7 m a ‘ r u z a (2 soat)


Tayinlanishi bо’yicha bazalar sinfi


Download 343.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana17.02.2023
Hajmi343.85 Kb.
#1206059
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-Ma\'ruza (1)

 
2. Tayinlanishi bо’yicha bazalar sinfi 
Bular quyidagilar: 
- Asosiy baza-berilgan detalga yoki yig’ilma birlikka tegishli bо’lgan va uning 
holatini buyumda aniqlash uchun ishlatiluvchi konstruktorlik baza (10.5-rasm). 
- Yordamchi baza-berilgan detalga yoki yig’ilma birlikka tegishli bо’lgan va 
ularga birlashtiriluvchi buyum holatini aniqlash uchun qо’llaniluvchi konstruktorlik baza
(10.5-rasm) . 
- Кonstruktorlik baza-detalni yoki yig’ilma birlikni buyumdagi о’rnini (holatini) 
aniqlash uchun qо’llaniluvchi baza. Shuningdek detal konstruksiyasini chizishda 
masalan; pog’anali valning (10.6-rasmga qar.) tanlangan Ι va ΙΙ yon sirtlari,ya’ni: A
1
o’lcham uchun Ι-sirt; A, A2, A3 va A4 o’lchamlar uchun esa Ι Ι-sirt konstruktorlik 
bazalar vazifasini bajaradi. 
- Asosiy va yordamchi bazalarning bir detalni mashinada ishlash vaqtida boshqa 
detalga nisbatan holatini aniqlaydigan koordinat yuzalari yig’uv bazalari deb yuritiladi 
(10.5-rasmda 3-tezliklar qutisi teshigi «yor» va o’ng yon sirti 4-shpindel uchun yig’ish 
bazasi bo’lib hisoblanadi). 
- Texnologik baza deb, zagotovkani yoki buyumni tayyorlash yoki ta’mirlash 
jarayonida holatini aniqlash uchun ishlatiluvchi bazaga aytiladi (10.7-rasm). 
- O’lchash bazasi-zagotovkani yoki buyumni va о’lchash vositalarini nisbiy 
holatini aniqlash uchun ishlatiluvchi baza (10.8-rasm). (GOST 21495-96). 
10.5-rasm 10.6-rasm 
 


10.7-rasm. Ι,ΙΙ,ΙΙΙ-texnologik baza komplekti; 10.8-rasm. A-o’lchov baza 
sxemasi 
Ι-o’rnatuv baza;ΙΙ-yo’naltiruvchi baza; 
ΙΙΙ-tayanch baza 
3. Еrkinlik darajasidan mahrum etilishi bо’yicha bazalar sinfi 
Bularga о’rnatuv, yо’naltirgich, tayanch, qо’shaloq yо’naltirgich va qо’shaloq 
tayanch bazalar (sxemalari 10.1-rasm , 10.2-rasm va 10.10-rasmlarda kо’rsatilgan) kiradi: 
- о’rnatish bazasi-zagotovkani yoki buyumni uchta erkinlik darajasidan mahrum 
etuvchi baza (bir koordinat о’qi bо’ylab kо’chishi va boshqa ikki koordinata о’qlari 
atrofida aylanish harakatlaridan 10.1-rasm va 10.7-rasmlarga qar.); 
- yо’naltirgich baza-zagotovkani yoki buyumni ikki erkinlik darajasidan mahrum 
etuvchi baza (bir koordinat о’qi bо’ylab kо’chishidan va boshqa о’q atrofida burilish 
harakatidan 10.1-rasm va 10.7-rasmlarga qar.); 
- tayanch baza-zagotovkani yoki buyumni bir erkinlik darajasidan mahrum etuvchi 
baza (bir koordinat о’qi bо’ylab kо’chishidan yoki о’q atrofida burilish harakatidan 10.1-
rasm va 10.7-rasmlarga qar.); 
- qо’shaloq yо’naltirgich baza-zagotovkani yoki buyumni tо’rtta erkinlik 
darajasidan mahrum etuvchi baza (ikki koordinat о’qlari bо’ylab kо’chishidan va shu 
о’qlar atrofida aylanma harakatlaridan, 10.2-rasm va 10.9-rasmlargaga qar.);
-qо’shaloq tayanch baza-zagotovkani yoki buyumni ikki erkinlik darajasidan 
mahrum etuvchi baza (ikki koordinat о’qlari bо’ylab kо’chishlaridan, 10.3-rasm va 
10.10-rasmlarga qarang). 
10.9-rasm.Qo’shaloq yo’naltiuvchi baza sxemasi 
10.10-rasm. Qo’shaloq tayanch baza shemasi

Download 343.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling