6-mavzu: Mikroevolutsiya


Alohidalanish (izolyasiya) evolutsiya jarayonining dastlabki omili


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana07.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1338325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7--ma\'ruza

Alohidalanish (izolyasiya) evolutsiya jarayonining dastlabki omili 
sifatida. Evolutsiya jarayonida alohidalanish— izolyasiya organizmlarning 
osonlik bilan chatishishini bartaraf etishga, populyatsiyalar va turlarga 
mansub organizmlardagi farqning ko‘payishi va mustahkamlanishiga 
qaratilgan. Farqlarning mustahkamlanishi esa o‘z navbatida yangi 
individlarning 
shakllanishiga 
ijobiy 
ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Tabiatda 
alohidalanishning xilma-xil formalari va ko‘rinishlari mavjud. Avvalo, 


alohidalanish o‘z tabiatiga ko‘ra 2 gruppaga: territorial, ya’ni geografik va 
biologik alohidalanishga bo‘linishini aytib o‘tish kerak. Odatda, territorial, ya’nn 
geografik. alohidalanish deyilganda, populyasiyaga mansub organizmlarning turli 
to‘siqlar tufayli alohidalanishi tushuniladi. Quruqlikda tarqalgan bir turga mansub 
organizmlarning suv to‘sig‘i— daryolar, dengizlar yoki suv muhitida tarqalgan 
organizmlarning quruqlik to‘sig‘i, tekislikda tarqalgan turlarning esa baland tog‘lar 
tufayli alohidalanishini territorial alohidalanishga misol qilib ko‘rsatish mumkin.
 Afrika qit’asi Sokotra arxepelagi florasi. Geologik va biologik 
izolyasiya natijasida rivojlangan endemik o‘simliklar 
Ko‘pgina hayvonlar va o‘simliklarning territorial alohidalanishi tur ichida 
o‘rganiladi. Territorial alohidalanish ma’lum territoriyada tarqalgan turlarning 
rivojlanish tarixi bilan tushuntiriladi. To‘rtlamchi davrda ro‘y bergan muzlash 
ko‘pgina hayvon, o‘simlik turlarining alohidalanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. 
Hozirgi vaqtda inson faoliyati bilan bog‘liq holda ayrim populyasiyalarning 
territorial alohidalanishi amalga oshmoqda. Masalan, XX asrning boshlarida 
Evrosiyoda suvsarlar tarqalgan areal qismlarga ajralib ketgan. Territorial 
alohidalanish kam harakatchan hayvon va o‘simlik turlari ichida, ular ko‘zga 
ko‘rinarli tabiiy-geografik to‘siqqa ega bo‘lsa ham ro‘y beradi. Chunonchi, Yevropa 
qismining markaziy rayonlarida tarqalgan oddiy bulbulni olsak, u hozirgi vaqtda 
odam yashamaydigan joylarda, yo‘l chetlarda, parklarda, hatto katta shaharlarning 
hiyobonlarida in qo‘yib bola ochmoqda. Oqibatda ularda ayrim belgilar soni 
o‘zgarib bormoqda. Bunday o‘zgaruvchanlikning vujudga kelishiga asosiy 
sabab, bulbul faslga qarab ko‘chsada, yosh organizmlar voyaga etgan joylariga in 
qo‘yish uchun qaytishidir. 
Territorial alohidalanish har xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Chunonchi, 
suv muhiti quruqda yashaydigan turlarni, quruqlik muhiti esa gidrobiontlarni, 
tog‘liq muhiti tekislikda, aksincha, tekislik muhiti tog‘lik rayonlarda tarqalgan 


populyasiyalarning alohida-alohida yashashiga sababchi bo‘ladi. Ba’zan 
kelib chiqishiga ko‘ra eng yaqin bo‘lgan organizmlar o‘zaro juftlashishi 
tufayli shu turga mansub boshqa organizmlardan ma’lum masofada 
uzoqlashib hayot kechiradi. Territorial alohidalanish organizmlarning 
individual aktivligiga uzviy bog‘liq. CHunonchi, quruqlikda tarqalgan 
mollyuskalar individual aktivligining radiusi bir necha o‘n metrga teng 
bo‘lgani holda, churraklar individual aktivligining radiusi ming kilometrga 
etadi. 
Biologik alohidalanish. tur ichidagi individlarning jinsiy tomondan 
o‘zaro farq qilishi bilan belgilanadi. Biologik alohidalanish ikki xil: 
chatishishni bartaraf etish bilan bog‘liq hamda chatishishdan so‘ng hosil 
bo‘ladigan alohidalanishga bo‘linadi. Biologik alohidalanishning birinchi xili, 
odatda, organizmlarning har xil vaqtdagi jinsiy aktivligi va jinsiy etilishi 
bilan bog‘liq. Bu hol yaqin formalarning qo‘shilishiga to‘sqinlik qiladi. 
Masalan, minogalarda va ba’zi losos baliqlarida «bahorgi va kuzgi» 
formalar jinsiy etilish vaqti bilan farq qiladi, SHunga o‘xshash, 
o‘simliklarda ham gullash muddatining farq qilishi yaqin formalarning 
chatishishi uchun biologik to‘siq hisoblanadi. 
Biotipik alohidalanishda urg‘ochi va erkak organizmlar har xil joyda 
yashaganligi uchun o‘zaro qo‘shila olmaydi. Masalan, Tayga o‘rmonlarida 
tarqalgan qizilto‘shlar bilan uncha baland bo‘lmagan siyrak daraxtlarda 
yashaydigan qizilto‘shning o‘zaro qo‘shilishi birmuncha cheklangan. 
Oddiy kakkuning tur ichidagi formalari ham biotipik alohidalanishga misol 
bo‘ladi. Evropada kakkuning bir nechta biologik irqi bo‘lib, ular 
tuxumining rangi bilan bir-biridan farq qiladi, Ba’zi kakkular oddiy 
qizilquyruqlar uyasiga havo rang, boshqalari mayda chumchuqsimon 
qushlar uyasiga (ularning tuxumiga o‘xshash) oqish rangli tuxum qo‘yadi. 
Bu ikki xil biologik irqqa mansub qushlar yaxshi himoyalanmagan 
tuxumini yo‘qotishi hisobiga saqlanadi. 
YAqin formalardagi biologik alohidalanishning vujudga kelishi
va saqlanishi hatti-harakat bilan bog‘liq bo‘lgan juftlashishga oid 
etologik 
alohidalanish 
orqali 
belgilanadi. 
Hozirgi 
vaqtda 
hayvonlarning 
xatti-harakatini 
o‘rganuvchi biologiyaning yangi 
shoxobchasi - etologiyaning rivojlanishi tufayli etologik alohidalanishga 
ko‘proq ahamiyat berilmoqda. Ehtimol, hayvonlarda populyasiyaga 
qadar, xilma-xil etologik mexanizmlar urg‘ochi va erkak formalarning
o‘zaro alohidalanishiga sababchi bo‘lgandir. Ko‘rish, eshitish, ximiyaviy
ta’sirlardagi ozgina farq ham urg‘ochi organizmlarga nisbatan erkak 
organizmlar uchun «ko‘ngil ovlashning» davom etishiga to‘siq 
bo‘lishi mumkin. Ko‘payish organlarida vujudga kelgan morfologik-
fizilogik farq ham yaqin turlarning chatishishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Bu ayniqsa ba’zi bir o‘simliklarda, chunonchi, navro‘zgul, grechixa,
bo‘tako‘zda uchraydigan geterostiliya hodisasida yaqqol ko‘rinadi. 
Geterostiliyada bir xil o‘simliklarda ikki xil gul etiladi. Bir xil 
o‘simliklarning guli uzun ustunchali, ikkinchi xil o‘simliklarniki kalta 


ustunchali bo‘ladi. CHangdoni birinchi xil o‘simliklarda og‘izchadan ancha
pastda, ikkinchi xil o‘simliklarda, aksincha, og‘izchadan ancha yuqorida 
etiladi. Natijada bitta guldagi changdonlarning joylashish holati ikkinchi
guldagi ustunchaning joylashish holatiga mos keladi. Mabodo, gullarni chetdan 
changlatuvchi hasharotlar ustunchasi uzun gulga qo‘nsa, gul changi uning 
bosh qismida qoladi va u faqat kalta ustunchali gulning og‘izchasiga
tushadi. Shunga o‘xshash kalta ustunchali guldan chang hasharotlarning 
qorin qismiga ilashib, uzun ustunchali gulga tushadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling