STRUKTURA
-
boshkaruv
darajalari
va
funktsional
soxalarning
mantikiy
munosabatlaridir.
Xar kanday tashkilotda mexnat taksimoti mavjud buladi. Mexnat taksimoti-boshkalarga
karaganda sifatlirok bajara oladigan mutaxassislarga ma’lum ishlarni topshirishdir. Demak,
mexnat taksimoti ixtiyoriy ravishda ishni bulish emas, balki bajarishni samarli uddalay oladigan
xodimlarga berishni nazarda tutadi.
Mexnat taksimoti gorizantal va vertikal kurinishlarda amalga oshiriladi.
Vertikal mexnat taksimoti natijasida nazorat soxasi yuzaga keladi.
Tashkilotdagi barcha daromad va bulimlardagi faoliyat muvaffiklashtirilgan tarzda olib
borilishi lozim.SHundagina samaraga erishish mumkin.
Mansab va vazifalar.
Tashkilotlardagi mexnat taksimotining yana bir yunalishi vazifalarni shakllantirishdir.
VAZIFA - avvaldan belgilangan tartibda va belgilangan muddatlarda amalaga oshirilishi
lozim bulgan ish turkumi yoki ish kismidir.
Vazifa xodimga emas, balki u egallab turgan mansabga beriladi. Xar bir mansab kator
topshiriklarga ega buladi. Bu vazifalarni bajarish tashkilot maksadiga erishishni ta’minlaydi, uz
xissasini kushadi.
Tashkilotlarda vazifalar an’anaviy tarzda uch turga bulinadi: odamlar bilan, buyumlar bilan
va axborotlar bilan boglik vazifalar.
Ba’zi vazifalar ma’lum vaktda kaytarilib tursa, ba’zilari kaytarilmaydi.
Texnologiya-muxim ichki uzgaruvchidir.
Tashkilotlarning muvaffakiyati kup jixatdan foydalaniladigan texnologiyaga boglikdir.
Texnologiya tashkilotga xam, ta’sir kursatadi, u xom ashyoni tayyor maxsulotga aylantirish
vositasidir. Masab vazifalarini bajarish foydalaniladigan texnologiyaga kup jixatdan boglikdir.
Vudvord buyicha texnologiyalar uch guruxga tasniflanadi:
1.
Yakka, mayda seriyali yoki aloxida ishlab chikarish.
2.
Ommoviy yoki katta seriyali ishlab chikarish.
3.
Uzluksiz ishlab chikarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |