6-mavzu: Mikroevolutsiya


O‘simliklarda geterostiliya xodisasi. 1. changchilar; 2


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana07.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1338325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7--ma\'ruza

O‘simliklarda geterostiliya xodisasi. 1. changchilar; 2. 
urug‘chilar 
Hayvonlarning yaqin turlarining kopulyativ- qo‘shilish organlaridagi farq 
ayniqsa 
o‘pka bilan nafas oluvchi mollyuskalar, hasharotlarga, sut 
emizuvchilardan ba’zi bir kemiruvchilarga xosdir. Bu holat ham tabiiy sharoitda 
har xil turlarning chatishishi uchun biologik to‘siq hisoblanadi.
Biologik alohidalanishning ikkinchi katta guruhi chatishtirishdan keyingi 
yoki genetik alohidalanish bilan uzviy bog‘liq. Genetik alohidalanish 
urug‘langandan so‘ng zigota yoki embrionning nobud bo‘lishi, duragaylarning 
to‘liq yoki qisman pushtsizligi va hayotchanligining pasayishi bilan 
harakterlanadi. Odatda, turlararo chatishtirishda hosil bo‘lgan duragaylar ba’zan 
hayotchan bo‘ladi. Lekin ularda jinsiy hujayralar normal rivojlanmaydi. Mabodo, 
gametalar normal rivojlansa ham, duragaylar kam nasl qoldiradi. Tabiatda 
«chatishish orqali alohidalanish» holati ham mavjud. Bu holda ikkita yaqin 
forma tarqalgan joy chegarasida ularning chatishishidan hosil bo‘lgan 
duragaylar uchraydi, lekin ularning nasli nimjon bo‘lib, ota-ona turlariga 
kiruvchi kuchli individlar bilan raqobatda yashay olmaydi Yoki hayotchan 
bo‘lmaydi. Chatishish orqali alohidalanish Yevropada tarqalgan ba’zi bir 
hasharotlarda, ola va qora qarg‘alarda uchraydi. Alohidalanishning o‘zi 
mustaqil evolutsion omil sifatida yangi genotiplar yoki tur ichidagi formalarni 
vujudga keltirmaydi.
Alohidalanish ta’siri populyasiya geterogen holatda bo‘lganda ro‘y beradi. 
Alohidalanishga uchragan organizmlar guruhida farq yanada ko‘payishi uchun 


evolutsiyaning boshqa omillari, birinchi navbatda tabiiy tanlanish zarur. 
Binobarin, alohidalanish evolutsiyaning boshqa omillari bilan uzviy bog‘liqdir. 
Alohidalanish qancha uzoq muddatli bo‘lsa, uning ta’siri shuncha kuchli bo‘ladi. 
Ko‘p hollarda biologik va geografik alohidalanishni vujudga keltiruvchi 
sabablar uzoq muddat saqlanadi. SHunga qaramay, alohidalanishning uzoq 
muddat ta’siri evolutsiyaning yo‘naltiruvchi faktori bo‘la olmaydi. Shu nuqtai 
nazardan olganda, alohidalanish ta’siri evolutsiyaning boshqa omillari, 
chunonchi 
mutatsiya, 
populyasiyalar 
o‘zgarishiga 
o‘xshashdir. 
Alohidalanishning muhim natijasi inbridingni vujudga keltirishidir. Inbriding 
tufayli geterozigota holatda kam uchraydigan retsessiv mutatsiyalar fenotipda 
namoyon bo‘ladi. Bunday hodisalarda alohidalanish evolutsion omil sifatida 
dastlabki populyasiyadagi panmiksiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Evolutsiya 
jaraYonida 
alohidalanish 
boshlang‘ich bosqichda bo‘lgan genotipik 
differensiyalanishni mustahkamlaydi va kuchaytiradi. Alohidalanish tur hamda 
populyasiyaning bo‘linishiga sababchi omildir. Bo‘lingan tur, populyasiyalarga 
tanlanish har xil ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin, alohidalanish boshlang‘ich tur va 
populyasiyani ikki va undan ko‘p bo‘laklarga, populyasiya guruhini esa 
o‘zaro farq qiluvchi formalarga ajratadi. Tabiatda har qanday organizmlar 
guruhi alohidalanish natijasida genetik jihatdan bir-biridan ajraladi. Bu hol o‘z-
o‘zidan alohidalanish ta’siri har qanday evolutsiya jaraYoni uchun majburiy 
hisoblanishini ko‘rsatadi. Makroevolutsiya organik olamning turdan tashqaridagi 
sistematik guruhlarining vujudga kelishidir. U divergensiya, konvergensiya, 
parallelizm yo‘nalishida amalga oshadi

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling