosiy mulohazalar
Keltirilgan 35-chizma ma'lumotlarida ko’rsatilganidek, tovarning mumkin bo’lgan
minimal narxi mahsulot tannarxi asosida aniqlansa, mumkin bo’lgan maksimal narxi esa
tovarning boshqa tovarlardan farq qiluvchi qandaydir tengi yo’q xususiyatlari asosida aniqlanadi.
Korxona narx shakllanishi muammosini echar ekan, u yuqorida keltirilgan
mulohazalardan birini tanlab ish ko’radi. Bunda korxona tanlangan uslub tovarning aniq narxini
hisoblashda to’g’ri ekanligiga ishonib faoliyat yuritadi. Quyidagi 35-chizmada narx
belgilashning 3 xil usuli ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |