6-mavzu. Marketing tizimida narx siyosati


Download 342 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana30.04.2023
Hajmi342 Kb.
#1407468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-мавзу

Taklif 
N
m
 
Тalab 
 Т
m
 
 
32-chizma. Talab va taklif modeli 
Bu erda: 
Nm – tovarning muvozanat narxi; 
Tm – muvozanat narxga mos keladigan tovar. 
Erkin raqobat mavjud bo’lgan bozorning o’ziga xos-xususiyatlari shundan iboratki, taklif 
etilgan mahsulotning ma'lum darajasida bozor o’z-o’zidan muvozanatga harakat qiladi. Masalan, 
ishlab chiqaruvchi o’z tovarini muvozanat narxdan (Nm) baland narxda taklif etdi deyaylik. 
Unda xaridorlar bunday bahoni juda yuqori deb biladi va natijada ma'lum bir miqdordagi tovar 
xaridorini topa olmaydi. Bunday holatda taklif talabdan yuqori bo’ladi. Natijada, bozor bu tovar 
bilan to’yinadi, oqibatda tovar egasi tovar narxini pasaytirishga majbur bo’ladi. Sotuvchi tovarga 
yangi narx belgilaganda talab oshadi va bu holda narx talab egri chizig’i bo’yicha yuqoriga 
ko’tariladi. Bu jarayon to talab va taklif muvozanatigacha davom etadi. Albatta, narx 
shakllanishining bu modeli sof raqobatga asoslangan bozorlar uchun ishlab chiqilgan bo’lib, bu 
Na
rx
Sotib olingan 


modelda ko’pgina omillar hisobga olinmaydi. Shu sababli ham bu model narx shakllanishida 
umumiy orientir bo’lib xizmat qiladi. 
Narx marketing kompleksining asosiy elementlaridan biri hisoblanib, korxonaning 
marketing siyosatini ishlab chiqishda keng qo’llaniladi. Agar bu erda tovar siyosatini, tovarni 
sotish va siljitish faoliyatini rejalashtirish, tovar harakati kanallarining yangisini topish uzoq vaqt 
talab qilsa, narxni esa tashqi va ichki omillarning o’zgarishi bilanoq tezda o’zgartirish mumkin 
bo’ladi. 
Marketingda narxning asosiy rol o’ynashining sabablaridan yana biri shundan iboratki, u 
korxonaning iqtisodiy ko’rsatkichlariga to’g’ridan to’g’ri ta'sir ko’rsatadi. 
Masalan, foyda (F) quyidagicha aniqlanadi. 
F = (N . V) - S
Bu erda: 
N – tovar narxi; 
V – sotilgan mahsulot hajmi; 
S – jami xarajatlar. 
Foydadan tashqari narx tovarning sotilish hajmiga, moliyaviy ko’rsatkichlariga, bozor 
ulushiga katta ta'sir ko’rsatadi. Ko’p hollarda, korxona tovarni eng yuqori narxda sotib, darhol 
foyda olishni ko’zlamasdan, egiluvchan narx siyosatini yuritishi kerak. 
Raqobatchilar o’z faoliyatlarida ham narxga katta e'tibor beradilar. Tovar bozorda narx 
asosida va narxsiz ham raqobat qila olishi mumkin. 
Narx raqobati deganda tovarning narxini o’zgartirish yo’li bilan raqobat kurashiga 
borish tushuniladi. Bunda, ko’pchilik hollarda narxni pasaytirishga harakat qilinadi. Albatta, 
narxni pasaytirayotgan firma yoki korxona raqobatchiga nisbatan kam xarajatlarga ega bo’lishi 
kerak. Korxona "narx urushi"ni e'lon qilishdan oldin o’zining va raqobatchining iqtisodiy 
barqarorligini obdon o’rganishi talab etiladi. Aks holda "narx urushi"ni e'lon qilib, mag’lubiyatga 
ham uchrash mumkin. Agar, raqobatchilar bir xil sharoitda bo’lsalar, u holda "narx urushi" o’z 
ahamiyatini yo’qotadi. 

Download 342 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling