6-mavzu: Mikroevolutsiya


Tirik organizmlar ko‘chishi (migratsiyasi) ning evolutsion ahamiyati


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana07.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1338325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7--ma\'ruza

Tirik organizmlar ko‘chishi (migratsiyasi) ning evolutsion ahamiyati. 
Har 
bir 
turga 
mansub 
polulyasiyalar 
tabiatda 
to‘lig‘icha bir-biridan 
alohidalashmagan. Shu sababli bir populyasiyadagi organizmlarning o‘z 
makonidan chiqib, ko‘chib yurishi tabiiy bir hol. Tirik organizmlarning ko‘chishi 
iborasi ekologiyada ham, evolutsion nazariyada ham keng qo‘llaniladi. 
Ekologiyada tirik organizmlarning ko‘chishi haqida fikr yuritilganda, uning 
evolutsion 
jarayonga 
ko‘rsatadigan 
ta’siri 
e’tiborga 
olinmaydi. 
Organizmlarning ko‘chib yurishi kundalik, mavsumiy bo‘ladi. Masalan, umurtqali 
hayvonlar, bo‘g‘imoYoqlilarning yuksak darajada rivojlangan vakillari oziq 
topish uchun doim harakatda bo‘ladi. Baliqlar, qushlarda yashash uchun qulay 
sharoit topish maqsadida har yili mavsumiy ko‘chish kuzatiladi. Yuksak 
hayvonlar ayrim individlar, suvda o‘troq haYot kechiruvchi individlar esa 
harakatchan lichinkalar, yuksak o‘simliklar chang va urug‘, tuban o‘simliklar, 
zamburug‘lar sporalar yordamida joydan-joyga ko‘chadi. Evolutsion nazariyada 
tirik organizmlarning ko‘chishi keng ma’noda, ya’ni bir populyasiyadagi 
organizmlarning o‘z makonidan tashqariga chiqib, boshqa populyasiyaga 
mansub organizmlar bilan chatishishi natijasida, genofondining o‘zgarishi, 


hatto yangi tur kelib chiqishi uchun asos bo‘lishi tushuniladi. Organizmlarning 
ko‘chishi tufayli populyasiya genofondining o‘zgarishi genlar oqimi va 
genlar 
introgressiyasi 
yo‘nalishida 
boradi. 
Ko‘chish 
oqibatida 
populyasiyadagi ayrim organizmlar qo‘shni populyasiya organizmlariga 
qo‘shilib, ular bilan chatishib, o‘z genini shu populyasiya genofondiga 
o‘tkazishi mumkin. Bu hodisa genlar oqimi nomini olgan, u populyasiya 
genetik axborotining o‘zgarishida muhim o‘rin tutadi. Odatda, bir turga 
mansub har xil populyasiya organizmlarining o‘zaro chatishishidan hosil 
bo‘lgan duragaylar genotipi ota-ona genotipidan tubdan farq qiladi. Har yilgi 
mavsumiy ko‘chish tufayli populyasiya genofondida genlar aralashadi, ya’ni 
genetik 
o‘zgarish 
sodir 
bo‘ladi. 
Genlar 
oqimi 
kombinatsion 
o‘zgaruvchanlik asosini tashkil etib, u populyasiya genofondining 
o‘zgarishida mutatsion o‘zgaruvchanlikka nisbatan samaraliroq hisoblanadi. 
Genlar introgressiyasi deyilganda har xil turlarga kiruvchi populyasiyalar 
orasida yuz beradigan genlar oqimi tushuniladi. Introgressiya hodisasi 
turlararo chatishishda ro‘y beradi. U o‘simliklarda ko‘proq hayvonlarda 
kamroq kuzatiladi. Introgressiya bir tur o‘simlik changining ikkinchi tur 
o‘simlik tumshuqchasiga tushib, uning murtak xaltachasidagi onalik bilan 
qo‘shilishi yoki har xil turga mansub hayvonlar chatishib, duragay nasl 
berishi orqali amalga oshadi. Organizmlarning ko‘chishi (migratsiyasi) 
evolutsiya uchun juda katta ahamiyatga ega ekanligiga asoslanib, amerika 
olimi E. Mayr «asos soluvchi» prinsipini ilgari surdi. Bu prinsipga muvofiq, 
bir populyasiyaning juda kam genetik o‘zgarishiga ega bo‘lgan bir necha 
organizm boshqa makonga ko‘chishi natijasida yangi populyasiya paydo 
bo‘ladi. Masalan, yomg‘ir suvi tufayli bahorda ko‘lmak, suv havzalariga 
baqa qo‘ygan tuxumlardan rivojlangan nisbatan o‘xshash genofondli baqalar 
mustaqil mikropopulyasiyani hosil qilishi mumkin. Mazkur mikropopulyasiya 
doirasida genlar oqimi yuz bermagani sababli u genotipik jihatdan 
o‘xshashligini ma’lum muddat mobaynida saqlaydi. Tur o‘rin olgan 
makondagi populyasiyalarning o‘zaro chatishishi natijasida genlar aralashadi. 
Bu esa o‘z navbatida tur genofondining tekislanishiga, u genotipi 
strukturasining turg‘un bo‘lishiga imkon yaratadi, Binobarin, organizmlarning 
o‘z makonidan ko‘chishi faqat populyasiya genofondini o‘zgartiruvchi bo‘lib 
qolmay, shu bilan birgalikda turning ma’lum muddat turg‘un holatda 
saqlanishiga imkon beradi. Shunday qilib, organizmlarning o‘z makonidan 
ko‘chishi genlar oqimi, introgressiya hodisalarini vujudga keltirib, 
populyasiya genofondi yangi genlar bilan boyishini ta’minlaydi va 
kombinatsion o‘zgaruvchanlik uchun muhim manba hisoblanadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling