7-ma`ruza. G’isht-tosh tershi texnologiyasi G’isht -tosh terish ishlarining maqsadi. Umumiy qoidalar. G’isht-tosh terimi elementlari


Download 0.67 Mb.
bet2/9
Sana24.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1652924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 маъруза ҚЖТ 3-курс Архитектура

G’isht-tosh terish uchun materiallar. G’isht-tosh terish uchun qorishmalar. G’isht-tosh terish qoidalari. Terimni bog’lash sistemalari va turlari . CHoklarni bog’lash sistemalari.

Plastik zichlab tayyorlangan sopol oddiy g’isht, uning mustahkamligi, namga, sovuqqa chidamligi va o’zining unga zich emasligi tufayli binolarning asosiy yuk ko’taruvchi qismlari (tayanch devor, ustun) tutun mo’rilari va boshqa yer osti va usti inshootlarini barpo qilishda qo’llaniladi.


Silikat g’ishtlar, yorim quruq zichlangan oddiy sopol g’ishtlar va ichi bo’sh oddiy sopol g’ishtlar nam gruntli yerlarda yer osti inshootlari konstruktsiyalari, shuningdek namlik yuqori xonalarning tashqi devorlarini barpo qilishda va tutun hamda so’rish kanallarini terishda ishlatiladi.
Ichi bo’sh yoki g’ovak - ichi bo’sh sopol g’ishtdan terilgan konstruktsiyaning issiqlik o’tkazuvchanlik xossasi kamligi va yengilligi tufayli ularni qalinligini oddiy loy g’ishtdan terilgan devorga qaraganda 20-25% yupqalashtirish shu hisobiga konstruktsiyalar massasi 20-30% kamayish imkoni tug’iladi.
Beton toshlardan (og’ir betondan tayyorlangan toshdan) teriladigan konstruktsiyalar o’zining mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi bilan ajralib, ular bino va inshootning yer osti va usti qismlarini tiklashda keng qo’llaniladi.
Ichi bo’sh va yengil beton toshlar binoning tashqi, ichki devorlari va pardevorlarini barpo qilishda keng qo’llaniladi. Ular o’zining sovuqqa chidamliligi, material tejamliligi bilan ajrab turadi. Lekin shlak beton toshlarning esa o’ziga xos kamchiligi bor, ya’ni ular namni ko’p shimiydi shuning evaziga sovuqqa chidamliligi kamayadi.
Silikat toshlardan terish qachonki yuk katta bo’lsa, lekin issiqlik o’tkazuvchanlik yuqori bo’lsa ham bo’laverdigan konstruktsiyalarda ishlatiladi, chunki ular zich bo’lgani tufayli issiqlik o’tkazishi yuqori.
To’g’ri shaklli tabiiy tosh va blok materiallar o’zining mustahkamligi yuqori, sovuqqa va nurashga chidamliligi, ya’ni uvalanmasligi bilan tashqi ko’rinishi ko’rkamligi bilan ajralib turadi. Ular bino poypesh qismi, devor qismi, shuningdek yer osti poydevor qismlariga ishlatilishi mumkin. Lekin yengil g’ovakli (chig’anoq, g’ovak tuf va x. k.) arralangan toshlar esa kam yuk ko’taradigan ichki devorlarga, ya’ni namlik kam bo’ladigan konstruktsiyalarga ishlatilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling