6. Tashkilotlar va ularni boshqarish
Biznes-reja va samaradorlik
Download 69.3 Kb. Pdf ko'rish
|
6. Maruza.pdf filename=utf-8 6. Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruvni tashkil etish va samaradorlik.
Biznes-reja va samaradorlik.
Biznes-rejasiz yuqori va barqaror unumdorlikka erishib bo’lmaydi. Unumdorlikni oshirish bo’yicha aniq maqsadga ega bo’lmay erishilgan unumdorlik yuqori yoki past ekanligini aniqlab bo’lmaydi. Maqsadlar qaysi tadbir umumiy unumdorlikni oshirayotgani, qaysi biri uning o’sishiga to’sqinlik qilishini aniqlash uchun xizmat qiladi. Biznes-reja barcha turdagi korxonalarda ishlab chiqilishi lozim. Bunda uni ishlab chiqish korxonani rivojlantirish strategiyasidan tashqari, ularni amalga oshirish uchun ayni paytda korxonadan qo’shimcha moliyaviy resurslar talab qiluvchi yangi loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ta’mirlash va texnik jihozlash, mahsulot diversifikatsiyasi, ichki va tashqi bozorlarda o’zi uchun joy egallash bilan bog’liq bo’lishi lozim. CHunki biznes- reja korxonaning kundalik faoliyatidan ko’ra bank muassasalari tomonidan yuqorida ko’rsatilgan va shunga o’xshash tadbirlarni moliyalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biznes-rejani ishlab chiqishning birinchi bosqichidagi hisob-kitoblar qanchalik aniq va bexato bajarilgan bo’lsa, uning boshqaruv hujjati va xo’jalik yuritish vositasi sifatidagi ishonchliligi shunchalik yuqori bo’ladi. Biznes-reja bosqichlarini ishlab chiqish o’rtasida uzoq tanaffus bo’lmasligi va ortiqcha axborot bilan to’ldirib tashlanmasligi lozim. amaliyotning ko’rsatishicha, katta hajmda tuzilgan biznes-reja hali to’liqlik va yuqori sifatlilikni anglatmaydi. Boshqaruvni tashkil etish va samaradorlik. Samaradorlikni oshirishda boshqaruvni to’g’ri tashkil etish muxim ahamiyatga ega. Tashkil etish jarayoni rahbariyat mehnat resurslari, materiallar, texnologiya, axborot va kishilarni qo’yilgan maqsadga erishish uchun birlashtiruvchi vositadir. Boshqaruvni samarali tashkil etish natijasida (ya’ni, tashkiliy jarayonlar sozlanganligi) resurslardan maqbul foydalanish, ijrochilar majburiyatini taqsimlashda tushunmovchilik natijasida mehnat unumdorligi pasayishini kamaytirish, bo’linmalar o’zaro ta’siri buzilishiga chek qo’yishni ta’minlaydi. To’g’ri yo’lga qo’yilgan tashkiliy jarayonlar samaradorlikningg ortishiga imkon beradi. Boshqaruvning samarali texnologiyasi samaradorlikka eng ko’p ta’sir ko’rsatuvchi omildir. Boshqaruv ishiga kompьyuter texnologiyasini joriy qilish samaradorlikning ortishida boshqa omillarga nisbatan ko’proq ahamiyatga ega. Lekin, ilg’or texnologiya har doim ham mehnat unumdorligi ortishiga olib kelmaydi. Bunday texnologiya afzalliklari unga ishlovchilarning salbiy munosabati tufayli namoyon bo’lmasligi mumkin. Texnologiya darxaqiqat unumdorlik ortishiga olib kelishi uchun rahbariyat texnologiya talablari uni qo’llovchi kishilar manfaatlariga to’g’ri kelishini ta’minlashi kerak. Boshqaruv faoliyatini tashkil etish va yo’lga qo’yishda asosan tashkilotning samarali faoliyati nazarda tutiladi. Tashkilotlarning samaradorligi ular ixtiyoridagi iqtisodiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish orqali, mahsulotlar va xizmatlar bozorida o’z o’rnini muntazam ravishda orttirib borish orqali ta’minlanadi. SHu maqsadda boshqaruvning tashkiliy strukturasi tanlanadi va sharoitga mos ravishda takomillashtirilib boriladi. Download 69.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling