7-9-sinf algebra va geometriya misolida


Download 495.58 Kb.
bet11/31
Sana20.06.2023
Hajmi495.58 Kb.
#1629587
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
Диссертация Алпомиш

Hissiy intuitsiya deb - aqliy mushohada va boshqa sezgi obrazlariga bog‘liq bo‘lmagan holda tushunchadan oldin keladigan intuitiv sezishga aytiladi.
Hodisalarni mohiyatini birdaniga aql bilan ilg‘ab olish aqliy (intelektual) intuitsiya deyiladi. Aqliy intuitsiya bilan bog‘liq tadqiqotlarni biz E.Gusserl tajribalarida ko‘rishimiz mumkin.
Ilohiy qudrat bilan muloqat jarayonida vujudga keladigan mutlaqo ongsiz ilohiy ilhom – mistik intuitsiya hisoblanadi (J.Mariten).
Intuitsiya – subyektning obyekt bilan bevosita qo‘shilishib ketishi oqibatidir(A.Bergson).
Sharq falsafasida intuitsiyani “ilohiy ilhom” yoki “ilohiy zehn” deb atashgan ( Ibn Sino fikrlari).
1) Tadqiqotchilar va psixologik qarashlardan kelib chiqqan holda aytishimiz
mumkinki, intuitsiyani boshqarib bo‘lmaydi. U to‘satdan miyaga kelib qoluvchi fikrdir. Inson miyasida ro‘y beruvchi reflektiv jarayonlar shu qadar murakkab zanjirli bog‘lanishlar hosil qiladiki, ba’zan turli sabab-oqibatli zanjirlar tizimidagi halqalar bir-biriga tutashib ketadi. Shunday tutashuv jarayonida inson miyasiga yarq etib yangi fikr kelib qoladi. Ana shu holat intuitsiyaning nerv-fiziologik asosi hisoblanadi. Intuitsiya- bu mantiq va qat’iylikka zid bo‘lgan o‘ziga xos tushuncha.
«Intuitsiya»- lotincha so‘z bo‘lib, “diqqat bilan qarash, sezish” ni anglatadi va u qat’iy, mantiqiy isbot yordamida asoslanmagan haqiqatni anglash qobiliyatidir.
  • Intuitsiyaning ikki turi mavjud:
  • Intuitiv mulohaza.
  • Intuitiv faraz. 5)

Intuitiv mulohazada narsalarning obyektiv bog‘liqligi va haqiqatni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish qat’iy, mantiqiy isbotlarsiz amalga oshiriladi. «Butun olam tortishish qonuni» buning yorqin misolidir.
6) Intuitiv faraz- u yoki bu fanga mantiqiy isbotlarsiz qarash va ma’lum vaqt o‘tgandan keyin qat’iy mantiqan isbotlanadigan narsadir.
  • Intuitiv faraz qisqa vaqt oralig‘ida «yarq etib» paydo bo‘lishi va «ko‘rinishi» mumkin, bexosdan ongli va ongsiz ravishda ro‘y beradi.
  • Ma’lum formal tizim doirasi, natijasida ko‘rib chiqilgan fakt mantiqan aksioma yoki pastulot deb qabul qilingan ba’zi bir asosiy, dastlabki qoidalarga olib kelishi mumkin.
  • Bundan tashqari matematikani o‘rgatish, jumladan matematika darslarida masalalarni nostandartlashtirish o‘z navbatida intutsiyani yuqori darajada

rivojlantirish imkonini beradi.
10) O‘qitish jarayonida
masalalarni nostandartlashtirishda mantiqiy
tushunchalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday yondashuvlar o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytiradi, ularning ijodiy faolligini oshiradi, bilimlarni mustahkamlashtiradi.
  • Matematik ijodiyotning ajralmas qismlari bo‘lgan mantiq va intuitsiya matematik ta’lim jarayonida o‘z o‘rniga ega. O‘quv jarayonida mantiq va intutsiyani uyg‘unligi ta’minlansa, u holda matematikani o‘qitish rivojlantiruvchi bo‘lib boraveradi.
  • Mantiqiy bilishga quyidagilarni kiritish mumkin:
  • Tushunchani tur va shakl orqali aniqlay olish.
  • Obyektlarni berilgan xususiyatlariga ko‘ra guruhlay olish.
  • Dedektiv mulohoza yurita olish.
  • Misol yordamida umumiy da’vo, fikrlarni rad eta olish.
  • Gipotezalarni ifodalay olish va savollar qo‘ya olish.
  • Giometrik chizmalardagi qonuniyatlarni seza bilish va hokoza.
  • Intuitsiya nafaqat fan balki, ta’limda ham muhimdir. Matematik bilimlarni asosiy komponentlaridan biri teoremalarni tahlil qilishdir. Negaki, masalani yechish tayanch mulohazalardan kelib chiqadi.
  • Mantiqiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish quydagi bosqichlardan iborat bo‘ladi.
  • Muammoli vaziyatni anglash.

Muammoni hal etish yo‘llarini aniqlash.
Muammoni hal etish ichki va tashqi mantiqni hisobga olgan holda javoblarni mantiqiy dalillash.
Muammoni hal etish usullarini mantiqiy ketma-ketligini aniqlash. O‘z javoblari to‘g‘riligini dalillash.
Javoblar to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish.
Shunday qilib ijodiy fikr yuritish, mustaqil, tahliliy, mantiqiy, tizimli tafakkurni taqazo etadi. Chunki ular o‘rtasida ichki va tashqi muayyan va nisbiy bog‘lanish
mavjud. Shuni ham qayd etish kerakki, o‘quvchilarda mustaqil tahliliy, mantiqiy tizimli tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirmay turib, ijodiy tafakkur qilish
ko‘nikmalarini shakllantirish mumkin emas.

Download 495.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling