6. Tashkilotlar va ularni boshqarish


Download 69.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana18.06.2023
Hajmi69.3 Kb.
#1556902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6. Maruza.pdf filename=utf-8 6. Маъруза

Ishonchdagi o’rtoqlik (kommanditli o’rtoqlik)- bu o’rtoqlik nomidan tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshiruvchi va o’rtoqlik majburiyatlari bo’yicha o’z mulklari bilan javob 
beruvchi ishtirokchilar ( to’liq o’rtoqlar) dan tashqari , o’zlari tomonidan kiritilgan kiritmalari 
summasi doirasida o’rtoqlik faoliyati bilan bog’liq zarar ko’rish xatariga ega va o’rtoqlik 
tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha 
kiritma kirituvchi ishtirokchilar (kommandititlar) mavjud bo’ladi. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyat – bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta’sis etilgan 
jamiyat, uning nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlari tomonidan ma’lum ulushlarda taqsimlangan. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar 
va o’zlari tomonidan kiritilgan kiritmalari qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog’liq zarar 
ko’rish xatariga ega bo’ladilar. 
Qo’shimcha mas’uliyatga ega jamiyat - bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta’sis 
etilgan jamiyat, uning nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlari tomonidan ma’lum miqdorlardigi 
ulushlarga taqsimlangan. Bunday jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha o’z 
mulklari bilan hamma uchun bir xil miqdordagi jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilangan 
ularning kiritmalarining karrali qiymatidagi birgalikdagi subsidiyali javobgarlikka egalar. Bitta 
ishtirokchini bankrot bo’lishida uning jamiyat majburiyatlari bo’yicha javobgarligi, agar jamiyat 
hujjatlari tomonidan javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi ko’zda tutilmagan bo’lsa, 
qolgan ishtirochilar o’rtasida ularning kiritmalariga mutonosib ravishda tasdiqlanadi. 
 Aktsiyadorlik (hissadorlik) jamiyati - nizom sarmoyasi aktsiyalarning ma’lum soniga 
taqsimlangan jamiyat. Aktsiyadorlik jamiyati ishtirokchilari (aktsiyadorlar) uning majburiyati 
bo’yicha javob bermaydilar va o’zlariga tegishli bo’lgan aktsiyalar qiymati doirasida jamiyat 
faoliyati bilan bog’lik zarar ko’rish xatariga egalar. 
Aktsiyalarga to’liq haq to’lamagan aktsiyadorlar aktsiyadorlik jamiyatining majburiyatlari 
bo’yicha o’zlariga tegishli bo’lgan aktsiyalarning haq to’lanmagan qismi doirasidagi birgalikdagi 
javobgarlikka egalar. 

Download 69.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling