6-mavzu: Mikroevolutsiya


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana07.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1338325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7--ma\'ruza

Genetik-avtomatik 
jaraYonlar 
va 
ularning 
evolutsiyadagi 
ahamiyati.N.P. Dubinin va S. Rayt tajribalarga asoslanib, populyasiyalarda 
hamma 
vaqt 
Xardi-Vaynberg 
qonuni 
tasdiqlanavermasligini, 
kichik 
populyasiyalarda u Yoki bu allelning konsentratsiyasi bir qancha bo‘g‘in 
mobaynida o‘zgarishi mumkinligini isbotlab berdilar. Populyasiya qancha kichik 
bo‘lsa, u holda geterozigota formalarning o‘zaro uchrashishi va gomozigota 
formalar hosil bo‘lishi ham shuncha tezlashadi. Populyasiyada organizmlar soni 
ko‘p bo‘lsa, aksincha geterozigota formalarning o‘zaro uchrashishi va 
gomozigota formalar paydo bo‘lishi kamayadi. Odatda, populyasiyalardagi 
o‘zgarishlarga ta’sir etuvchi faktorlar ichida tabiiy tanlanish eng muhimi 
hisoblanadi. Organizmlar soni kam bo‘lgan populyasiyalarda, odatda, tabiiy 
tanlanish zararli o‘zgarishlarga ega formalarni bartaraf etib, foydali 
o‘zgarishlarga ega formalarning ko‘payishiga tezroq imkon tug‘diradi. SHu bilan 


bir qatorda, kichik populyasiyalarda genotiplarning tasodifiy saqlanish 
imkoniyati ham tug‘iladi. Populyasiyalarda organizmlar soni kam 
bo‘lganda, qandaydir tasodifiy hodisa tufayli bir xil mutatsiyalarga ega 
formalar saqlanishi, ikkinchi xil mutatsiyali formalar qirilib ketishi mumkin. 
Populyasiyalarning keyingi bo‘g‘inlarida saqlangan formalar son jihatdan 
ortadi va oqibatda populyasiya genofondidagi genlar konsentratsiyasi 
o‘zgaradi. 
Tasodifiy 
hodisalar 
natijasida 
populyasiyada 
genlar 
konsentratsiyasining o‘zgarishi genetik-avtomatik jaraYon Yoki genlar dreyfi 
deb ataladi. Bu jaraYon turg‘un Yoki tasodifiy bo‘ladi. 
Genetik-avtomatik jaraYonlar tabiiy tanlanish bilan bir vaqtda 
populyasiyaga ta’sir ko‘rsatsa ham, undan farq qilib, hamma vaqt kichik 
populyasiyalarda va izolyasiya tufayli ajralgan populyasiyalarda genlar 
takrorlanishidagi hukmron tartibning buzilishiga olib keladi. Katta 
populyasiyalarda esa bu jarayon tartibsiz ravishda samara beradi, chunki har 
bir bo‘g‘inda allellarning takrorlanish soni ortgan yo kamaygan yoki 
o‘zgarmagan holatda bo‘ladi. Kichik populyasiyalarda, shuningdek, 
izolyasiya oqibatida ajralgan populyasiyalarda allellarning turg‘unligi 
Yoki qirilib ketishi hisobiga genlarning turg‘un kombinatsiyalari, buning 
oqibatida esa yangi sistematik birliklar vujudga keladi. Masalan, model 
uchun olingan dastlabki ikki populyasiyada bir xil (05) va (05) allellar 
konsentratsiyasi bor. Biroq bu populyasiyalarning biri 500000 ta, 
ikkinchisi 50 ta individga ega, deb faraz qilaylik. U holda birinchi 
populyasiya 1000000 ta gametadan (500000 ta tuxum hujayra, 500000 ta 
urug‘ hujayradan), ikkinchisi 100 ta gametadan (50 ta tuxum hujayra, 50 ta 
urug‘ hujayradan) hosil bo‘ladi. YAngi nasl olish uchun shuncha 
miqdordagi gametalarni xillab olishda, albatta, 50% va 50% a nisbati aniq 
bo‘lmasligi tabiiy bir holdir. O‘zaro farq xillab olingan, xar bir statik 
materialga mansub. Biroq yirik polulyasiyalarda bunday farq uncha katta 
bo‘lmaydi va umumiy gametalarning 0,1 % ga teng bo‘ladi. Kichik (50 
individli) 
polulyasiyalarda 
esa 
standart 
farq-xatolik 
umumiy 
gametalarning 10% ni tashkil etishi va 50±5ga teng bo‘lishi mumkin. 
Keltirilgan ma’lumotlar genetik-avtomatik jarayonlar 50 ta individdan 
iborat 
populyasiyalarda 
500000 
ta 
individdan 
tashkil 
topgan 
populyasiyalardagiga nisbatan 100 marta jadal bo‘lishini ko‘rsatadi. 
Binobarin, kichik populyasiyalarda allellar konsentratsiyasidagi tasodifiy 
siljishlar juda yuqori bo‘lib, dastlabki har bir allel konsentratsiyasini 
populyasiya genofondidan siqib chiqara oladi. Demak, tasodifiy genetik-
avtomatik jaraYonlar kichik populyasiyalarning gen tarkibini chuqur 
differensiyaga uchratishi, ular sistemasida jiddiy genetik farqlar hosil qilishi 
mumkin. Genetik-avtomatik jaraYonlar katta populyasiyalardan tasodifiy 
ajralib chiqqan individlarning yangi sharoitda o‘rnashib qolishida ko‘zga 
yaqqol tashlanadi. Bunday misollar inson populyasiyasi genetikasida 
ayniqsa ko‘p kuzatilgan. Chunonchi, AQSH ning Pensilvaniya shtatiga 
qarashli Lankestera degan joyda mennonitlar degan mazhab yashaydi 
va ularda nikoh mazkur mazhab ichida bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, 


alohida-alohida yashaydigan 80000 ga yaqin bu odamlar 1770 yilgacha 
Amerikaga ko‘chib kelgan 3 juft erkak va aYolning avlodidan tarqalgan. 
Muayyan odamlar guruhiga harakterli bo‘lgan hodisa gomozigota holatda 
polidaktiliyaga ega bo‘lgan pakana odamlarni vujudga keltiruvchi genlar 
konsentratsiyasining yuqoriligidir. Noto Sarieps (odam) turiga mansub ko‘p 
populyasiyalar A, V, 0 qon gruppalari bo‘yicha polimorf hisoblanadi va o‘z 
genotipida G
B
, G
A
, G
O
, allellarni saqlaydi. Mak Artur va Penrouz dunYo 
aholisida A, V, O genlar qanday qonuniyat asosida takrorlanishini aniqladilar. 
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra dunYo aholisida G
A
- 21,5%, G
B
-16,2%,
62,3% ni tashkil etada. O  qon gruppasi amerika indetslarida, G
A
va G
V
qon gruppasi 
esa eskimoslarda ko‘p tarqalgan. G
V
qon gruppasiga ega odamlar Hindiston va 
Markaziy OsiYoning shimolidan G‘arbiy Evropaga tomon kamaya boradi 
Avstraliyaning erli aholisida (Torresov bo‘g‘ozining shimolida yashaydigan aholi 
hisobga olinmaganda) G
V
qonlilar deyarli uchramaydi. SHimoliy Amerika indetslari 
orasida G
A
qonlilar siyrak tarqalgan. Kanadaning g‘arbida yashovchi ba’zi, 
chunonchi, «qoraoYoq» qabilasida u 30% ga etadi. SHu singari dalillar genetik-
avtomatik jaraYon turli
sondagi odamlar populyasiyasida har xil nisbatda 
uchrashidan dalolat beradi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling