6-MAVZU. MARKETING TIZIMIDA NARX SIYOSATI
6.1. Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi
6.2. Narx shakllanish uslublarini tanlash
6.3. Narx strategiyalar
Tayanch iboralar
Narx, taklif, talab,
talab va taklif muvozanati, narx shakllanishi, foyda,
tovar narxi,
xarajatlar, narx raqobati, narxsiz raqobat, mahsulot tannarxi, narx qayishqoqligi, yalpi xarajatlar,
narx belgilash, yalpi daromad, narx strategiyasi, rentabellik, narx siyosati.
6.1. Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi
Marketing kompleksida narx ikkinchi element bo’lib, daromadni belgilaydigan asosiy
ko’rsatgichdir .
Narx deganda maxsulot, xizmatlar uchun va uni sotib olish uchun iste'molchi
sarf qiladigan pul miqdorini tushunamiz. Lekin, narx hamma vaqt ham pul shaklida
ifodalanmaydi. Masalan, barter natural almashishining qadimiy shakli hisoblanadi.
Makroiqtisodiy nazariya bundan 150
yil ilgari ham, tovarni sotishga faqat narx
yordamida ta'sir ko’rsatishi mumkin deb uqtirib o’tgan. Bu vaziyatni
yuqori baholashnining
asosiy sababi shundan iboratki, Adam Smit va David Rikardolar davrida faqat bir xil xom-ashyo
va bir xil iste'mol tovarlari ishlab chiqarilib, iste'molchilar diqatini tovarning markasi, o’rami va
reklamasi yordamida jalb qilish imkoniyati deyarlik mavjud bo’lmagan.
Ikkinchidan, mahsulot
narxiga asosiy e'tibor qaratilganligi, pulni miqdor jihatidan oson o’lchash mumkinligi va narxni
sifatga nisbatan talab va taklifda oson qo’llash mumkinligi bilan tushuntiriladi.
Quyidagi 32-chizmada talab va taklifning klassik modeli ko’rsatilgan. Bu 32-chizma
ma'lumotidan ko’rinib
turibdiki, talab narxining o’sishi bilan kamayadi, aksincha taklif ortadi.
Ishlab chiqaruvchi narx orqali uning mahsuloti qanchalik darajada
kerakligi haqida axborotga
ega bo’ladi.