6-mavzu. Valikli va zarbli harakatlanuvchi maydalagichlar


–rasm. Suriladigan kolosnikli panjara chizmasi


Download 1.27 Mb.
bet13/15
Sana02.11.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1738923
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
4–rasm. Suriladigan kolosnikli panjara chizmasi.

Telejka boltlar (4) yordamida unga mahkamlangan almashadigan kolosniklar (1) bilan sirti qoplangan. Osma kolosnikli panjara (8) (1–rasmga qarang) o‘qga sharnirli ilingan, pastki qismi esa tishli reykaga tayanadi, bu esa unga rotor bolg‘alariga nisbatan tirqishining kattalashi yoki kichiklashi holatiga o‘zgarishiga imkon beradi. Kolosnikli panjara karkas ramasining ariqchalariga qo‘yiladigan almashiladigan kolosniklardan tashkil topgan. Kolosniklar orasidagi yoriq 10...200 burchak ostida (yuklanish tomoniga) kengayadi, bu esa materialning yuklanishini osonlashtiradi.


Bolg‘ali maydalagichning ishlashi jarayonida boshlang‘ich material rotor bolg‘alari maydalaydigan, sindiruvchi plita va to‘singa tashlanadigan maydalash kamerasiga qabul qilish teshigi orqali tushadi. U yerda qo‘shimcha maydalash sodir bo‘ladi. Undan keyin material kolosnikli panjaralarda yaxshilab maydalanadi va tayyor mahsulot yuklanadigan bunkerga panjara yorig‘i orqali to‘kiladi.



  1. Rotorli maydalagich konstruksiyasi

Rotorli maydalagichlar katta, o‘rtacha va mayda maydalashga bo‘linadi. Ular konstruktiv jihatdan rotorlar o‘lchamlari va qaytaruvchi plita sonining o‘zaro nisbatida farqlanadi. Katta rotorli maydalagichning rotor diametri uning uzunligidan katta, o‘rtacha va mayda rotorli maydalagichning ko‘rsatkichlari esa teng. Katta rotorli maydalagichda maydalash kamerasi rotor va ikkitali qaytaruvchi plitadan, o‘rtacha va mayda rotorli maydalagichning maydalash kamerasi esa rotor va uchtali qaytaruvchi plitadan hosil bo‘lgan.


Eng ko‘p tarqalgan bir rotorli noreversiv maydalagichning konstruksiyasi 1–rasmda keltirilgan.






1–rasm. Rotorli maydalagich chizmasi.

Rotorli maydalagich korpusdan, rotor (1) va unga mahkamlangan savagichdan (11), qaytaruvchi plitalar (5) va (9) hamda boshqariladigan mexanizmdan (6) tashkil topgan. Maydalagichning korpusi – payvandli va ajratgichli, yuqori qismdan (3) va poydevorga qotirilgan staninalardan (2) tashkil topgan. Korpusning yuqori qismiga qo‘zg‘almaydigan va qaytaruvchi qism kiradi. Qo‘zg‘almaydigan qismi qabul qiladigan tirqish (4) novga va qaytaruvchi plita (5) devoriga qotiriladi. Qaytaruvchi qismi boshqarish mexanizmi (vintli, gidravlik va sh.k.) yordami bilan siljiydi. Korpusda qopqog‘li tuynuk (lyuk) maydalagichni profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish uchun ko‘zda tutilgan. Korpusning ajratkich joyi va qopqog‘li tuynuk bilan korpusning bog‘lanishi changlar kirishidan saqlash uchun germetizatsiyalanadi. Korpusning ichki qismi futerovka (8) bilan qoplangan.


Maydalagichning rotori (1) katta (yaxlit) silindrikli quyma savagich uskunasi uchun ariqcha bo‘ylamadan tashkil topgan. Savagich qatorlari soni oltidan ikkigacha tebranadi va maydalashning turidan bog‘liq: yirik maydalashda – kichik, o‘rtacha va mayda maydalashda – katta. Savagichlar yuqori marganesli po‘latdan quyma tayyorlanadi. Rotor vali konussimon o‘zi markazlashgan podshipniklarga, konussimon qirqilgan vtulkaga o‘tkazib yig‘ishini yengillashtirish uchun o‘rnatilgan. Podshipniklar korpusi maydalagichning korpusiga o‘rnatiladi. Yuqori teng me’yorlanganlikni ta’minlash uchun rotor tayyorlanishida statistik muvozanatlashdan o‘tadi. Qaytaruvchi plitalar (5) va (9) yeyilmaydigan chidamli marganesli po‘latdan yasaladi va pastki qismi futerovka (7) bilan qoplangan. Plitalarga rezinali amortizatorlar bilan (zarb yumshatuvchi) prujinali qaytuvchi – boshqariladigan qurilma (6) o‘rnatilgan, u maydalanmaydigan jismlarni mashina orqali o‘tishi va tirqishdan (10) chiqadigan o‘lchamlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Ko‘rib chiqilayotgan maydalagichda ikkita qaytaruvchi plita, ikkita maydalagich kameralar yasovchi o‘rnatilgan, bu katta rotorli maydalagich uchun tegishlidir. Har ikkala plitalarni birlashtirsa bir kamerali maydalovchi maydon hosil bo‘ladi, bunda maydalagich eng katta ishlab chiqarish samaradorligiga ega bo‘ladi.
Maydalagichning uzatmasi elektrodvigateldan pona tasmali orqali o‘tkazishdan amalga oshadi. Ba’zi bir rotorli maydalagichlarda qaytaruvchi plita o‘rniga qaytaruvchi kolosnikli panjara o‘rnatiladi, bu esa qayta ishlanadigan materialning umumiy massasidan tayyor mahsulotni ajratib materialni qayta maydalaydi.


  1. Download 1.27 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling